2021 yilning 3-4-5 iyun kunlari Oʻzbekiston, Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjondagi ilmiy-tadqiqot markazlari va universitetlar bilan hamkorlikda “OʻRTA OSIYODAN ONADOLOʻGA ISLOMIY ILMLAR: SHAHARLAR, OLIMLAR, ASARLAR, MASALALAR” mavzuida xalqaro onlayn Simpozium boʻlib oʻtadi.
Qoʻshimcha maʼlumotlar:
- Simpoziumda ishtirok etish istagida boʻlganlar mavzu doirasida Tezis yuborishi kerak.
- Oʻz vaqtida yuborilgan toʻliq matnlar hakamlarning hisobotlariga binoan xalqaro nashriyot tomonidan nashr etiladi.
- Simpoziumga tashrif buyuruvchilardan ishtirok uchun toʻlov undirilmaydi.
- Simpoziumga oʻzbek, turk, ingliz, arab, fors, qirgʻiz, qozoq, va rus tillarida maqola yuborish mumkin.
- Tezislarning yakuniy muddati 2021 yil 31 mart;
- Qabul qilingan xulosalarning eʼlon qilish sanasi 2021 yil 10 aprel;
- Toʻliq maʼruza matnlarini qabul qilish muddati 2021 yil 25 may;
- Simpozium sanasi 2021 yil 3-4-5 iyun kunlari.
Eslatma: Mazkur simpoziumda ishtirok etish istagida boʻlgan ilmiy doiralar vakillari, yosh olim va tadqiqotchilar mazkur havola orqali roʻyxatdan oʻtib, anjuman shartlari va tartibi haqida batafsil maʼlumot olishlari mumkin.
Roʻyxatdan oʻtish uchun: https://ortaasya.karabuk.edu.tr/en/homepage-3/?fbclid=IwAR3xBcBvp8SEw7Vr-tIKXWjP4lJJk4aCBgMlAza7pCc-yz1wimIr79sYXnY
Simpozium matnlari Turkiyaning Karabuk universiteti nashrlarida chop etiladi. Ishtirokchilarga raqamli qatnashish sertifikati beriladi.