Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov yaqinda Markazga ilmiy amaliyot oʻtash uchun kelgan Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiya sovrindori Nurul Hafizah Muhammad Nurni qabul qildi.
Markaz rahbari Nur xonimni dastur gʻolibligi bilan qizgʻin muborakbod etdi.
Muloqotda Markazda Malayziyadagi ilmiy muassasalar bilan oʻrnatilgan hamkorlik aloqalarining ayni paytdagi holati hamda stipendiatlar uchun ishlab chiqilgan ilmiy amaliyot dasturining mohiyati haqida soʻz bordi. Stipendiya dasturi ayniqsa Movarounnahr allomalari ilmiy merosining dunyo boʻylab chuqur oʻrganilishini tashkil qilishda ulkan ahamiyat kasb etishi alohida taʼkidlandi.
Xorijlik tadqiqotchi samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, Markazda ilmiy faoliyat olib borish uchun yaratilgan sharoitlar koʻlamiga yuqori baho berdi.
Shovosil Ziyodov stipendiatga Markazda olib boradigan ilmiy izlanishlariga muvaffaqiyatlar tiladi hamda ishni yuqori sifat va samaradorlikda tashkil etishda jamoa bilan amaliy koʻmak berishga tayyor ekanini bildirdi.
Muloqot soʻnggida Malayziya islom sivilizatsiyasi instituti dotsenti Nurul Hafizah Muhammad Nur Markaz kutubxona fondi uchun oʻz muallifligida nashr etilgan adabiyot nusxasini taqdim etdi.