Home / FOTO LAVHALAR / Forum tadbirlari Oʻzbekistonda ziyorat turizmini yanada rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi

Forum tadbirlari Oʻzbekistonda ziyorat turizmini yanada rivojlantirishda muhim oʻrin tutadi

Avval xabar berganimizdek, Samarqanddagi “Ipak yoʻli” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Xalqaro ziyorat turizmi” haftaligiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vazirligi, Samarqand viloyat hokimligi mutasaddilari va mutaxassislari hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov ishtirokida tashkil etilgan matbuot anjumanida respublika, mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari, bosma, elektron va internet nashrlari xodimlari qatnashdi.

Matbuot anjumanini Oʻzbekiston Turizm va madaniy meros vaziri maslahatchisi Temur Mirzayev ochib, mamlakatimizda haftalikni oʻtkazishdan maqsad yurtimizning ziyorat turizmi salohiyatini yanada oshirish, bu borada olib borilayotgan targʻibot ishlari samaradorligini kuchaytirish orqali Oʻzbekistonni jahon sivilizatsiyasining muhim markazlaridan biri sifatida tanitish, jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar tomonidan yuksak eʼtirofga sazovor boʻlish, shuningdek, ziyorat turizmi xizmatlarini diversifikatsiya qilish va turizm eksportini oshirishdan iborat ekanini taʼkidladi.

Mirzayev, shuningdek, bugungi kunda yurtimizda turizm sohasida olib borilayotgan islohotlar samaralari haqida toʻxtaldi hamda erishilgan yutuq va natijalar xususida maʼlumot berdi.

Viloyat hokimi oʻrinbosari – Turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshligʻi Rustam Qobilov haftalik tadbirlari aynan mamlakatimizda madaniy meros obyektlari soni boʻyicha yetakchi oʻrinlarda boʻlgan Samarqandda boshlanayotganining mohiyati haqida gapirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov haftalik doirasida tashkil etiladigan “Markaziy Osiyo – Islom sanʼati oʻchogʻi” mavzusidagi xalqaro forumning ahamiyati hamda undan oʻrin olgan koʻplab tadbirlar xususida maʼlumot berdi.

Forum doirasida oʻtkaziladigan Qurʼoni karimning Oʻzbekiston fondlarida saqlanayotgan qadimiy nusxalari” mavzusida xalqaro koʻrgazmaMovarounnahrda kitobat madaniyati” mavzusida islom amaliy sanʼati turlari boʻyicha festival va savdo yarmarkasi hamda “Qadimiy yozma manbalarni saqlash va tadqiq etish tizimini takomillashtirish masalalari” mavzusida xalqaro konferensiya, shuningdek, Xalqaro islom xattotlik koʻrgazmasi, Arab kalligrafiyasi boʻyicha mahorat darsi va islom sanʼatiga oid davra suhbati, Oʻzbekiston madaniy merosini saqlash, oʻrganish va ommalashtirish boʻyicha Butunjahon jamiyati tomonidan tayyorlangan “Katta Langar Qurʼoni: kecha va bugun” loyihasi taqdimoti tadbirlarining ahamiyatli jihatlari haqida soʻz yuritildi.

Haftalik va uning doirasida oʻtkazilayotgan Xalqaro forum tashkilotchilari jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob qaytardi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot markazi

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …