Home / YANGILIKLAR / Bosh imom-xatiblarning 2-davra malaka oshirish oʻquvlari boshlandi

Bosh imom-xatiblarning 2-davra malaka oshirish oʻquvlari boshlandi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, viloyat, tuman/shahar Bosh imom-xatiblari uchun “Yangi Oʻzbekiston Taraqqiyot strategiyasi doirasida din soha xodimlarining oldida turgan vazifalar” yoʻnalishida 36 soatlik malaka oshirish oʻquvlarining ikkinchi davrasi boshlandi. Unda 108 nafar tinglovchilar ishtirok etmoqda.

Ushbu oʻquvlarning ikkinchi kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safayev “Mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borish”, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Iminov “Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish” va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari, tarix fanlari doktori, dotsent Davronbek Maxsudov tomonidan “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirishda diniy-maʼrifiy soha xodimlari masʼuliyati” mavzularida dars mashgʻulotlari olib borildi.

Darsdan keyin soat 17:00 da tinglovchilar Yangi Oʻzbekiston bogʻiga tashrif buyurishdi. U yerdagi bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishib chiqdilar. Jumladan, tinglovchilar milliy davlatchiligimizning ramzi boʻlgan Sohibqiron Amir Temur saltanatining moviy gumbazi, yulduzlar olamiga qarab yuksalgan Mirzo Ulugʻbek rasadxonasi, dunyo ilm-fani va sivilizatsiyasiga beqiyos hissa qoʻshgan ulugʻ mutafakkir bobolarimizning eng nodir ilmiy kashfiyotlari tasvirlangan Mustaqillik monumentini ziyorat qildilar. Mazkur yodgorlik yurtimizda yangi Oʻzbekistonni – uchinchi Renessans poydevorini yaratish gʻoyasi bilan uygʻun holda barpo qilingan. 

Malaka oshirish oʻquvlari davom etmoqda.

Manba: iiau.uz

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …