HAMZA BAKRIY – Ibn Xaldun universiteti professori (Turkiya):
“Taʼvilot al-Qurʼon” kitobi bu – Qurʼoni karimning tafsiri boʻlib, unda Qurʼoni karimning barcha oyatlari tafsiri keltirilgan. Muallif bu asarda Qurʼon oyatlarini jamiyatning ushbu fanda mutaxassis boʻlgan va boʻlmagan toifaciga birdek munosib keladigan uslubda tafsir qilgan. Yaʼni, Imom Moturidiy qoʻllagan iboralar har ikki toifa insonlar uchun ham manfaatlidir.
Abu Mansur Moturidiyning “TAʼVILOT AL-QURʼON” asari 30-juzi oʻzbek tilida nashrdan chiqdi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati