Home / YANGILIKLAR / EʼTIROF

EʼTIROF

▪️ MЕHMЕT GOʻRMЕZ – Islom tafakkuri instituti direktori, professor:

– Movarounnahr islom tamaddunining beshigi hisoblanadi. Tarixda islom madaniyati dunyoning turli mintaqalarida kuzatilgan boʻlsa-da, biroq hech qaysi yurtda u Movarounnahrda boʻlgani kabi gullab-yashnamagan. Jumladan, Bagʻdod, Andalus, Shom kabi diyorlarda islom madaniyati muayyan davr oraligʻida rivojlangan boʻlsa, Movarounnahrda bu narsa hozirgi kunga qadar kuzatib kelinmoqda. Shu sababli bugungi kunda Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasining tarixda erishgan shonli mavqeini qayta tiklashda muhim oʻrin tutadi.

Biz barchamiz Imom Buxoriyni sevamiz. Imom Moturidiyga boʻlgan muhabbatimiz cheksiz. Shu bilan bir qatorda, yangi Imom Buxoriylaru Imom Moturidiylarga ham muhtojmiz. Moturidiylik taʼlimotini chuqur oʻzlashtirgan, bugungi kunning dolzarb masalalariga yechim topa oladigan kadrlarni tayyorlash dolzarb vazifa boʻlib turibdi. Bu borada Oʻzbekiston bilan har qanday hamkorlikka tayyormiz.

Men Samarqanddagi Shohi Zinda majmuasini ziyorat qilganimda shunday duo qilgan edim: “Allohim, daryolar qayta oqsin. Biroq suvga emas, balki ilmga toʻlib oqsin”. Daryolar deganda men Sayhun va Jayhun daryolarini nazarda tutgan edim. Mening nazdimda Samarqand koʻchalarini kezishning oʻzi ulkan baxt, bir ilm hisoblanadi. Oʻzbekiston mana shunday muqaddas yurtdir.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …