Home / ILMIY TADQIQOTLAR BOʻLIMI

ILMIY TADQIQOTLAR BOʻLIMI

Ilmiy tadqiqotlar boʻlimi faoliyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-martdagi PQ-2855-son qarori va ushbu qarorni ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 483-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi nizomida belgilangan vazifalarni amalga oshiradi.

Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va sohaga oid Qonunlarga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlariga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari va farmoyishlariga, yuqori tashkilotning buyruqlariga, soha bilan bogʻliq yoʻriqnomalarga, shuningdek Markaz Nizomga amal qiladi.

Hadis ilmining rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan vatandoshimiz Imom Buxoriy va boshqa mutafakkirlarning ulkan ilmiy va diniy merosini oʻrganish, ular yaratgan asarlarning ilmiy-izohli tarjima va qiyosiy matnlarini nashr etish orqali xalqimiz va jahon jamoatchiligi oʻrtasida keng targʻib qilish, ushbu mavzularga doir ilmiy tadqiqotlarni tizimli tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;

Ilmiy tadqiqotlar boʻlimining vazifalari

Markaz vazifalariga muvofiq ravishda boʻlim faoliyati, boʻlim ish rejasining oʻz vaqtida tuzilishi, ish reja va hisobotlarning yuqori gʻoyaviy-nazariy saviyasi, ilmiy va badiiy darajasiga javob berish, istiqboldagi, yillik, chorak rejalarni tuzish;

Boʻlim ilmiy xodimlarining ilmiy-tadqiqotchilik, targʻibotchilik, tarjimonlik, hadis, qurʼon, fiqh va kalomshunoslik faoliyatini tashkil etish;

Islom sivilizatsiyasining umuminsoniy qadriyatlarini, jumladan xalqimiz maʼnaviyati va madaniyati rivojida tutgan oʻrni va ahamiyatini oʻrganish, ularning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etish;

Jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonida dunyoda, mintaqa va mamlakatimiz hayotida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, uning maʼrifiy-madaniy rolini va rivojlanish yoʻnalishlarini ilmiy asosda oʻrganib, keng jamoatchilikka yetkazish;

Oʻrta asrlarda oʻtgan islom ulamolari va mutafakkirlarining hadisshunoslik, kalom (ilohiyot ilmi), fiqh (islom huquqi) va islom tarixi yoʻnalishlari boʻyicha diniy-maʼnaviy merosini yanada chuqurroq tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshirish;

Oʻrta asr musulmon olimlarining tabiiy va aniq fanlar yoʻnalishidagi ilmiy merosini, shuningdek matematika, astronomiya, mineralogiya, geografiya, falsafa, mantiq fanlariga oid asarlarini tadqiq etishga oid loyihalarni amalga oshirish;

“Jaholatga qarshi – maʼrifat” gʻoyasi asosida islom diniga nisbatan sodir etilayotgan asossiz xurujlarning oldini olish, shuningdek, diniyaqidaparastlik, mutaassiblik, ekstremizm, missionerlik, soxta tariqatlar va jamoalarning maqsadlari, gʻoyaviy-aqidaviy negizlari, zamonaviy koʻrinishlari va faoliyat uslublarini oʻrganadi va ularga qarshi raddiya sifatida hadislar asosida maqola va risola tayyorlash;

Boy madaniy va maʼnaviy meros, dunyoviy hamda diniy ilmlar uygʻun ravishda tadqiq etilishini tashkil qilish orqali uning natijalarini taʼlim-tarbiya jarayonida qoʻllash va keng jamoatchilikka yetkazishda tashkiliy-amaliy yordam koʻrsatish;

Markaz rahbariyati koʻrsatmasiga asosan oʻz vakolati doirasidagi boshqa vazifalarni amalga oshirish.

Boʻlimning huquqlari va javobgarligi

Boʻlim nomidan boʻlim boshligʻi:

  • Boʻlimga yuklatilgan vazifalar doirasida Markaz nomidan vakillikni taʼminlaydi va muzokaralar olib boradi;
  • Topshirilgan vazifalarni amalga oshirish uchun Markazning boshqa boʻlimlari bilan muntazam va teng huquqli hamkorlik qiladi;
  • Boʻlim ilmiy xodimlarini oʻz vazifasiga boʻlgan munosabatini shakllantirish, ularning mehnat qilishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratish, shuningdek, boʻlim xodimlarini ragʻbatlantirish va maʼmuriy jazo boʻyicha chora koʻrish yuzasidan takliflar kiritadi;
  • Markaz direktorining topshiriqlarini oʻz vakolat doirasida vaqtida bajaradi;
  • Qonun hujjatlariga hamda Markaz Nizomi asosida ish yuritish, boʻlimga yuklangan vazifalar va masalalarni ijro etadi;
  • Boʻlim ilmiy xodimlarining masʼuliyat darajasini lavozimlar yoʻriqnomasida belgilaydi;

Boʻlim boshligʻi boʻlim umumiy faoliyati ustidan nazoratni olib boradi va boʻlimga yuklatilgan vazifalarni oʻz vaqtida bajarilishi boʻyicha javobgar hisoblanadi.

 

Amonov Mexrojiddin Uzbekovich

tarix fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

24.00.01 – Islom tarixi va manbashunosligi ixtisosligi boʻyicha katta ilmiy xodim.

Tugʻilgan yili: 25.03.1985

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

2004-2008-yilda SamDU bakalavr bosqichini

2009-2011-yilda SamDU tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari magistratura bosqichini tamomlagan

Lavozimi: IBXITM Ilmiy tadqiqotlar boʻlimi boshligʻi.

E-mail: mirzomerojiddin@gmail.com

Tel.: +998 99 310 15 00, +998 90 655 15 00

___________________________________________________________

Boʻlim xodimlari:

Baxriyev Otabek Amanullayevich

Tugʻilgan yili: 03.08.1977

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

1999-2003-yilda Toshkent islom instituti bakalavr bosqichini

2019-2021-yilda SamDU tarixshunoslik-manbashunoslik magistratura bosqichini tamomlagan

Lavozimi: IBXITM ilmiy tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: bahriyev77@gmail.com

Tel: +998 66 240 20 34; Mob. + 998 99 594 41 20

___________________________________________________________

Mahmudov Qodirxon Alimovich

Tugʻilgan yili: 25.08.1975

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

2018-2021-yilda Toshkent islom instituti bakalavr bosqichini

2021-2023- yilda Samarqand davlat chet tillar instituti Magistratura bosqichini

Lavozimi: IBXITM ilmiy tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: qodirxon.ar@mail.ru

Tel: +998 66 240 20 34; Mob. + 998 93 355 39 75

___________________________________________________________

Mirzayev Bahodir Muzaffar oʻgʻli

Tugʻilgan yili:3.09.1990

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

2012-2016-yilda SamDCHTI bakalavr bosqichini

2019-2021-yilda SamDCHTI Qiyosis tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik magistratura bosqichini tamomlagan

Lavozimi: IBXITM ilmiy tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: bahodirmirzayev11@gmail.com

Tel: +998 66 240 20 34; Mob. +998 99 576 30 52

___________________________________________________________

Mirzoaxmadov Xusen Mirzoraxmatovich

Tugʻilgan yili: 15.03.1988

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

2006-2010-yilda Toshkent islom instituti bakalavr bosqichini

2011-2013-yilda Toshkent islom universiteti Dinshunoslik magistratura bosqichini tamomlagan

Lavozimi: IBXITM ilmiy tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: Fazliyevmuhammad2@gmail.com

Tel: +998 66 240 20 34; Mob. + 998 90 503 11 98

___________________________________________________________

Nematov Olovxon Jaxfarovich

Tugʻilgan yili: 10.01.1977

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

2017-2020-yilda Toshkent islom instituti bakalavr bosqichini

2021-2023- yilda Samarqand davlat chet tillar instituti Magistratura bosqichini

Lavozimi: IBXITM ilmiy tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: alauddinxan@gmail.com

Tel: +998 66 240 20 34; Mob. +998 99 154 55 58

___________________________________________________________

Xidirov Mashrab Payzullayevich

Tugʻilgan yili: 04.12.1987

Maʼlumoti: Oliy

2009-2013-yilda SamDCHTI bakalavr bosqichini

2019-2021-yilda SamDCHTI qiyosiy tilshunoslik lingvistik tarjimashunoslik arab tili magistratura bosqichini tamomlagan

Lavozimi: IBXITM ilmiy tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: Mashrab.Xidirov@bk.ru

Tel: +998 66 240 20 34; Mob.+998 97 926 19 49

___________________________________________________________

Xursandov Obid Davronovich

Tugʻilgan yili:  14.05.1976

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

1995-1998-yilda Toshkent islom instituti bakalavr bosqichini

Lavozimi: IBXITM ilmiy tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: 

Tel: +998 66 240 20 34; Tel: +998  91 314 23 30

___________________________________________________________

Shonazarov Abduvosi Abdiboqiyevich

Tugʻilgan yili: 12.03.1986

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

2017-2020-yilda Toshkent islom instituti bakalavr bosqichini

2020-2022-yilda ToshDSHU Lingvistika (arab-ingliz) magistratura bosqichini tamomlagan

Lavozimi: IBXITM ilmiy tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: shonazarovabduvosi@gmail.com

Tel: +998 66 240 20 34; Mob. +998 97 386 60 86

___________________________________________________________

Elmurodov Ravshan Teshaboy oʻgʻli

Tugʻilgan yili: 30.11.1993

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

2013-2017-yilda Toshkent islom universiteti bakalavr bosqichini

2021-2023-yilda Samarqand davlat chet tillar instituti Magistratura bosqichini

Lavozimi: IBXITM ilmiy tadqiqotlar boʻlimi ilmiy xodimi

E-mail: r-elmurodov@mail.ru

Tel: +998 66 240 20 34; Mob. +998 99-876-99-46

___________________________________________________________

Qobilov Nodir Siddiqovich

Tugʻilgan yili: 16.08.1972

Maʼlumoti: Oliy

Tugallagan bilim yurti:

2017-2020-yilda Toshkent islom instituti bakalavr bosqichini

2021-2023- yilda Samarqand davlat chet tillar instituti Magistratura bosqichini

Lavozimi: IBXITM ilmiy tadqiqotlar boʻlimi kichik ilmiy xodimi

E-mail: nodirxon.ustoz@gmail.com

Tel: +998 66 240 20 34; Mob. +998 99 016 08 72