Home / YANGILIKLAR / “Умра – 2022” мавсумининг илк зиёратчилари юртимизга қайтишди

“Умра – 2022” мавсумининг илк зиёратчилари юртимизга қайтишди

Joriy yil 1 fevral kuni “Umra – 2022” mavsumining ilk ziyoratchilari Saudiya Arabistonidan Jidda – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yurtimizga qaytib kelishdi.

Ularni ulamolar, mutasaddilar, ziyoratchilarning yaqinlari hamda OAV vakillari Toshkent xalqaro aeroportida kutib oldi.

Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarga koʻra, ziyoratchilar safarlaridan mamnun va muborak umra amalini ado etib, ona Vatanga eson-omon qaytishida yaqindan koʻmak bergan tegishli mutasaddilarga oʻz minnatdorchiliklarini izhor etdi.

Maʼlumot oʻrnida, ziyoratchilar  Masjidul Nabaviyda, Rosululloh sollollohu alayhi va sallamning Ravzai mutohharalarida, minglab sahobai kromlar abadiy qoʻnim topgan “Baqi” qabristoni, “Qubo” va “Qiblatayn” masjidlari va Uxud togʻini ziyorat qilib, ibodatlarni bajarishgan.

Makkai mukarramada esa umra amalini bajarib, Kaʼbai muazzamani tavof etgan.

Shuningdek, ziyoratchilar Rahmat togʻi – Arafotni, Nur togʻidagi Hiro togʻini va Savr togʻidagi gʻorlarni ham boʻlib, ziyoratlarini ado etgan.

Manba:OʻzA

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …