Home / YANGILIKLAR / “MUSNADI KЕSHIY” HADIS ILMIDA NAMUNA BOʻLADIGAN ASARDIR

“MUSNADI KЕSHIY” HADIS ILMIDA NAMUNA BOʻLADIGAN ASARDIR

Doktor Muhammad Ayman Zahroviy – Bulgʻor islom akademiyasi Oliy taʼlim boʻlimi mudiri (Rossiya):

Uni tahqiq etganlar nashr qilingan uch nusxaga tayanib ish koʻrgan va har bir nashrdagi kamchilik, xato va yanglishliklarni bayon qilib oʻtgan. Bu asar bilan hozirgi davr ilmiy tadqiqoti taqozosiga koʻra ishlagan. Tadqiqotchi olimlarning yozishicha, ular oʻsha nusxalardan birini asosiy, qolganlarini esa qiyosiy manba qilib olgan. Shundan soʻng hadislarni qaytadan taxrij qilgan, avvalgi nashrlardagi taxrijlarda yoʻl qoʻyilgan xatolarni koʻrsatib oʻtgan, ayrim hadislarni raqamlash bilan bogʻliq kamchiliklarni tuzatgan, hadislarda zikr qilingan raqamlarga ishora qilish orqali ular oʻrtasini bogʻlab oʻtgan. Ularni quvvatlaydigan boshqa hadislarga diqqat qaratgan.

“Muntaxab min musnadi Abd ibn Humayd” kitobi hadis ilmida yuksak namuna boʻladigan asardir.

Alloh taolodan ushbu ulkan mehnatni dargohida qabul aylashini, bu ummatga uning dinini himoya qiladigan ulamolar taqdir qilishini, Paygʻambar alayhissalomning meroslari faqat sahifalar va kitob javonlarida qolib ketmasdan, balki insonlar hayotiga tatbiq qilinganini koʻrishni nasib aylashini soʻrab qolaman. Zero, Paygʻambar alayhissalomning bu meroslari nashr qilinib, kutubxonalarning ziynati boʻlishi uchun emas, balki amalda tatbiq qilish uchungina vujudga kelgan. Olamlar Rabbi Allohga hamdu sanolar boʻlsin!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …