Home / FOTO LAVHALAR / Hamjihatlik va eʼtiqod erkinligi yölidagi xizmatlar eʼtirofi

Hamjihatlik va eʼtiqod erkinligi yölidagi xizmatlar eʼtirofi

16-noyabr – Xalqaro diniy bağrikenglik kuni munosabati bilan mamlakatimizda ötkazilayotgan “Xalqaro bağrikenglik” haftaligi doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida tantanali taqdirlaş marosimi bölib ötdi. Unda Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari, jamoatçilik vakillari va diniy soha xodimlari iştirok etdi.


Tadbirda taʼkidlanganidek, keyingi yillarda mamlakatimizda diniy-maʼrifiy soha rivoji yölida keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda. Bu jarayonda jamiyatda bağrikenglik ğoyalarini mustahkamlaş, turli millat va elatlar, diniy konfessiyalar vakillari örtasida özaro döstlik, hamjihatlik va mafkuraviy barqarorlik tamoyillarini qaror toptirişda soha vakillarining fidokorona mehnati munosib eʼtirof etib kelinmoqda.

Mana, bu yil ham viloyatdagi qator davlat va jamoat taşkilotlari, diniy-maʼrifiy muassasalarning samarali mehnat qilib kelayotgan vakillari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-sentyabrdagi tegişli qarori asosida taʼsis etilgan “Diniy bağrikenglik” kökrak nişoni bilan taqdirlandi.

Mukofotlarni Samarqand viloyati hokimining jamoat va diniy taşkilotlar bilan işlaş böyiça örinbosari Bobir Karimov tantanali ravişda topşirdi.

Quvonarlisi şuki, diniy-maʼrifiy sohadagi islohotlarni tarğib etiş, maʼnaviy muhit barqarorligini saqlaş, ilmiy-maʼrifiy merosni örganiş yölidagi fidokorona xizmatlari uçun mazkur mukofot bilan taqdirlanganlar orasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktorining Boş maslahatçisi, falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor Törayev ham bor.

Marosimda söz olgan ustozimiz bağrikenglik tuşunçasining teran mohiyatiga töxtalib, olamning gözalligi uning xilma-xilligida ekanini, turli millat va din vakillarining qadriyatlari va eʼtiqodiga hurmat bilan qaraş, toqatli va hamjihat böliş xalqimizga azaldan xos fazilat ekanini taʼkidladi. Uşbu yuksak mukofot nafaqat eʼtirof, balki yurtimizdagi tinçlik, barqarorlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini yanada rivojlantiriş hamda yangi asarlar yaratiş yölida ulkan masʼuliyat yuklaşini qayd etib, davlatimiz rahbariyati, Din işlari böyiça qömita va viloyat hokimligiga minnatdorlik bildirdi.

Taqdirlanganlar mamlakatimizda vijdon erkinligi taʼminlanayotgani, turli millat va din vakillari örtasidagi özaro hurmat va mehr-oqibat muhiti qöşni va xorijiy davlatlar uçun ham namuna bölayotganini eʼtirof etdi. Davlatimiz tomonidan körsatilayotgan yuksak eʼtibor va ğamxörlik uçun şukronalik bildirib, yurtimiz tinçligi, osmonimiz musaffoligi va xalqimiz farovonligi bardavom bölişini tilab duo qildi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi nomidan mukofotga sazovor bölgan barça yurtdoşlarimizni hamda ustozimiz Baxtiyor Törayevni uşbu yuksak eʼtirof bilan samimiy muborakbod etib, kelgusidagi kasbiy va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz,

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

ILMIY MEROSIMIZ IORDANIYADA TARĞIB ETILMOQDA

Özbekiston delegatsiyasining Iordaniyaga taşrifi doirasida poytaxt Ammon şahrida joylaşgan Xalqaro islom ilmlari va taʼlimi universitetida …