Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Germaniyaning Gamburg universiteti huzuridagi Osiyo-Afrika tadqiqotlari instituti bilan hamkorlikda oʻtkazib kelinayotgan “Zarafshon vohasi tarixi va madaniyati” mavzui doirasida qator ilmiy maʼruzalarni oʻzida mujassam etgan onlayn-seminarlar davom etmoqda.
Ilmiy muloqotlar dasturiga koʻra, joriy yil 4 may kuni Oʻzbekiston vaqti bilan soat 16:00da AQSHning Xofstra universiteti professori, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo dasturi direktori Aleksandr Naymarkning “Buxoroda shahzodalar, zodagonlar, savdogarlar, shahar kambagʻallari va dehqonlar tomonidan islomning qabul qilinishi” mavzuidagi maʼruzasi tinglanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va boshqa hamkor tashkilotlar yurtimiz va xorijdagi ilmiy doiralar vakillari va tadqiqotchilarni onlayn tarzda boʻlib oʻtadigan mazkur seminarga taklif etadi.
Onlayn seminarda quyidagi ZOOM videokonferensiya dasturi orqali qatnashish mumkin.
👉https://us02web.zoom.us/j/5258436902?pwd=bGJEODVUWTRJVnpIUG9Jeit1UHhpZz09
Seminar identifikatori: 525 843 6902
Parol: 12345