Home / YANGILIKLAR / Bugun Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

1336 yil ​​9 aprel – buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

Adolat uchun tolmas kurashchi, bobokalonimiz Amir Temur davrida ilm-fan, madaniyat va taʼlim mislsiz darajada yuksalgan edi.

Zero, siyosiy maydonga qadam qoʻyganda, u endigina 24 yoshda boʻlgan. Mamlakat parokanda, mahalliy-siyosiy kuchlar oʻrtasidagi oʻzaro qarama-qarshiliklar avj olgan, Chingizxon avlodlari Movarounnahrga tez-tez bosqin uyushtirib turardi. Jamiyatda ozodlikka va taraqqiyotga boʻlgan intilishlarni oʻzida mujassam etgan xaloskor dohiy zarur edi. Amir Temur ana shunday yoʻlboshchi sifatida tarix sahnasiga chiqdi.

1370 yilda Balxda boʻlib oʻtgan qurultoyda ulugʻ amir deb eʼlon qilingan Amir Temur tarqoqlikni bartaraf etib, oʻlkalarni yagona davlatga birlashtirdi. Amudaryo bilan Sirdaryo oraligʻi, Fargʻona va Shosh viloyatlari, Markaziy Osiyo davlatlari, Hind va Gangadan Zarafshongacha, Tyan-Shandan to Bosforgacha ulkan saltanat barpo etdi.

Tarix Amir Temurni makedoniyalik Iskandar, Doro I, Yuliy Sezar kabi yirik sarkardalar bilan bir qatorga qoʻyadi.

“Kuch – adolatdadir” shiori Sohibqiron davlati hududida axloqiy va maʼnaviy mezonga aylangan edi. Ulkan va bepoyon mamlakatning poytaxti rutbasini olgan Samarqand kurrai zaminda eng goʻzal shahar sifatida chiroy ochdi.

Amir Temur 1405 yil 18 fevral kuni Oʻtror shahrida vafot etgan.

Manba: zarnews.uz

Check Also

Magʻrur hilpirayver, yurtim bayrogʻi!

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida 18-noyabr kuni xodimlar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganiga …