№ inv. MR 147/V
Muallifi – nomaʼlum.
Fiqh. Asar namoz va poklikka oid turli masalalar keltirilgan boʻlib, ular oyat, hadislar, masalalar va rivoyatlar bilan yoritib berilgan.
Nusxa toʻliq emas.
Basmala (v. 48b).
Asar boshi (v. 48b) :
مسئلة مسلمانى نماز ميكندارد وشك افتادش كه از من آبي آن نمازرا …
Asar soʻngi (v. 106b) :
… هدا من التيمة الى هنا من مجموع خافي …
Nastaʼliq. 58 varaq. (v. 48b-106b) ; 107a-119b varaqlarda iyd fitr xutbasi, takbir, iyd zuho xutbasi, bomdod, peshin, ramazon hayiti niyatlari va tashahhud duosi bor ; 118 fors tilida paygʻambarlar haqida maʼlumotlar bor ; 18 qator ; mistara ; poygir ; siyohi qora ; bob va fasllari qizil siyohda ; hoshiyasida sharh va toʻldirmalar bor ; sharq qogʻozi ; kurrosa 8 ; matn oʻlchami: 190´110 mm. varaq oʻlchami : 250´150 mm. varaqlar sharqona raqamlanmagan.
Muqova: Malla rangdagi sharq muqovasi, bosma naqshli, sharq muqovasi, turundj va lola. Tayakisi charmdan.
Qoʻlyozmaning holati: old muqovasi yoʻq, asar muqovadan ajralgan, namdan zararlangan, qurt yegan.