Home / MAQOLALAR / «91 + 40: Har bir inson bilişi şart bölgan haqiqatlar»

«91 + 40: Har bir inson bilişi şart bölgan haqiqatlar»

«91 + 40: HAR BIR INSON BILIŞI ŞART BÖLGAN HAQIQATLAR» yoxud «BILMASLIK KEÇIRILMAYDIGAN QOIDALAR:
131 ta HAYOTIY OGOHLANTIRIŞ» yoki «Qoidalarda YOZILMAGAN, HAYOTDA SINALGAN QOIDALAR;
QOIDALARDAN HAM KENGROQ TUŞUNÇALAR»ni
ULUĞ USTOZ ULAMOLARIMIZ bayon qilib berganlar:
 
 
MUTAXASSISLAR STATISTIKASI MAʼLUMOTLARI:
➢     Dunyo böyiça har kuni 3 mingdan ziyod inson yöl-transport hodisasi qurboniga aylanmoqda.
➢     Dunyo böyiça har kuni 100 mingdan ortiq kişi turli darajada tan jarohati olmoqda.
➢     Respublikamiz hududida har yili örtaça 9-10 mingta yöl-transport hodisasi röy beradi.
➢     Ularning 2 mingdan ortiği odamlar qurbon bölişiga olib kelmoqda.
➢     Yurtimizda 2023-yilda yöl-transport hodisalari sababli 2282 kişi vafot etgan.
➢     Yöl harakati hodisalarining tahlillari böyiça 54,5 % hodisalar piyodalar bilan boğliq holda sodir etilmoqda.
 
 
BIRLAŞGAN MILLATLAR TAŞKILOTI (BMT) maʼlumotlariga köra:
➔     Har yili dunyoda yöl-transport hodisalari oqibatida 1,35 million kişi halok böladi, yaʼni har 24 soniyada bir kişi halok böladi.
 ➔    Yöl-transport hodisalari – butun dunyoda ölim va nogironlikning asosiy sabablaridan biridir.
 ➔    Yöl-transport hodisalari oqibatida har yili qariyb 50 million kişi jarohat oladi.
 ➔    Butun dunyo böyiça halok bölgan har tört kişidan biri piyoda yoki velosipedçi hisoblanadi.
 ➔    Bunga yana 20-50 million atrofidagi odam tan jarohati olişi, baʼzilari umrbod nogiron bölib qolişi ham qöşilsa, falokat kölami yanada kengayadi.
 ➔    Yöl-transport hodisalari – 5 yoşdan 29 yoşgaça bölgan yoşlar ölimining asosiy sababidir.
 ➔    Yöl-transport hodisalari – barça yoş guruhlari böyiça ham ölimning 10 ta asosiy sababidan biridir.
 ➔    Past va örta daromadli mamlakatlar bundan ayniqsa köproq zarar köradi: yöl-transport hodisalari natijasidagi umumiy ölimlarning 93 % aynan şu mamlakatlar hissasiga töğri keladi.
 ➔    Jabrlanuvçilarning aksariyatini piyodalar, mototsikl va velosiped haydovçilari taşkil etadi.
 ➔    Yöl-transport hodisalarida halok bölganlar yoki jarohatlanganlar soni butun dunyo böylab, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlarda köpayişda davom etayotganidan xavotir bildirib, 26.10.2005-yilda BMT Boş Assambleyasi A/RES/60/5 – Qarori bilan noyabr oyining uçinçi yakşanbasini “Butunjahon yöl-transport hodisalari qurbonlarini xotirlaş kuni” deb eʼlon qiliş taklifini qabul qildi.
 ➔    Har yili 15-may – BMT Boş Assambleyasining buyruğiga binoan “Yöl harakati xavfsizligi global haftaligi” ötkaziladi.
 BMT Boş Assambleyasi “2021-2030-yillarda yöl harakati xavfsizligi böyiça harakatlar 10-yilligi”ni eʼlon qilib,
yöl-transport hodisalarida ölim va jarohatlarni oldini oliş;
10 yil mobaynida kamida 50 % ga kamaytiriş;
2030-yilga kelib yöl-transport hodisalaridan ölim va jarohatlarning kamida 50 foizini oldini olişga qaratilgan ulkan maqsadlar bilan
2020-yil sentyabr oyida «Butun dunyoda yöl harakati xavfsizligini yaxşilaş» nomli A/RES/74/299 – Rezolyutsiyasini qabul qildi.
 
