Home / XALQARO YANGILIKLAR / Umar Sand Ahmad: Ushbu xalqaro anjuman insonparvar dinimizning mazmun-mohiyatini hamda dinlararo muloqotning ahamiyatini namoyon etadi

Umar Sand Ahmad: Ushbu xalqaro anjuman insonparvar dinimizning mazmun-mohiyatini hamda dinlararo muloqotning ahamiyatini namoyon etadi

Gananing Misrdagi sobiq elchisi, Gana Qurolli kuchlari bosh imomi Umar Sand Ahmad “Dunyo” AA muxbiriga bergan intervyusida bugun Toshkentda o‘z ishini boshlagan «Deklaratsiyalar muloqoti» xalqaro forumining ahamiyati haqidagi fikrlarini bayon etdi.

– O‘zbekiston zaminimizdagi betakror, “ganjtna” o‘lkadir, dedi u. – Al-Buxoriy, At-Termiziy kabi buyuk mutafakkirlar bu  muborok zamindan yetishib chiqqan. O‘zbekistonga yana bir bor kelganimdan, shu kunlarda yurtingizda o‘tkazilayotgan xalqaro anjuman ishtirokchisi bo‘lganimdan behad mamnunman. Har safar O‘zbekistonga kelganimda respublikada amalga oshirilayotgan muhim o‘zgarishlarni ko‘rib qoyil qolaman.

Bugungi konferensiyada insonparvar dinimizning mazmun-mohiyati, dinlararo muloqot va bag‘rikenglik, diniy taʼlim,  din erkinligi odamlar o‘rtasidagi bir-birlarini o‘zaro tushunishni taʼminlashning muhim omili sifatidagi ahamiyati ochib beriladi, deb o‘ylayman.

Ishonchim komilki, ushbu forum mamlakatingizning maʼrifiy Islom yo‘nalishida erishgan muvaffaqiyatlarini, shuningdek, O‘zbekistonda yonma-yon yashayotgan, turli dinlarga eʼtiqod qiladigan xalqlarni jipslashtirish, diniy konfessiyalar o‘rtasida do‘stlikni mustahkamlash, eʼtiqod erkinligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasini yaqqol namoyish etadi.

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …