Home / YANGILIKLAR / Abu Mansur Moturidiy

Abu Mansur Moturidiy

“Taʼvilot al-Qurʼon” tafsirining muallifi Abu Mansur Moturidiydir. Alloma 870 yilda Samar­qandning Moturid qishlogʻida tavallud topgan. U Samarqanddagi “Dor al-Iyodiya” va “Dor al-Juzjoniya” nomli maktablarda mahalliy hanafiy ulamolardan taʼlim olgan. Alloma 944 yilda Samarqand shahrida vafot etgan va Chokardiza qabristoniga dafn etilgan.

Mashhur shogirdi Abul Qosim Hakim Samarqandiy taʼrifi bilan aytganda Abu Mansur Moturidiy bor nafasi miqdoridagi ilmlarni oʻzida jamlagan, butun kuchini oʻz ilmlarini oʻrgatish va tarqatishga sarflagan. Shuning uchun u yozgan asarlar maqtovga sazovor. U oʻz umridan serhosil mevalarni olishga erishgan zotdir.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Abu Mansur Moturidiyning “TAʼVILOT AL-QURʼON” asarining 30-juzi ­oʻzbek tiliga tarjima qilindi.

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …