Abul Barakot Nasafiy (vaf. 710/1310-y.) tafsir, fiqh, aqida va usulul fiqh kabi sohalarda sermahsul ijod qilib, islomiy ilmlar rivojiga katta hissa qöşgan buyuk olimlardan biridir. Alloma aqidaga oid “Umdat aqidati ahli sunna val jamoa” (“Ahli sunna val jamoa aqidasi asosi”), “Bahrul kalom” (“Kalom ilmi dengizi”), “Umdatul aqoid” (“Aqidalar asosi”), “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” (“Eʼtiqoddagi tayanç”) nomli asarlarni taʼlif etgan [5:61]. Bularning barçasi moturidiya taʼlimoti asosidagi sunniylar aqidasiga bağişlangan asarlardir.
“Umdatul aqoid” muxtasar asar bölib, kalom ilmiga oid muhim masalalarni öz içiga olgan. Asarning Jamoliddin Mahmud ibn Ahmad Quvnaviy (vaf. 770/1368-69 y.)ga tegişli “Az-Zubda”, XIV asrda yaşagan Ahmad ibn Aʼvaz Donişmand Aqşihariy Hanafiyning “Al-Inqod fiy şarhi umdatil eʼtiqod” nomli önga yaqin şarhi mavjud [5:13]. Eʼtiborli jihati şundaki, “Al-Umda fiy aqidati ahli sunna val jamoa” asariga muallifning özi ham şarh yozgan va uni “Al-Eʼtimod” deb nomlagan [12:1168].
Hoji Xalifa “Kaşfuz zunun”da: “Eʼtimodul eʼtiqod” asari şayx, imom Hofiziddin Abdulloh ibn Ahmad Nasafiy Hanafiyga tegişlidir”, deb keltiradi [11:119]. “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” allomaning ilohiyotga oid ikkinçi fundamental asari bölib, barça manbalarda kitobning unga tegişli ekani aytilgan. Şuning uçun uning nomi va Nasafiyga mansubligi haqida ixtilof yöq [12:1168; 3:228; 4:102; 2:969].
“Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari uzoq yillardan buyon nodir qölyozmalar orasida saqlab kelingan. XX asrdan boşlab baʼzi arab va turk tadqiqotçilari tomonidan örganila boşlangan. Asar mazmuni “Al-Umda” bilan soliştirganda ança keng va tizimli bölib, ilohiyotning deyarli barça mavzularini qamrab olgan. Şu jihati bilan asar şarh bölişi bilan birga, mustaqil iş ham hisoblanadi.
Uşbu kitob Abu Mansur Moturidiy (vaf. 333/944 y.) va Abul Hasan Aşʼariy (vaf. 324/936 y.) aqida maktablarining orasini muvofiqlaştirgan asar hisoblanadi. Umumiy qilib aytganda, u ahli sunna val jamoa aqidasini jamlagan asardir.
“Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari moturidiylik maktabidagi böşliqlarni töldiradi. Çunki kitobni yoziş hijriy VII asrda (XIII asr oxiri) nihoyasiga yetgan. Bu davrda esa, moturidiya maktabi kitoblari kam sonli bölgan. Şu sababli, bu kitob moturidiylik maktabi tarixini boğlovçi muhim halqa sifatida namoyon böladi.
Bu asar muallifning “Umdatul aqoid” nomli kitobiga şarh ölaroq yozilgan. Yuqorida taʼkidlanganidek, “Umdatul aqoid”ning şarhlari köp. Bu esa uning olimlar eʼtiborini tortganini, özi va muallifi qadri neçoğlik baland ekanini anglatadi.
Şuni taʼkidlaş kerakki, muallifning öz kitobiga şarh yozişi uning boşqa asarlar orasida yuqori örinda ekanidan darak beradi. Çunki muallifning özi boşqalardan köra oldiga qöyilgan maqsadni yaxşi biladigan va kitobdagi nozik iboralarni kengroq oçib beradigan şaxsdir.
Asar mazmun jihatdan “Al-Umda”ga öxşaydi. Şunday bölsa-da, kitob köplab mavzularni öz içiga olgani, har bir mavzuda turli aqidaviy yönaliş qaraşlari qamrab olingan holda batafsil muhokama qilingani va tekşirilgani bilan ajralib turadi.
Abul Barakot Nasafiy uşbu asarni taʼlif etiş sababini kitobning kiriş qismida, Allohga hamd va Payğambarga salavot va salomlar aytgandan keyin quyidagiça keltiradi: “Ahli sunna val jamoa aqidasini bayon qiliş borasida tasnif etgan “Al-Umda” asarimga qiziqiş katta ekanini kördim. Garçi, u diroyatdan xoli bölmagan, rivoyatlar bilan töldirilgan bölsa ham, muşkulotlarni izohlaydigan, qiyin masalalarni oçiqlaydigan şarhga muhtoj edi. Şunda men bandalar Xoliqining tavfiqi bilan masalalari şarhlangan, dalillari mufassal bayon qilingan, “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” deb nomlangan bir kitobni jamlaşni xohladim. Alloh Öziga tavakkal qiluvçi kişiga kifoya qiluvçi va işlarini Unga topşiruvçi kişiga yordam beruvçidir. Menga Uning Özi yetarli va U qanday ham yaxşi yordam beruvçidir” [1:106-107].
Muallif asarida moturidiylik va aşʼariylik aqidasi orasidagi lafziy ixtiloflarni keltirmaslikka uringan bölsa ham, ayrim örinlarda ikki maktab orasidagi ixtiloflarni muvofiqlaştirişga harakat qilgan. Masalan, “Alloh taolo kofirga kufrni iroda qilişi” masalasida Imom Aşʼariy ixtiyor etgan sözni zikr etib, bu öz şayxi Abu Mansur bildirgan fikrga yaqin ekanini taʼkidlaydi. Imonning haqiqati borasida aşʼariy mazhabining fikrini bayon qilib, undan moturidiylik mazhabiga muvofiq keladigan fikrni oladi. “Muqallidning imoni” masalasida esa “Bunda moturidiya va aşʼariya mazhablari orasida ixtilof yöq. Ixtilof faqat möʼtazilalar bilandir”, deb zikr qiladi.
Muallifning moturidiylik va aşʼariylik maktablari orasini yaqinlaştirişga harakat qilgani ham kitobning neçoğlik ahamiyatli ekanini körsatadi. U uşbu saʼy-harakatiga töliq erişdi deb aytmoqçi emasmiz. Çunki hali köp masalalar muallaq bölib, ular orasidagi lafziy ixtiloflar davom etmoqda. Lekin olimning qilgan işlari muhim ahamiyatga egadir.
Asarning tarkibiy tuzilişi. “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asarining tarkibiy tuzilişi haqida aytadigan bölsak, u muqaddimadan taşqari 55 ta mavzuni öz içiga olgan [1:535-538].
Lekin turk olimi Muhammad Yaziçi asarning tarkibiy tuzilişi haqida: “Umumiy maʼlumotlar, ilohiylik, payğambarlik, vasiyat, qazo va taqdir, imon, semʼiyot, turli masalalar va imomat masalalaridan iborat 8 qismdan iborat bölgan asarda jami 54 bob mavjud” [6:63], deb boblar sonini 54 ta deb keltirgan. Çunki u “Haqiqatlarni isbotlaş” deb nomlangan dastlabki mavzuni bob sifatida keltirmagan bölişi mumkin.
Ammo Azhar universiteti “Usuli din” fakulteti ustozi doktor Abdulloh Muhammad Abdulloh Ismoil “Haqiqatlarni isbotlaş” bobini ham alohida keltirib bunday deydi: “Şuni körişimiz mumkinki, muallif (yaʼni Nasafiy) öz kitobini uşbu masala bilan boşladi. U bu borada Abul Muin Nasafiy, Najmiddin Nasafiy va boşqa moturidiya maktabining yetuk olimlaridan bölgan öz salaflariga ergaşgan. Buning sababi şuki, islomiy aqida kitoblarini uşbu masala bilan boşlaş juda ahamiyatlidir. Çunki “Haqiqatlarni isbotlaş” masalasi bölmasa, Allohning mavjudligi va undan boşqa haqiqatlar kabi tavhid ilmining haqiqatlarini isbot qiliş mumkin emas. Şuning uçun olimlar uşbu masalani asos qilib olgan”.
Abu Ishoq Saffor Buxoriy (vaf. 534/1139-y.) ham “Talxiysul adillati li qavoidit tavhid” asarini “Haq va botil haqidagi bölim” degan mavzu bilan boşlagan. Demak, “Haqiqatlarni isbotlaş” mavzusi ham alohida bob hisoblanar ekan. Şu sababli, “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari 55 bobni öz içiga olgan, deb xulosa qiliş mumkin.
Asarda dastlab boşqa islomiy aqida kitoblari singari asosiy masala, hukmlarning şarh va tahlili bayon etilgan. Masalan, Alloh taoloning zotiga taalluqli vojib bölgan sifatlarni Unga isbot qiliş, U zotning mavjudligi, olamning yaratuvçisi ekani va yakka-yu yagona, qadim, mutakallim, barça komillik sifatlari bilan sifatlangani bayon qilingan.
Şuningdek, dastlabki mavzular Alloh taolo zotiga loyiq bölmagan narsalarni inkor etişni öz içiga olgan. Masalan, Uning zoti araz, javhar va jism emasligi hamda Alloh taolo zotiga loyiq bölmagan nuqsonli salbiy sifatlar bilan sifatlanmasligi bayon etilgan.
Şundan söng nubuvvat, risolat masalalari, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam risolatini tasdiq etiş, nubuvvat şartlari, imon masalasi, uning mohiyati, ziyoda yo kam bölmasligi haqidagi aqidaga oid turli mavzular bayon etilgan.
Bundan taşqari, asarda isbot qilişda faqat Qurʼon va sunnatga tayaniladigan masalalar ham qamrab olingan. Masalan, oxiratdagi hisob-kitob, sirot köprigi kabi masalalar, tarozi, jannat, dözax va boşqa misollarni keltiriş mumkin [9:221-235].
Asardagi mavzularning umumiy jihatiga eʼtibor beradigan bölsak, Abul Barakot Nasafiy har bir mavzuda möʼtazila, muşabbiha, xavorij, karromiya, qadariya, murjia kabi adaşgan toifalar ğoyalarini keltirib, ularga naqliy va aqliy dalillar bilan raddiya bergan. Nasafiy uşbu asarni umrining oxirlarida taʼlif etgan” [6:63]. Asarning yozilişi 698 yili 26 jumadul avval (1299-yil 1-mart) oyida yakunlangan [7:82].
“Al-Eʼtimod fil eʼtiqod”ning asosiy manbalari Abul Muin Nasafiyning “Tabsiratul adilla” va Nuriddin Sobuniyning “Al-kifoyatu fil hidoya” nomli asarlaridir. Bu jihatdan asar rejasi va iboralarining “Tabsiratul adilla”ning şarhi bölgan “Kitobut tamhid” bilan öxşaşligi ham eʼtibordan çetda qolmaydi [6:67].
Boşqa tomondan, asarda Imom Ğazzoliy va Faxriddin Roziy kabi aşʼariy olimlariga ham işora qilingan. Bu şuni körsatadiki, muallif özidan oldingi Abul Muin Nasafiy yondaşuvidan farqli ölaroq, moturidiya va aşʼariyaning bir-biriga xilof qilgan tomonlariga urğu bermaydi, balki ikki mazhabning muştarak tomonlarini körsatişga harakat qiladi [8:82].
“Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asarining bugungi kungaça yetib kelgan turli qölyozmalari orasida Sulaymoniya kutubxonasi, Fotih, 721 yil sanasi bilan 3085-raqami ostida röyxatga olingan nusxasi xattotlikdagi ravonligi bilan ham, muallif vafot etgan 710 yilga yaqinligi bilan ham eʼtiborni tortadi. Turkiyaning boşqa kutubxonalarida ham asarning turli davrga oid qölyozma nusxalari saqlanmoqda [10].
“Al-Umda” va “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asarlaridan ulamolar öz kitoblarida manba sifatida foydalangan. Jumladan, bu asarlar orasida Ibn Humomning “Al-musayara”, Taftazoniyning “Şarhul maqosid” asarlarini keltiriş mumkin.
Yana Taftazoniyning “Aqoidi Nasafiy” asari bilan “Al-Umda” va “Al-Eʼtimod” asarlari soliştiriladigan bölsa, matnlarining qançalik yaqin ekani yaqqol közga taşlanadi. Muhammad Yaziçi asar haqida: “Xuddi şunday “Şarhi fiqhul akbar”ning muallifi Mulla Ali Qori ham “Al-Eʼtimod”dan manba sifatida foydalangan, degan fikrdamiz. Çunki “Şarhi fiqhul akbar”ga nazar taşlaydigan bölsak, ayniqsa, imomat bahsi unga juda ham öxşaşdir” [6:63], deydi.
“Al-Eʼtimod” Nasafiydan keyingi olimlar tomonidan örganilgan. Unga şarh va izohlar yozilib, yillar davomida madrasalarda öqitilgan. Bundan taşqari, asar nusxalari köpaytirilib, turli joylarga yetkazilgan. Keyingi davr olimlarining ana şunday saʼy-harakati bilan asar öziga munosib mavqega ega bölgan va şuhrat qozongan [6:62-92; 7:57].
1991-yilda Muhammad Yaziçi tomonidan kitob matni tahqiqi amalga oşirilgan. Ammo u naşr etilmagan. Asarning “Şarhul umda fiy aqidati ahli sunna val jamoa” nomli tadqiqot naşri esa Dr.Abdulloh Muhammad Abdulloh Ismoil tomonidan 2012-yil Qohirada naşr etilgan.
Xulosa örnida şuni aytiş mumkinki, Abul Barakot Nasafiyning “Al-Eʼtimod fil eʼtiqod” asari moturidiya taʼlimotini keng şarhlab bergan, adaşgan toifalar ğoyalariga asosli raddiyalar bergan hamda ahli sunna val jamoa aqidasini jamlagan asar hisoblanadi. Uşbu asardan hozirgi kundagi adaşgan oqimlarning imon va takfir kabi turli aqidaviy masalalardagi hamda kalom ilmi borasidagi botil eʼtiqodiga raddiya sifatida foydalaniş mumkin.
-
Abul Barakot Nasafiy. Al-Eʼtimod fil eʼtiqod. Dr.Abdulloh Muhammad Ismoil tadqiqi. – Qohira: Maktabatul azhariyya lit turos, 2011.
-
Heffening W. Al-Nasafî. The encyclopaedia of islam. Vol. 7. – Leiden-Newyork: J.Brill, 1993.
-
Möʼjamul muallifin. J.II. – Bayrut: Muassatur risola, 1993.
-
Al-Favoidul bahiyya. M.Naʼsani naşri. – Bayrut: Dorul kitob, 1906.
-
Maxsudov D. Buyuk ajdodlarimiz “Abul Barakot Nasafiy hayoti va ilmiy ijodi”. – T.: Toşkent islom universiteti, 2013.
-
Muhammed Yazıcı. Ebüʼl-Berekât en-Nesefî, Hayatı, Şahsiyeti, Eserleri ve el-İʼtimâd fiʼl-iʼtikâd Adlı Eseri (Yayımlanmamış Yüksek Lisans Tezi, Atatürk ÜSBE). – Erzurum, 1992.
-
Temel Yeşilyurt, Ebüʼl-Berekât en-Nesefî ve İslâm Düşüncesindeki Yeri. – Malatya: Kubbealtı Yayıncılık, 2000.
-
Uludağ universiteti teologiya fakulteti jurnali: Kılıç Aslan MAVİL. Bir Hanefî-Mâtürîdî Âlimi Ebüʼl-Berekât en-Nesefî. Cilt: 22, Sayı: 1, 2013.
-
Vergl Rudolph Ulriç. Al-Maturidi und Sunnitisçe Theologie in Samarkand.
-
Qölyozma nusxalar: Boyazid davlat kutubxonasi, № 2801; Çorum viloyat xalq kutubxonasi, № 4078; Sulaymoniya kutubxonasi., Laleli, № 2317-2365. Raşid afandi, № 323.
-
Hoji Xalifa. Kaşfuz zunun. Muhammad Şarafiddin Yoltqoya tahqiqi. J.I. – Bayrut: Dor ihyoʼut turosil arabiy, 1941.
-
Hoji Xalifa. Kaşfuz zunun. Muhammad Şarafiddin Yoltqoya tahqiqi. J.II. – Bayrut: Dor ihyoʼut turosil arabiy, 1941.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