KALOMULLOHNING OYATI KARIMALARIDA
XUDOIM TAOLO MARHAMAT QILADI:
 ☪︎  «Yer yuzida kibrlanib yurma! Çunki sen oyoqlaring bilan zinhor yerni teşa olmaysan va uzunlikda toğlarga yeta olmaysan» (Isro surasi 17/37 oyat);
 ☪︎  «Alloh nazdida eng azizu mukarramroğingiz – taqvodorroğingizdir. Albatta, Alloh biluvçi va xabardor zotdir» (Hujurot surasi 49/13 oyat);
 ☪︎  «Ey, möminlar! Qaçonki, sizlarga yiğilişlarda: «davrani kengaytiringiz!» – deyilsa, bas, kengaytiringiz, Alloh sizlarga ham kerak paytida keng joy berur. Yana qaçonki, «turingiz!» – deyilsa, darhol turingiz! Alloh sizlardan imon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni baland daraja martabalarga kötarur. Alloh qilayotgan barça yaxşi va yomon amallaringizdan xabardordir» (Mujodala surasi 58/11 oyat);
 ☪︎  «Kimki bir savobli iş qilsa, unga ön barobar köpaytirib yozilur. Kimki bir yomon (gunoh iş) qilsa, faqat öşa gunoh miqdorida (bir gunohga yaraşa) jazolanur. Ularga nohaqlik qilinmagay» (Anʼom surasi 6/160 oyat).
  
 
JANOBI PAYĞAMBARIMIZ RASULULLOH SALLALLOHU ALAYHI VASALLAM MEHR-MURUVVAT TARIQASIDA MARHAMAT QILADILAR:
✵  «Bir kişi yölda ketayotib, tikanli butoqni körsa va uni çetga olib taşlasa, Alloh uni bu işi uçun mukofotlab, gunohlarini keçiradi» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
✵  «Yarimta xurmo bilan bölsa ham özingizni dözaxdan saqlang! Agar kimki buni topolmasa – şirin söz bilan!»;
 ✵  «Haq böla turib, tortişuvni tark qilgan kişi uçun jannatning bir tomonida bir qasr bino qilinişiga;
hazil bölsa ham, yolğonni tark qilgan kişiga jannatning örtasida bir qasr bino qilinişiga;
xulqi gözal, odobi çiroyli bölgan kişi uçun esa jannatning eng yuqorisida bir qasr bino qilinişiga kafilman!» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);
 ✵  «Odamlarning yaxşisi – kişilarga manfaati köp tekkanidir»;
✵  «Yölning haqqi – közni tiyiş, aziyat bermaslik, salomga alik oliş, yaxşilikka buyuriş va yomonlikdan qaytariş» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);
 ✵  «Möminlarning imoni eng mukammali – xulqi gözal bölganlaridir» (Imom Termiziy rivoyatlari);
 ✵  «Yer yuzidagilarga rahm qiling, osmondagi Zot sizga rahm qilgusidir»;
✵  «Men uluğ xulqlarni mukammal qiliş uçun yuborilganman» (Imom Bazzor rivoyatlari);
 ✵  «Ota-onaga duo qilişni tark etiş rizqni kesadi»;
✵  «Albatta, odamlarga gözal xulqdan afzalroq narsa berilmagan» (Imom Tabaroniy rivoyatlari);
 ✵  «Bir kişiga tabassum bilan yaxşi söz aytiş – sadaqadir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
 ✵  «Qöşnilaringiz sizni “yaxşi odam” deyişayotgan bölsa, demak, siz – yaxşisiz. Agar ular sizni “yomon odam” deyişayotgan bölsa, demak, siz – yomon odamsiz»;
 ✵  «Sadaqaning afzali – kelişolmay qolganlarning örtasini isloh qilişdir» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);
✵  «Musulmon kişini sökiş – fosiqlikdir. U bilan uruşiş – kofirlikdir» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);
 ✵  «Biror kişi bor aybingizni aytib, sizni haqoratlasa, siz uni unda bor aybi bilan ham haqoratlamang. Şunda buning savobi sizga, gunohi unga bölur»;
 ✵  «Kim Allohga va Oxirat kuniga imon keltirgan bölsa, yaxşi gap aytsin yoki jim tursin!» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);
 ✵  «Kim musulmon birodarining aybini yaşirsa, Alloh uning aybini Qiyomat kuni yaşiradi. Kim musulmon birodarining aybini oşkor qilsa, Alloh uning aybini oşkor qiladi, hatto uni öz uyida ham şarmanda qiladi» (Imom Ibn Moja rivoyatlari);
 ✵  «Poklik – imondandir»;
 ✵  «Kim agar birovning aybini aytib, odamlarga oşkor qilsa, to özi ham şu aybni qilmasdan dunyodan ketmaydi»;
 ✵  «Kimiki biror mömin kişining aybi yoki gunohini bilib turib, uni foş etmay yaşirsa, göyo tirigiça kömilgan gödakni tiriltirgançalik savobga ega bölur» (Imom Bayhaqiy rivoyatlari);
 ✵  «Odamlarga minnatdorçilik izhor etaolmagan odam, Xudoga ham şukr qilaolmaydi» (Imom Termiziy rivoyatlari);
 ✵  «Kimki bir musulmonning aybini yaşirsa, Alloh dunyo-yu oxiratda uning aybini yaşiradi»;
 ✵  «Har bir qilinadigan yaxşilikka sadaqa savobi berilur»;
 ✵  «Kiçiklarimizga rahm qilmagan, kattalarimizni uluğlamagan – bizlardan emas» (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari);
 ✵  «Qaysi kişi özganing aybini körib, uni yaşirsa, xuddi tiriklay kömilgan qizni qabridan qutqargan kabi böladi» (Imom Abu Dovud rivoyatlari);
 ✵  «Kimki bir çumçuqni bekordan-bekor öldirsa, Qiyomat kunida u çumçuq Arş oldiga kelib, baland ovoz bilan: “Parvardigorim, bu bandadan söragin, nima uçun meni behuda öldirdi ekan?” – deydi»;
 ✵  «Kim musulmonni qörqitsa, Qiyomatda Alloh uni qörqitadi»;
 ✵  «Zolim bilan birga yurgan odam jinoyat sodir qilibdi»;
 ✵  «Birodaringiz zolim bölsa ham, mazlum bölsa ham unga yordam bering!» (zulm ildiziga bolta uriş – ham zolimga, ham mazlumga yordamdir);
 ✵  «Kimki biror gunoh iş qilişni niyat qilsa-yu, söngra niyatidan qaytsa, unga bir yaxşilik savobi yozilajak»;
 ✵  «Biror banda dunyoda bir bandaning aybini yaşirsa, Alloh taolo Qiyomat kuni uning ayblarini yaşiradi» (Imom Muslim rivoyatlari);
 ✵  «Sizlardan birortangiz özi uçun yaxşi körgan narsani birodari uçun ham ravo körmagunça, mömin böla olmaydi» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
 ✵  «Maslahatni aql egalaridan söranglar – töğri yöl topasizlar. Ularning aytganidan çiqmang – puşaymon bölasizlar»;
✵  «Musulmon – boşqa musulmonlar uning tili va qölidan omonda bölgan kişidir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
 ✵  «Kim bir musulmonning gunohini yaşirsa, Alloh uning gunohini dunyoda ham, oxiratda ham yaşiradi»;
 ✵  «Siz yaxşilikni unga munosib bölganga ham, bölmaganga ham qilavering. Agar siz ezgulikka loyiq odamni topsangiz, demak, u ezgulik ahlidir, agar unday odamni topmasangiz, demak, siz özingiz ezgulik ahlidansiz»;
 ✵  «Butun umr ezgulikni tilanglar!»;
 ✵  «Yölga çiqayotganida döstlari bilan xayrlaşgan kişi ularning duolari bilan barakaga qovuşadi» (Imom Daylamiy rivoyatlari);
✵  «Haqiqiy musulmon – musulmonlar uning tili va qölidan salomat bölgan kişidir» (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari);
✵  «Kimki yaxşilik köçatini qadasa, orzu qilgan hosilini yiğib oladi va kimki yomonlik uruğini sepsa, afsus-nadomat mevasini terib oladi»;
 ✵  «Silai rahm qiliş, xuşxulqlik va yaxşi qöşniçilik – yurtni obod va umrni ziyoda etadi» (Imom Ahmad rivoyatlari);
 ✵  «Mömin – işonçli kişidir. Tilidan va qölidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kişi – haqiqiy musulmondir. Yomonliklarni tark etgan kişi – asl muhojirdir. Nafsim qudrati qölida bölgan Zotga qasamki, qöşnisiga zulm qiladigan kişi jannatga kirmaydi!»;
 ✵  «Haqiqiy musulmonning qölidan ham, tilidan ham musulmonlar ozor körişmaydi» (Imom Muslim rivoyatlari);
 ✵  «Ummatimning rahmdillaridan va şafqatlilaridan fazilat istanglar! Çunki sizlar ularning qanotlari ostida yaşaysizlar»;
 ✵  «Kim bir musulmonga bu dunyoda yordam bersa, Alloh Oxiratda unga yordam qiladi»;
 ✵  «Kimniki Alloh Taolo döst tutsa, unga odamlarning hojatlari tuşadigan qilib qöyadi»;
 ✵  «Allohning neʼmatlari bilan yaxşi qöşniçilik qilinglar, zero u biror oiladan ketib qolsa, qaytib kelmasligi mumkin»;
 ✵  «Tilidan va qölidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kişi – haqiqiy musulmondir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
 ✵  «Mazlumning duosidan saqlaninglar, garçi u kofir bölsa ham. Çunki uning duosi tösiqsizdir»;
 ✵  «Qaçon birortangiz mol-dunyo va xilqatda özidan afzalroq kişini körsa, özidan pastroqqa qarasin!..» (Imom Buxoriy rivoyatlari).
 
