Home / MAQOLA / GLOBALLAŞUV ŞAROITIDA SOF AQIDANI SAQLAŞDA MOTURIDIYA TAʼLIMOTINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

GLOBALLAŞUV ŞAROITIDA SOF AQIDANI SAQLAŞDA MOTURIDIYA TAʼLIMOTINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI

Islom dinida aqida eng muhim sohalardan sanaladi. U hamma narsaning asosi bölib, bandaning ibodati ham, dunyoqaraşi ham, turmuş tarzi ham, şaxsiy va ijtimoiy munosabatlari ham şunga qarab şakl oladi. Mömin-musulmon inson öz aqidasi, imon-eʼtiqodi qançalar mustahkam ekanini heç ham nazardan qoçirmasligi kerak. Ayniqsa, fitnalar avj olgan hozirgi davrda har bir musulmon kişi öz aqidasining töğri yo notöğri ekanini aniq bilişi, kerak bölganda, uni himoyalay olişi zarur.

Hozirda ayrim buzğunçi daʼvatçilar mutaşobih (maʼnosi yaşirin, izohtalab) oyat va hadislardan misollar keltirib, ularga notöğri yondaşgan, özining haqni aytuvçi ekanini daʼvo qilgan holda köpçilikning adaşişiga sabab bölmoqda. Afsuski, bilib-bilmay ularga ergaşayotganlar talaygina. Bunga köp sabablarni keltiriş mumkin. Lekin asosiysi ilm-maʼrifatning pastligi, saviyasizlik, dalillarni çuqur anglamaslikdir. Soxta daʼvatçilar köpinça şundan foydalanadi. Sodda odamlar “oyat va hadisda kelgan ekan” deb, ularga işonib ketaveradi.

Vaholanki, Alloh taolo: “Ey imon keltirganlar! Agar fosiq xabar keltirsa, aniqlab (tekşirib) köring!” (Hujurot: 6), deb marhamat qilgan. Musulmon kişi öz aqidasida adaşib qolmasligi uçun eʼtiborli bölişi, eng işonçli dalillarga ularni teran anglagan holda ergaşişi lozim. Taʼna qilingan, “soxta daʼvatçi” yo “soxta şayx” degan nomlarga loyiq körilgan kişining gapiga işonmasligi, boşqalarga ham kör-körona ergaşmay, avval tekşirib körişi va aytganlarining mohiyatiga yetib borişi kerak. Şundagina asl haqiqat nima ekanini biliş mumkin.

Hozir ayrim daʼvatçilar musulmonlar birligiga rahna soliş maqsadida islom ummati ming yillar davomida eʼtiqod qilib kelgan moturidiylik va aşʼariylik taʼlimotlari notöğri ekanini daʼvo qilib çiqmoqda. Göyo özlarini Qurʼon va sunnatga ergaşgan-u, bu ikki maktab undan yiroqdek. Baʼzan ulardan “Moturidiylarning kitoblarida birorta oyat va hadis yöq” degan daʼvolarni eşitiş mumkin. Bu – öta oğir gap. Aslida aqidaviy kitoblarning har bir mavzusida, har bir varağida aytilgan fikrlarni dalillovçi oyat va hadislar bor. Imom Moturidiyning “Kitobut tavhid”, Abu Muin Nasafiyning “Tabsiratul adilla”, Ibrohim Saffor Buxoriyning “Talxisul adilla”, Abu Barakot Nasafiyning “Eʼtimod fil eʼtiqod” – moturidiylik taʼlimotiga oid har qanday asarga qaralsa, içidagi har bir aqidaviy mavzuda köplab oyat va hadislardan dalillar kelgani ayon böladi.

Moturidiylik taʼlimoti ahli sunna val jamoaning ikki yirik ustunlaridan biri hisoblanadi. Unga “Imomul huda” – “Hidoyat imomi” degan yuksak nomga sazavor bölgan Abu Mansur Moturidiy asos solgan. Imom Moturidiy yaşagan davr islom olamida turli özgarişlar avj olgan, ayniqsa, turli firqalar tomonidan aqidaviy buzilişlar kuçaygan paytga töğri keladi. Şunday şaroitda u ahli sunna val jamoa eʼtiqodini himoya qilib, bu yölda xavorij, rofiza, karromiyya, jahmiyya, muşabbiha va boşqa botil firqalarning daʼvolariga raddiyalar bergan.

Moturidiylik taʼlimotida naql (oyat va hadis) asosiy manba hisoblanadi. Har bir masalaning negizidagi dalilda oyat va hadislar yotadi. Aql esa yordamçi vosita hisoblanadi. Maʼrifat hosil qilişda naql, aql va soğlom sezgilar asosiy vosita ekani taʼkidlangan. Manbalarga qaraydigan bölsak, adaşgan toifalarga raddiya berişda ham naqldan, ham aqldan samarali foydalanilgani közga taşlanadi. Çunki notöğri daʼvolar noqis aql bilan ana öşa asosiy naqlni töğri tuşunmaslikdan kelib çiqadi. Şu sababli moturidiy olimlar soğlom aql bilan, manbaga teran nazar solgan holda, eng nozik nuktalarni eʼtibordan çetda qoldirmay, xolis yondaşib, masalalarga naqliy dalillar asosida aqliy dalillarni ham keltirgan. Maqsad – islomning haqiqiy mohiyatini oçib beriş, sofligini saqlab qoliş va odamlarning soğlom aqidaga ergaşişini taʼminlaş bölgan.

Bugun baʼzi toifalar moturidiylik aqidasini notöğri deb daʼvo qilmoqda. Lekin ularning naqadar puç va asossiz ekanini körasiz. Quyida şunday daʼvolardan ayrimlarini keltirib, ularga moturidiylik taʼlimotida qanday javob berilganini qisqaça bayon etamiz.

Eʼtibor qiliş kerak bölgan jihat şuki, adaşgan toifalar iddao qilayotgan daʼvolar bugun çiqib qolgan emas. Ular aytayotgan har qaysi aqidaviy masalaning tarixiy ildizlari bor. Bu toifalar möʼtazila, muşabbiha, mujassima, karromiyya va boşqalarni qattiq tanqid qilsa-da, özlari daʼvo qilayotgan narsalarining ildizlari bilan aynan öşalarga borib taqaladi. Masalan, hozir soxta daʼvatçilar muşabbiha, mujassima va karromiyya toifalari kabi “Alloh taolo – Arşning ustida” deb daʼvo qiladi. Bunga ﴿الرَّحْمَنُ عَلَى الْعَرْشِ اسْتَوَى﴾ “Rahmon Arşga istivo qildi” (Şöro: 11) oyatini dalil qilib keltiradi. Yaʼni, oyatdagi “istivo” söziga “joylaşiş”, “örnaşiş” maʼnolarini berib, “Alloh Arşga örnaşdi” deb taʼvil qiladi va Allohga biror makonda ekanini isbot qiladi.

Ahli sunna val jamoa eʼtiqodiga köra, Alloh taolo makondan behojatdir. Moturidiylikka oid manbalarda bu masalaga quyidagiça yondaşiladi: “Oyatdagi “istivo” sözi muhtamal yaʼni, har xil ehtimol va maʼnolarga ega. Birinçidan, mukammallik maʼnosida işlatiladi. Bunga Alloh taoloning Muso alayhissalom haqida ﴿وَلَمَّا بَلَغَ أَشُدَّهُ وَاسْتَوَى﴾ “Qaçonki u voyaga yetib, mukammal bölganda” (Qasos: 14) degani misol böladi. Yaʼni bu örinda “istivo” “kamolga yetiş” maʼnosida kelgan.

Ikkinçidan, “istivo” sözi “qaror topiş”, “joylaşiş” maʼnolarida keladi. Bunga Alloh taoloning Nuh alayhissalomning kemasi haqida: ﴿وَاسْتَوَتْ عَلَى الْجُودِيِّ﴾ “U (kema) Judiy (toği)ga joylaşdi” (Hud: 44), degan sözlari dalil böladi.

Uçinçidan, “istivo” sözi “ega böliş” maʼnosida qöllanadi.

Birinçi va ikkinçi maʼnoni Alloh taologa nisbatan qöllaş Uning Zotiga loyiq emas. Çunki, Alloh taolo bizning tuşunçamizdagi jism emaski, Uni biror makonda desak. Ikkinçidan, Özi mukammal bölgan Zotga “kamolga yetiş”ni nisbat beriş ham mutlaqo noörindir.

Demak, “ega böliş” maʼnosini qöllaş munosib böladi. Alloh taolo oyatda Özini madh etganiga köra, “Rahmon Arşga istivo qildi” jumlasini “Rahmon Arşning egasi böldi” deb taʼvil qiliş töğri böladi. Boşqa bir oyatda “U uluğ Arşning Robbisidir” (Tavba: 129), degan. Yaʼni, U Zot uning yaratuvçisidir [1, 68 b.]. Oyatda Arş xoslab keltirilganining sababi – u maxluqotlarning (yaratilgan narsalarning) eng kattasi bölgani uçundir. Bundan Alloh taolo barça maxluqotlarning Egasi ekani maʼlum böladi. Çunki maxluqotlardan eng kattasining egasi böliş butun olamning egasi bölişni taqozo etadi”.

Körinib turibdiki, moturidiylikda Alloh taoloni poklaşga nihoyat darajada daqiqlik bilan yondaşilgan. U Zotni maxluqot sifatlariga öxşaş sifatlardan poklaşga qattiq eʼtibor berilgan. “Istivo”ning Alloh taologa eng loyiq bölgan maʼnosi tanlangan. Soxta daʼvatçilar daʼvo qilgandek “istivo”ga “joylaşiş”, “qaror topiş” maʼnolari berilganda edi, Alloh taologa makon nisbat berilib, U Zotni jismga öxşatiş holati yuzaga kelib qolgan bölardi. Bu esa olamlarning Rabbi bölgan Zotga noloyiqdir.

Soxta daʼvatçilarning daʼvolaridan yana biri “Alloh taolo – osmonda” deb eʼtiqod qilişdir. Bunga “asos” sifatida Alloh taoloning “Yoki sizlar osmondagi Zot (Alloh)dan xotirjammisiz?!” (Mulk: 16) degan sözlari va yana bir qança mutaşobih oyatlar dalil qilib keltiriladi. Qöşimça tariqasida inson duo payti qöllarini osmonga kötarişi aytiladi.

Moturidiylik manbalarida ularga quyidagiça javob beriladi: “Alloh taoloning “Osmondagi Zot” degan sözidan murod “Ilohligi osmonda bölgan Zot” degan maʼnodadir. Uning “U Zot osmonda ham ilohdir, yerda ham ilohdir” (Zuxruf: 84) degan sözlaridan murod esa osmonda ham, yerda ham ilohligining sobitligidir. Bu Alloh taoloning Zoti osmonda sobit ekanini anglatmaydi. Bu xuddi “Falonçi Buxoro va Samarqandda amirdir. Yaʼni, uning zoti emas, amirligi (öşa) ikkalasigadir” degandek gap. Çunki Uning Zoti osmonda ham, yerda ham bölişi mumkinmas. Ammo ikkalasida ham Rabbligi va Ilohligi bölişi mumkin.

Ahli sunna val jamoa eʼtiqodiga köra, Alloh taolo makondan oliy va behojat Zotdir. Ulamolarimiz aqidaviy masalalarda, ayniqsa, Alloh taolo borasida, U Zotni nuqson va kamçiliklardan poklaşda öta ehtiyotkordir. Eng nozik nuktalarni ham eʼtibordan çetda qoldirmay, masalaning asl mohiyatini oçib berişga bor kuç-quvvatini sarflagan. Alloh taologa makon nisbat beriş U Zotni maxluqotlarga öxşatişdir. U Zot azza va jalla Qurʼoni karimda: “Albatta, Alloh barça olamlardan behojatdir” (Ankabut: 6), degan. Yaʼni, Arş, yer va osmonlar kabi narsalar Alloh yaratgan maxluqotlar bölib, olam jumlasiga kiradi. Olam esa azaliy emas, Alloh taolo azaliydir. Azalda esa Allohdan özga heç kim va heç narsa mavjud bölmagan [2, 112-113 b.]. U Zot azaldan makon va zamon ehtiyojidan xoli bölgan va bundan buyon ham şunday böladi. Demak, Alloh taolo olamlardan behojat, yaʼni ularga ehtiyoji tuşmaydigan Zotdir. Boşqa bir oyatda: “Unga öxşaş biror narsa yöq”, (Şöro: 11) deydi. Yaʼni, Alloh taolo biror narsaga öxşamaydi va Özi yaratgan narsalarga öxşab biror makonga muhtoj emas [3, 164 b; 4, 51 b.].

Duo paytida qöllar va yuzlarni osmonga kötariş sof ibodat böladi. Bu namozda Kaʼbaga yuzlanişga öxşaydi. Baytulloh namozning qiblasi bölgani kabi osmon duoning qiblasidir”.

Demak, Alloh taolodan boşqa hamma narsa hodis (yaratilgan) hisoblanadi. Zamonlar, makonlar, yaratilgan nimaiki narsa bölsa, Alloh taolo ulardan behojatdir. Alloh taolo azaliy bölib, U bilan birga biror narsa azalda mavjud bölgan emas. Jumladan, yeru osmonlar ham, Arş va Kursiy ham.

Yuqoridagi misollardan körinib turibdiki, moturidiylik aqidasida har bir masalaga çuqur, asosli, ilmiy nuqtai nazardan yondaşiladi, masalaning tub mohiyatini oçiş uçun jiddu jahd qilinadi, asl haqiqat nimada ekaniga qattiq eʼtibor beriladi, oyat va hadislarning maʼnolari har tomonlama örganilib, töğri taʼvil qilinadi. Adaşgan buzğunçi toifalar esa oyat va hadislarning zohiriy maʼnosiga qarab hukm qilib ketaveradi. Ular matnning asl mazmun-mohiyati nima ekanini tuşunmagani, çuqur tahlilga ilmiy salohiyati yetmagani tufayli özining noqis aqli töğri deb bilgan va nafsiga maʼqul kelgan narsaga mahkam yopişib oladi. Şunisi maʼlumki, asrlar davomida islom aqidasining sofligini saqlaş uçun beqiyos xizmat qilgan zabardast mujtahid olimlarning etagini tutiş oyat va hadislarning asl mohiyatini, şariat maqsadlarini anglab yetmagan, ilmsiz, soxta daʼvatçilarga ergaşişdan har tomonlama afzaldir. Şuning uçun mömin-musulmon inson öz dinini yaxşilab örganişi va bunda kimdan nimalarni qay tarzda örganayotganiga eʼtiborli bölişi lozim.

Davlatimiz tomonidan xalq maʼnaviyatini yanada boyitiş, diniy bilimsizlikni bartaraf etiş maqsadida turli institutlar, universitet va ilmiy markazlar, masjid va madrasalar barpo etilib, köplab imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Şundan foydalangan holda öz maʼnaviyatini boyitib, dunyoqaraşini kengaytirib, mantiqqa tayaniş va tanqidiy fikrlaşni örganiş, şu tariqa adaşgan toifalarning ğoyalariga aldanib qolişdan saqlaniş kattayu-kiçik har bir yurtdoşimizga lozim böladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RÖYXATI
  1. Mulla Ali Qori. Zavʼul maoliy şarhi Badʼul amoliy. –Istanbul: “Siraç”, 2023. –B.264.
  2. Şujouddin Turkistoniy. Şarhul aqidatit Tahoviyya. –Ummon: “Dor an-nur”, 2022. –B.239.
  3. Abul Barakot Nasafiy. Al-Eʼtimod fil eʼtiqod. Dr.Abdulloh Muhammad Ismoil tadqiqi. – Qohira: Maktabatul azhariyya lit turos, 2011. –B.538.
  4. Mulla Ali Qori. Fiqhul akbar şarhi. –T: “Movarounnahr”, 2017. –B.272.

 

Ravşan ELMURODOV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
ilmiy xodimi

Check Also

INSON QADRINI ÖRNIGA QÖYIŞ – YURTNI TARAQQIY ETTIRIŞNING BOŞ MAQSADI

Insonlarga manfaat yetkaziş, oğirini yengil qiliş va yaxşilik yölida xizmat qiliş ezgu amallarning eng uluğlaridan …