Home / YANGILIKLAR / Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yana bir nafar mustaqil tadqiqotchisining dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi yana bir nafar mustaqil tadqiqotchisining dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtmoqda

Ayni daqiqalarda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy tadqiqot markazi mustaqil tadqiqotchisi Amonov Mehrojiddin Oʻzbekovich “XVIII-XIX asrlarda Markaziy Osiyoda naqshbandiya-mujaddidiya tariqati” mavzusida Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligidan tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissertatsiya ishini himoya qilmoqda.
Himoya yetuk olimlar, soha mutaxassislari va mustaqil tadqiqotchilar ishtirokida onlayn/offlayn shaklda boʻlib oʻtmoqda.
Tadqiqotchiga himoya ishida omad tilaymiz!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Ziyorat turizmi rivojiga ilmiy yondashuv: Gidlarning malakasi oshirilmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan gid-ekskursovodlarning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv seminari …