Home / FOTO LAVHALAR / “Bağrikenglik – tinçlik va totuvlik garovi”

“Bağrikenglik – tinçlik va totuvlik garovi”

Samarqand imkoniyati çeklangan şaxslar uçun ixtisoslaştirilgan maxsus texnikumida şu mavzuda maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ötkazildi.

“Bağrikenglik haftaligi” doirasida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan taşkil etilgan anjumanda ilmiy xodimimiz Abdulbosit Mamadaliyev bağrikenglik, özaro hurmat, mehr-oqibat va inson qadri kabi umuminsoniy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi ahamiyati haqida söz yuritdi.

Suhbat davomida islomning insonparvarlik mohiyati, muqaddas dinimizning turli millat vakillari hamda turli qaraşdagi insonlar örtasida tinç-totuvlikni asraşga, bir-biriga hurmat va bağrikenglik bilan munosabatda bölişga oid taʼlimoti hayotiy misollar asosida tuşuntirildi.

Şuningdek, mehr-oqibat, saxovat va kömakka muhtoj insonlarni qöllab-quvvatlaş xalqimizning azaliy qadriyatlari ekani taʼkidlandi.

Samimiy muloqot ruhida ötgan tadbir yoşlarda inson qadrini uluğlaş, jamiyatda özaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş borasidagi tuşunçalarni yanada boyitişga qaratilgan maʼrifiy işlarning uzviy davomi böldi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Samarqandda “Maʼrifat haftaligi” boşlandi

Yurtimizda maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligini oşiriş, aholi va yoşlar orasida maʼrifat ğoyalarini keng tarğib etiş maqsadida …