Home / XALQARO YANGILIKLAR / Indoneziyada Imom Buxoriy nomidagi masjid ochildi

Indoneziyada Imom Buxoriy nomidagi masjid ochildi

Masjid Oʻzbekistonning Indoneziyadagi turizm elchisi Eko Shri Margianti tashabbusi bilan barpo qilingan boʻlib, inshoot Gunadarma universiteti arxitektor-talabalari tomonidan loyihalashtirilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri Turizm va sport vazirligi maʼlumotiga tayanib.

 Mazkur masjid ochilish marosimida Oʻzbekiston turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov onlayn shaklda ishtirok etib, nutq soʻzladi.  Indoneziya  musulmonlari tomonidan ulugʻ muhaddis Imom al Buxoriyning nomlariga masjid barpo qilinishi ikki xalq oʻrtasidagi birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlashini eʼtirof etdi.

Masjid ochilishida Oʻzbekistonning Indoneziyadagi elchisi Ulugʻbek Roziqulov tabrik soʻzi bilan ishtirok etdi hamda masjid uchun esdalik sovgʻalari taqdim etdi.

Ushbu masjidni barpo etilishida Oʻzbekistonda qoʻllaniladigan meʼmoriy yechimlardan foydalanilgan. Masjid naqshlari Shohi Zinda ziyoratgohidan andoza olingan boʻlsa, gʻishtlarni terishda Buxorodagi Poyi Kalon masjidiga oʻxshash tarzda yondashilgan. Masjidning old tarafida Hasti Imom majmuasining minoralar kabi ikki minora qad rostlagan.

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …