Home / FOTO LAVHALAR / TURKIYADAGI OʻQUVLAR SAMARALI OʻTMOQDA

TURKIYADAGI OʻQUVLAR SAMARALI OʻTMOQDA

Turkiyaning Anqara shahrida malaka oshirayotgan oʻzbekistonlik tadqiqotchilar dasturga binoan professor, doktor Ismoil Xakki Unel maʼruzasini tinglashdi.

Maʼruzachi hanafiya tarixi, Abu Hanifaning hadis ilmi borasidagi izlanishlari xususida qimmatli va qiziqarli maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi.

Maʼruza yakunida doktor Unel tinglovchilarning barchasiga oʻz muallifligida chop etilgan adabiyotlar nusxalarini taqdim etdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Buyuklik siri” – bitiruvchilarga katta maʼnaviy tuhfa

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Imom Termiziy oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasida 2025-2026 oʻquv yili bitiruvchilari …