Home / FOTO LAVHALAR / Islomning chin insonparvarlik gʻoyalari xalqaro ilm ahli eʼtirofida

Islomning chin insonparvarlik gʻoyalari xalqaro ilm ahli eʼtirofida

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashabbusi bilan Oʻzbekistonning Germaniyadagi elchixonasi hamda Konrad Adenauer jamgʻarmasining Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi hamkorligida Islom – tinchlik va maʼrifatparvarlik dini” mavzuida xalqaro onlayn davra suhbati yakuniga yetdi.

Unda maʼruza qilgan ishtirokchilar mamlakatimiz miqyosida olib borilayotgan diniy-maʼrifiy islohotlar koʻlamini yuksak baholab, diniy bagʻrikenglikning, xususan, Islomning tinchlik va maʼrifatparvarlik mohiyatini yanada teran anglash borasida qilinayotgan ishlarga alohida eʼtibor qaratishdi. Maʼruzachilar shuningdek, soʻnggi yillarda yurtimiz hududida yashab dunyo tamadduniga hamda Islom sivilizatsiyasiga benazir hissa qoʻshgan buyuk allomalar qoldirgan boy ilmiy-maʼnaviy merosni chuqur oʻrganish, keng targʻib etish hamda yoshlar ongiga singdirish borasida koʻrilayotgan choralar va qilinayotgan amaliy ishlar mutlaq yangi bosqichga koʻtarilganligini qayd etdilar.

 

Munozaralar davomida mamlakatimizda diniy eʼtiqod erkinligini, konfessiyalararo hamjihatlikni, qolaversa millatlararo totuvlikni taʼminlash yoʻnalishida amalga oshirilayotgan tadbirlar samaralari alohida eʼtirofga sazovorligi taʼkidlandi.

Muloqot soʻnggida istiqbolda diniy tusdagi turli ixtiloflar ehtimolini butunlay bartaraf qilish, bu borada mavjud barcha kuch va imkoniyatlarni birlashtirish, dinning yaratuvchilik, bunyodkorlik va dunyoviy taraqqiyparvarlik gʻoyalari ilmiy asoslarini yanada mustahkamlash zararurati nuqtai nazaridan, bugungi  kunga qadar hamkorlikda oʻtkazilayotgan turli ilmiy-amaliy tadbir va anjumanlar salohiyatini sezilarli darajada oshirish, Oʻzbekiston va Germaniyalik olim hamda tadqiqotchilarning oʻzaro tajriba almashuvi va malaka oshirishlarini yoʻlga qoʻyish, umumiy jihatdan ilmiy aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib olindi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Imom Buxoriy va Sukarno”

Samarqandda Oʻzbekiston va Indoneziya ijodkorlari tomonidan sahnalashtirilgan shu nomdagi spektaklning premyerasi boʻlib oʻtdi. 2023-yil yanvar …