Avval xabar berilganidek, ayni kunlarda Indoneziyaning Malang shahrida INTERNATIONAL SYMPOSIUM OF RELIGIOUS LITERATURE AND HERITAGE-3 (ISLAGE-3) “DINIY ADABIYOTLAR VA MЕROS-3 – DINIY-MADANIY MЕROS VA ADABIYOT: GLOBAL MUAMMOLARGA QARSHI” mavzusidagi xalqaro Konferensiya oʻtkazilmoqda.
Indoneziya Din ishlari Vazirligi, Malang shahridagi Mavlono Malik Ibrohim universiteti hamda IHTning Islom tarixi, madaniyati va sanʼatini tadqiq etish markazi (IRSIKA) hamkorligida tashkil etilgan Konferensiyaning bugungi ish kunida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov “Imom Buxoriyning “Al-Jomeʼ as-Sahih” asari va uning nodir qoʻlyozma nusxalari” hamda direktor oʻrinbosari O.Muhammadiyev “Misrdagi “Sahihul Buxoriy” maktabi. “Sahihul Buxoriy” Misrga qanday yetib borgan” mavzularidagi maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.
Konferensiyaning “Tabiiy ofatlardan keyingi tiklash jarayonlarida madaniy merosni boshqarish va saqlash” va “Anʼanaviy tibbiyot va global muammolarga qarshi xalq hikmatlari” kabi shoʻba yigʻilishlari dasturidan oʻrin olgan mazkur maʼruzalar istiqbolda ilmiy toʻplam koʻrinishida nashr etilishi nazarda tutilgan.
Xalqaro Konferensiya ertaga, 2 dekabr kuni oʻz ishni yakunlashi rejalashtirilmoqda.