▪️ AYSHЕ ESRA SHAHYAR – Marmara universiteti (Turkiya) professori:
– Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini islomiy ilmiy meros va umuman sunnatni muhofaza qilish uchun ham taʼsis etilgan muassasa deb bilaman. Bunday qutlugʻ dargohlarni tashkil etish orqali koʻplab allomalarning ulkan merosini oʻrganish, asarlarining tub mohiyatini jahon afkor ommasi eʼtiboriga havola qilish borasida erishilayotgan natijalar Oʻzbekistonda diniy-maʼrifiy sohada olib borilayotgan islohotlar samarasidir.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati