Home / YANGILIKLAR / BMTning Din va eʼtiqod erkinligi masalasi boʻyicha maxsus maʼruzachisi Oʻzbekistonga keladi

BMTning Din va eʼtiqod erkinligi masalasi boʻyicha maxsus maʼruzachisi Oʻzbekistonga keladi

Ahmad Shahid Oʻzbekiston hukumatining uning ofisi va boshqa xalqaro tuzilmalar hamda ekspertlar hamjamiyati bilan hamkorligi izchilligiga yuqori baho berib, mamlakat bilan oʻrnatilgan muloqotni davom ettirishga tayyorligini tasdiqladi.

Ahmad Shahid joriy yil sentyabr oyida Oʻzbekistonga safar qilib, Nyu-York shahri universiteti huzuridagi Ralf Banch nomidagi xalqaro tadqiqotlar instituti va Esseks universiteti huquqshunoslik maktabi yordamida texnik koʻmak dasturini ishga tushirishga tayyorligini maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, safar dasturida tegishli davlat idoralari, fuqarolik jamiyati va diniy tashkilotlar vakillari uchun qator seminar va treninglar oʻtkazish koʻzda tutilgan. Shuningdek, BMT doirasida qoʻllanilayotgan inson huquqlari koʻrsatkichlariga asoslangan milliy monitoring va baholash tizimini ishlab chiqishda maslahat yordami koʻrsatiladi.

BMT maxsus maʼruzachisi “Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumini oʻtkazish rejasini olqishlab, mazkur anjuman yakunlari boʻyicha “Buxoro deklaratsiyasi” qabul qilinishi alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidladi. Ahmad Shahid “Buxoro deklaratsiya”si loyihasini ishlab chiqishda zarur maslahat yordami koʻrsatishini, shuningdek, dekabr oyida ushbu xalqaro konferensiya ishida ishtirok etish uchun Oʻzbekistonga yana bir bor safar qilishini tasdiqladi.

Check Also

Markazda badiiy film suratga olinmoqda

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida indoneziyalik bir guruh kinoijodkorlar tomonidan “Hijrat orzusi” nomli badiiy filmning …