№ inv. MR192/II
Muallif – nomaʼlum.
Fiqh. Asarda namozga oid masalallar va jinoyatga oid hadlar fors tilida yoritilgan. Keltirilgan fiqhiy masalalar savol-javob tarzida boʻlib, sharʼiy masalalarning javoblari “Hidoya”, “Shamsu al-aimma”, “Al-jomiʼ as-sagʻir”, “Taʼdilu al-arkon”, “Fatavoi xulosa” va “Solatu Masʼudiy” kabi fiqhiy asarlardan iqtiboslar hamda faqihlarning soʻzlari bilan asoslangan. Shuningdek, islom olamida ibratli rivoyatlar ham keltirilgan.
Nusxa toʻliq.
Basmala (v. 50a).
Asar boshi (v. 50a) :
و در هدایه اورده بلند خواندن فاضیل تر بود شهاكزار را تا نماز اومانند نماز جماعت بود …
Asar soʻngi (v. 71b) :
… نماز حكم كنند و برتباه شدن حكم نكنند وفتوى برا اين است
Kolofon (v. 71b) :
تمت ١٢٩٥ من نمانم خط بماند يادكار از دعاي خير ما را يادار
Koʻchirilgan sana (v. 71b) : 1295/1878 y.
Nastaʼliq. 22 varaq. (v. 50a-71b) ; 72a boʻsh varaq ; 15 qator ; mistara ; poygir ; siyohi qora ; bob va fasllari qizil siyohda ; hoshiyasida sharh va toʻldirmalar bor ; sharq qogʻozi ; kurrosa 8 ; matn oʻlchami: 185´95 mm. varaq oʻlchami : 270´155 mm. varaqlari sharqona raqamlanmagan.
Muqova : malla rangli. Tayakisi matodan.
Qoʻlyozmaning holati : old muqovasi yoʻq, muqovadan ajragan, varaqlari namdan zararlanib, qurt yegan.