Shu yil 16 oktyabr kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlarini Misr Arab Respublikasi muftiysi, professor Shavqiy Ibrohim Allom, Oʻzbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Qilichev va boshqa mutasaddilar Qohira xalqaro aeroportida kutib oldi.
17 oktyabrdan boshlanib, ikki kun davom etadigan nufuzli tadbirda musulmon mamlakatlarida dolzarb boʻlib turgan masalalarni taniqli ulamolar, turli davlatlar muftiylari, din va davlat arboblari muhokama qiladilar.
Xalqaro konferensiyada Muftiy hazratlari ishtirok etib, nutq qiladilar va bir qator islom ulamolari bilan muloqotlar oʻtkazishlari rejalashtirilgan.
Safar jarayonlari va muhokama etilgan mavzular ijtimoiy tarmoqlarimiz orqali yoritib boriladi.