DONO XALQIMIZ MAQOLLARI:
 ➜  Ota-ona rozi – Xudo rozi!
 ➜  Yaxşi öğil ota molini biylar,
Yomon öğil ota molini soçar.
 ➜  Özingga ravo körmaganni
Özgaga ham ravo körma!
 ➜  Kişining könglini oğritma zinhor –
Sening ham könglingni oğrituvçilar bor!
 ➜  Yaxşiga qilsang yaxşilik –
Ham aytadi, ham qaytadi.
Yomonga qilsang yaxşilik –
Na aytadi, na qaytadi.
 ➜  Köza kunda emas, kunida sinadi.
 ➜  Odob bilan baxt topilar,
Sabr bilan – taxt.
 ➜  Oşiqmagan olisga yetar.
 ➜  Sabr – aççiq, mevasi – şirin.
 ➜  Sabr tagi – rahmon,
Şoşgan işi – şayton.
 ➜  Aççiq savol berib,
Şirin javob kutma.
 ➜  Aççiq til – zahri ilon,
Çuçuk tilga – jon qurbon.
 ➜  Sabr etgan yetar murodga,
Besabr – qolar uyatga.
 ➜  Sabr etgan – murodga yetgan.
 ➜  Yomonlikka yaxşilik – er kişining işidir.
Yomonlikka yomonlik – har kişining işidir.
 ➜  Qarğişning ikki uçi bölar.
 ➜  Sabrli bölsang – özarsan,
Sabrsiz bölsang – tözarsan.
 ➜  Uzun til – boşga töqmoq,
Böyinga – sirtmoq.
 ➜  Sabrli kişining işi soz!
 ➜  Sabrlining boşiga olma bitar,
Sabrsizning boşiga – ğavğo.
 ➜  Suvsagan ölmas, hovliqqan ölar.
 ➜  Söragan adaşmas, öylovçi şoşmas.
 ➜  Tek yurgan, töq yurar.
 ➜  Toy mingan ot ham minar.
 ➜  Toqat qilsang, toğ egilar,
Sabr qilsang – boğ egilar.
 ➜  Toqatliga toğlar egar boşini,
Betoqatning itlar yeyar loşini.
 ➜  Çopib borgan yerga,
Yurib borsa ham bölar.
 ➜  Şoşgan işga şayton qöşilar.
 ➜  Döst orttiraman desang –
Şirin suhbat qil!
Duşman orttiraman desang –
Çaqirtikan böl!
 ➜  Şoşgan er uyiga yetolmas,
Şoşgan qiz erga yolçimas.
 ➜  Şoşganning işi öngmas.
 ➜  Yaxşi gap bilan ilon inidan çiqar,
Yomon gap bilan piçoq qinidan çiqar.
 ➜  Şoşilgan yiqilar,
Şoşmagan oyga çiqar.
 ➜  Özi sovuqning – sözi sovuq.
 ➜  Hamma yaxşi – men yomon,
Hamma buğdoy – men somon.
 ➜  Öziga boqma – söziga boq!
 ➜  Taom lazzati özida,
Odam lazzati – sözida.
 ➜  Har mevaning pöçoği bor,
Har sözning ölçovi bor.
 ➜  Tilingda bölsa boling –
Kulib turar iqboling.
 ➜  Yomon til boşga balo keltirar.
Yaxşi til davlat, dunyo keltirar.
 ➜  Mazlumlar dilini oğritma bir zum,
Balki bir kun özing bölasan mazlum…
 ➜  Şoşmasang, tez yetasan,
Şoşgandan özib ketasan.
 ➜  Yaxşi ot keyin çopar.
 ➜  Kimki qilsa yomonlik – aslo topmas omonlik.
 ➜  Qanoat qilsang, qorning töyar,
Beqanoat – otini söyar.
 
ULUĞLARDAN HIKMATLAR:
v Dovud payğambarning öttizta öğillari bölibdi…
 Bir kuni peşin namoziga odamlar keçika boşlabdi. Dovud payğambar orqalariga qarasalar, öng tomonlarida ön beşta öğillari, çap tomonlarida ön beşta öğillari ötiribdi ekan.
 Şunda sal maqtançoqlikka böy oldirib:
–  Özimiz ham bir jamoa ekanmiz-ku, elni kutmasdan namozimizni boşlayveramiz… Xudo xohlasa, öttiz öğlim bor, haq dinni butun elga özim yetkazaman, degan öy kelib, namozni boşlab ketibdilar.
 
…Xudoga Dovud payğambarning bu işlari yoqmadi. Dovud payğambar namoz vaqtida “Assalomu alaykum varahmatulloh!” deb, öng tomonga salom berganlarida ön beşta öğillari jon topşirdi. Çap tomonga salom berganlarida, qolgan ön beşta öğillari bandalikni bajo keltirdi.
 Xatosini uqqan Dovud payğambar alayhissalom köz yoşlarini daryo qilib, Yaratgandan keçirim söradilar…
 Rahmi çeksiz Alloh taolo:
–  Öttizta öğlingizni qaytarib beraymi yo öttizini örnini bosadigan bitta öğil beraymi? – deb söradi.
–  Sening amring ikki bölmaydi… Öttiz öğlimning jonlari jannatda bölsin… Menga ularning örnini bosadigan bitta öğil bersang bas…
–  Aytganingiz bölsin! Lekin bolaning umri qisqa böladi. Men unga faqat töqqiz yil umr beraman.
–  Mayli, şunisiga ham şukr! – deb, Dovud payğambar kelasi yil öğil köradilar.
 
U bolaning ismi Sulaymon edi. Sulaymon iş buyurişga yarab qolgan paytida Dovud payğambar uning qöliga qumğon (obdasta), yelkasiga soçiq osib:
–  Öğlim, sen endi bizning uyga kelgan mehmonlarning yoş-mi, qari-mi hammasining qöliga suv quyib turgin! Suvni uç marta uzib-uzib quyasan. Törtinçi marta, agar mehmon sörasa, quyasan.
–  Ota, nega uzib quyişim kerak?
–  Sababi – ölikni yuvişganda suvni uzmay quyadi. Sen axir suvni tirik odamlarga quyasan-da, öğlim… Ikkisini farqi bor – dedilar.
 
Dovud payğambarga kelgan yoş-qarining hammasi, suv quyib turgan Sulaymonga “Yuzga kir, bolam!”, “Qöling dard körmasin!”, “Katta olim bölgin!”, “Podşo bölgin!”, “Uluğ inson bölgin!”, “Umring uzoq, rizqing butun bölsin!”, deb rahmatlar aytardi.
 
Bir kuni Sulaymon töqqiz yoşga töldi.
U paytlarda bolasi töqqizga tölgaç, uni bir qizga unaştirib qöyiş lozim edi. …Lekin Allohning “bolaga faqat töqqiz yil umr beraman” degani Dovud alayhissalomning eslarida edi.
Bir kuni Dovud payğambar saharda Allohni zikr qilib ötirar edilar… Sulaymonning yoşi töqqizdan oşdi. U endi jon taslim qilişi kerak edi. Buning tirik qolganining sababini söradi va agar jonini olmaydigan bölsa, bolani unaştiriş lozimligini aytdi…
Şunda Xaq Taolo:
–  Mening ismlarimdan biri – Rahimdur! Minglab odamlar sizning bolangizga uzoq umr tiladi. Men şunça xalqning duosini qaytara olmayman… Sulaymon uzoq umr köradi, U barça yerdagi maxluqlarni, osmondagi quşlarning va barça dengizdagi baliqlarning tilini biladigan böladi. Barça odamlar va jinlarga hukmronlik qiladi, – deb javob berdi.
 
Ana şundan boşlab yoş bolalar qariyalarning duosini olsin, deb, töy-marosimlarda ularga suv quydirib qöyadigan betakror va beqiyos gözal urf-odat paydo bölibdi…
 
❖  «Sunnat ermiş, kofir bölsa, berma ozor,
Köngli qottiğ, dil ozordin Xudo bezor,
Alloh haqi, ondoğ qulğa sijjin tayyor,
Donolardin eşitib, bu söz aydim mano».
(Hoja Ahmad Yassaviy)
 
❖  «Kimki bir köngli buzuğning xotirin şod aylagay,
Onça borkim, Kaʼba vayron bölsa, obod aylagay».
(Alişer Navoiy)
 
❖  «Agar bölsang ipak kabi muloyim,
Muloyim sen bölsang, quling bölayin.
Quloğimga bergan panding olayin,
Kişiga qattiq söz aytuvçi bölma».
(Maxtumquli)
 
❖  «Agarçi ul oyoq ostidadur xor –
Xudo maxluqidur, oğritma zinhor!
Takabbur qilmağil, ey, bemaʼoniy,
Faloniy öğlidurman deb faloniy!»
      (Söfi Ollohyor quddisa sirruhu)
 
❖  «Burunği holiğa qilma nazzora,
Ani Tangrim aziz etsa na çora?!?
Işonma otağa, qolma talabdin!
Qiyomatda söralmasdir nasabdin».
      (Söfi Ollohyor quddisa sirruhu)
 
❖  «Agar sen qiblaga burmasang yuzni,
Beş mahal sajdayu namozing bekor.
Jannatga heç qaçon tikmagil közni
Agar bir möminga yetkazsang ozor».
(Abdulla Oripov)
 
❖  «Makkaga yetti qat borgança bölur,
Boşini silasang öksik insonni».
(Abdulla Oripov).
 
 
ULAMOI KIROMLAR AYTADILARki…:
⇒  Har bir harakatlarimizni Xudo körib turganini doim esda tutişlik darkor!
⇒  Hatto ilm ham gözal insoniylik uçun kifoya qilmaydi. Çunki insonning gözalligi uning odob-axloqi bilan namoyon böladi.
⇒  Ulamolar faqat ilmning özi olimga naf bermasligiga, balki uning odob bilan ziynatlanişi zarurligiga şaytonni misol qilib keltirganlar. Yaʼni şaytonda ham ilm bölgan, ammo unda gözal axloq bölmagan. Şuning uçun odob insonning qadr-qimmatini belgilovçi mezon hisoblanadi.
⇒  Dinimiz körsatmalari inson hayotining hamma jihatini öz içiga qamrab oladi va uning şaxsiy, oilaviy va ijtimoiy hayotidagi örnini belgilab bergan.
⇒  Musulmon kişi özgalar bilan muomala qilişda çiroyli xulqli bölişi – ayni dinimiz talabi!
⇒  Turli ulov va transport vositalari – Alloh taoloning bizga bergan neʼmatlari.
⇒  Har bir neʼmatning şukri – uni şariatga muvofiq, gözal holatda işlatişdir. Şuning uçun inson ulovda yurganida qölidan kelganiça özi va özgalarni xatarga qöymasligi, piyodalar, yölovçilar va boşqa haydovçilar hayotiga xavf solmasligi kerak. Buning uçun esa yöl harakati qoidalariga, svetofor çiroqlari işoralariga rioya qilişi lozim böladi.
⇒  Moşinaga minişni yaxşi niyat bilan boşlaş, yöl davomida özgalar bilan çiroyli muomala qiliş – yuksak odob namunasidir.
⇒  Jumhur ulamolar yöl harakati qoidalariga amal qiliş vojib ekanini taʼkidlaşadi.
⇒  Çunki yöl harakati qoidalaridan hamma odamlarning foydasi közlanadi va qoidalarga amal qiliş – vojib sanalanadi.
⇒  Moşina haydaş, avtoulov boşqariş uçun belgilangan tartibda, örnatilgan qoidalarga muvofiq tegişli taşkilot tomonidan berilgan rasmiy hujjat (haydovçilik guvohnomasi, maxsus ruxsatnoma) bölmasdan avtoulovni haydaş yaxşilikka olib kelmaydi.
⇒  Haydovçilik guvohnomasi (maxsus ruxsatnoma) bölmasdan avtoulovni boşqarişning oqibati haydovçi insonning özi uçun ham, oila aʼzolari uçun ham, boşqa odamlar uçun ham juda ayançli, öta zararli va nihoyatda açinarli bölib, baʼzi holatlarda esa bu dunyodan tezroq ketişiga ham sabab böladi.
⇒  Özini tanigan, aql-zakovatli, uzoqni közlagan, özi, oila aʼzolari, yaqinlari va atrofdagilariga zarar yetkazişni xohlamagan insonlar özlarini ehtiyot qilib, avtoulovni haydovçilik guvohnomasi (maxsus ruxsatnoma)siz boşqarişdan jiddiy va qattiq saqlanadilar.
⇒  Şarʼiy qoidalarimizga köra haydovçi özgalarning joni, moliga yetkazgan zarari uçun javobgar böladi.
⇒  Haydovçiga boğliq bölmagan, uning aybi yöq holatlar – bundan mustasno.
⇒  Janobi Payğambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam quyidagi narsalarni “yölning haqqi” deganlar: “közni tiyiş, aziyat bermaslik, salomga alik oliş, yaxşilikga buyuriş va yomonlikdan qaytariş” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
⇒  Hadisi şarifdagi “aziyat” sözi köp narsalarni öz içiga oladi. Eng yomonlaridan biri – özgalarga til bilan ozor yetkazişdir. Ayniqsa haqorat, sökiş – musulmonlik odoblariga mutlaqo ziddir!
⇒  Janobi Payğambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bu xususda şunday deganlar: “Musulmon kişini sökiş – fosiqlikdir. U bilan uruşiş – kofirlikdir” (Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyatlari).
⇒  Oçiq oydin gunoh qiladigan odamni “fosiq” deyiladi. Bir musulmonni joniga qasd qiliş katta gunohligini bilib turib, uni qonini halol sanaş – kufrdir.
⇒  Asl qoida – transport vositasi haydovçisi harakat davomida moşinasi bilan sodir qiladigan har bir hodisaga masʼuldir. Çunki moşina uning qölidagi vosita va haydovçi uni boşqarişga qodir. Moşina öziça harakatlanmaydi. Şuning uçun haydovçi moşinaning oldi, orqasi va yon tomonlari bilan yetkazgan zararga zomin, javobgar böladi.
⇒  Haydovçi yöl harakati qoidalarini buziş bilan haddan oşib özgaga zarar yetkazsa, javobgar bölişida şubha yöq. Çunki haddan oşuvçi doimo javobgar hisoblanadi.
⇒  Mömin-musulmonlar yöl harakati qoidalariga va yöl odoblariga kuzatuv kameralari yoki yöl patrul xizmati inspektori qarab turgani uçungina emas, balki şariatimiz talabi ekanligini inobatga oliş lozim.
⇒  Bugungi kunda yöldagi tartibsizliklar, dilxiraliklar va ölim holatlari böyiça “birinçilik”ni musulmon yurtlari qöldan bermay kelmoqdalar. Aslida esa yöl madaniyati borasida musulmonlar emas, balki boşqalarning peşqadam bölişi biz uçun or hisoblanmoği darkor.
⇒  Aslo şoşilib yurmang! Halokat uçun 100-martta emas, 1-martta xatoga yöl qöyiş qifoya qiladi.
⇒  Beş (5) narsada şoşiliş tavsiya etiladi:
1) Mehmonga ovqat tortişda.
2) Qarzni uzişda.
3) Mayyitni kömişga hozirlaşda.
4) Qizni turmuşga çiqarişda.
5) Gunohdan tavba qilişda.
⇒  Ayollar, yoşlari kattalar, yoş bolalar va nogironlar yöldan ötayotganda imkon qadar ularga yöl beriş va ularni çöçitmaslikka bor kuç bilan harakat qiliş kerak! Zero hadisi şariflarda “Kim musulmonni qörqitsa, Qiyomatda Alloh uni qörqitadi” deyiladi.
⇒  Yölda bilib-bilmay sizga ozor yetkazgan insonga javob qaytarişga harakat qilmang!
Islom odobi yomonlik qilganga yomonlik qaytarişga buyurmaydi!
Balki yaxşilik qilişga buyuradi!
⇒  Agar öz hayotingiz qadriga yetmasangiz, siz bilan bölgan hamrohlaringiz hayotini, moşinangiz atrofidagilarni hayotlarini öylang! Vaholanki, öz hayotingiz qadriga yetmaslikka ham haqqingiz yöq!
⇒  Köçadan ötiş yoki unda töxtab turiş haqqi – umumiy. Undan piyoda ham, avtomoşinada ham foydalaniş mumkin. Bunda salomatlik, yaʼni öziga ham, özgaga ham zarar bermaslik şart qilinadi.
⇒  Piyodalar ham yöl qoidalariga amal qilişlari lozim.
⇒  Qizil çiroqda ötiş – boşqa bir yöl harakati iştirokçisi haqqini poymol qiliş hisoblanadi.
⇒  Yölning qatnov qismida, şuningdek piyodalar ötiş joylarida harakatlanayotgan piyodalarning telefondan foydalaniş, tele-video mahsulotlarni köriş-eşitiş, radio, audio mahsulotlarni eşitiş, kitob yoki davriy matbuot öqiş hamda eʼtiborni çalğitadigan boşqa elektron vositalardan foydalanişlari mutlaqo man etiladi.
⇒  Muborak dinimizning yöl harakatidagi ENG ASOSIY 4 (tört) ta talabi:
1)  Har bir yöl harakati iştirokçisi yöl harakat qoidalariga qatʼiy rioya etiş;
2)  Yölda yuriş odoblarini sözsiz bajariş;
3)  Bir-birlariga nisbatan hurmat va bağrikenglik bilan muomala qiliş;
4)  Özi yaxşi körganni özgalarga ham ravo köriş.
⇒  Şariat man etgan narsalarni isteʼmol qilib avtomobilni boşqarişda bandasidan emas, gunohi ikki karra bölişidan avvalo Xudodan qörqiş kerak!
⇒  Imkon qadar farzandlariga ham moşina haydaşni örgatmoqlik lozim.
⇒  Birovning şaxsiy moşinasiga mingan odam xuddi uning uyiga kirgan kabidir. Özini şunga xos va mos tutişi lozim.
⇒  Kim musulmon?!?
Musulmon kişi kim özi aslida?!?
Buning javobini Janobi sevikli Payğambarimiz Allohning Habibi Muhammad mustafo Rasululloh sallallohu alayhi vasallam bizlarga örgatib, muborak taʼlim-tarbiyalarini berdilar: «Tilidan va qölidan musulmonlarga zarari yetmaydigan kişi – haqiqiy musulmondir» (Imom Buxoriy rivoyatlari);
⇒  Özining moşinasidan afzalroq moşinani körsa, özidan pastroqqa qarasin!
⇒  Özining moşinasidan afzalroq moşinaga hasad emas, havas bilan, özidan pastroqqa esa mehr bilan qaraş darkor, Yaratganga şukr va istiğforni köpaytiriş lozim.
 
«YÖLNING KÖRINMAS QONUNLARI»
 
Faqat haydovçilar emas,balki har bir inson – HAYDOVÇI ham, PIYODA ham,
YÖLOVÇI ham,OTA-ONA ham bilişi şart bölgan «YÖL HARAKATINING IKKINÇI ALIFBOSI» yoxud «BIR YÖL – MINGLAB TAQDIRLAR: HAMMA BILIŞI ŞART BÖLGAN QOIDALAR» yoki «YÖLNING YOZILMAGAN QONUNLARI»
 
Har bir inson bir haqiqatni esda tutişi lozim –
yöldagi har bir xatoning ortida
bir odamning hayoti, bir oilaning taqdiri turişi mumkin…
 
→  «YÖLDAGI BIR LAHZA – UMRBOD ARMON…»
→  «BIR LAHZALIK XATO – BIR UMRLIK AZOB»
→  «YÖL QOIDASI – HAYOT QOIDASI»
→  «HAYOT BILAN ÖLIM ORASIDAGI MASOFA – BIR QADAM…»
→  «BIR LAHZA – BIR UMR TAQDIRI…»
→  «YÖL XATONI KEÇIRMAYDI»
→  «YÖLDA BEPARVOLIKKA ÖRIN YÖQ: HAR BIR QOIDA ORTIDA INSON HAYOTI BOR»
→  «YÖL – HAYOT MAYDONI, BEPARVOLIK ESA FOJIA BOŞLANIŞI…»
→  «YÖLDA BEGONA INSON YÖQ!»
→  «YÖLDA HAMMAMIZ MASʼULMIZ!»
→  «BIR LAHZALIK BEPARVOLIK – BIR UMRLIK ARMON»
→  «YÖLDAGI BIR INSONNING XATOSI –
BOŞQA BIR INSONNING BUTUN UMRIGA TATIŞI MUMKIN…»
→  «HAYOT YÖLDA SINALADI»
→  «MANZILGA YETIŞ EMAS, OMON YETIŞ MUHIM!»
→  «YÖLDA HAQLI BÖLIŞ EMAS, OMON QOLIŞ MUHIM!»
 
 
AVTOAVARIYANING ENG JIDDIY 91 + 40 ta OQIBATI yoxud Yöl harakati qoidalariGA “QÖŞIMÇALAR” yoki HAMMA BILIŞI ŞART bölgan QOIDALAR
 
  1. INSON HAYOTI VA SOĞLIĞIGA OID OQIBATLAR
1)  Inson hayotiga bevosita xavf tuğilişi.
2)  Ölim holatlarining yuzaga kelişi.
3)  Haydovçining tan jarohati olişi.
4)  Öz avtomobil salonidagi yölovçilarning jarohatlanişi.
5)  Boşqa avtomobil salonidagi haydovçi va yölovçilarning jarohatlanişi.
6)  Boşqa yöl harakati iştirokçilarining tan jarohati olişi.
7)  Inson soğliğiga yengil, örtaça oğir yoki oğir darajada zarar yetkazilişi.
8)  Nogironlik holatlarining kelib çiqişi.
9)  Jabrlanuvçilarning uzoq muddat davomida davolanişga muhtoj bölib qolişi.
10)  Jarrohlik amaliyotlari va qimmatbaho tibbiy muolajalarga ehtiyoj tuğilişi.
11)  Jabrlanuvçilarning mehnat qobiliyatini vaqtinça yoki doimiy yöqotişi.
12)  Jabrlanuvçilarning kundalik ehtiyojlarini mustaqil qondira olmaydigan holatga tuşib qolişi.
13)  Jabrlanuvçilarning hayot sifati pasayişi.
14)  Dori-darmon, reabilitatsiya va parvarişga ehtiyoj ortişi.
15)  Insonning hayot davomiyligi qisqarişi yoki umriga zomin bölişi.
 
  1. OILA VA YAQIN INSONLARGA YETKAZILADIGAN OQIBATLAR
16)  Haydovçining oila aʼzolari otadan, erdan, öğildan, aka yoki ukadan ayrilib qolişi.
17)  Jabrlanuvçilarning oila aʼzolari otadan, erdan, öğildan, aka yoki ukadan, yaqin insonlaridan ayrilib qolişi.
18)  Oilaviy munosabatlarning yomonlaşişi va oilada kelişmovçiliklar kelib çiqişi.
19)  Farzandlar va oila aʼzolarining ruhiy-psixologik holatiga salbiy taʼsir körsatilişi.
20)  Oila aʼzolarida kuçli ruhiy iztirob, qayğu, tuşkunlik va doimiy xavotir paydo bölişi.
21)  Oila boquvçisining vafot etişi yoki mehnat qobiliyatini yöqotişi natijasida oilaning daromad manbaidan ayrilişi.
22)  Qarindoşlar va yaqin insonlar zimmasiga qöşimça moddiy hamda maʼnaviy masʼuliyat yuklanişi.
23)  Oila aʼzolarining jabrlanuvçini parvariş qiliş uçun öz işi va kundalik faoliyatini çeklaşga majbur bölişi.
24)  Oilaning ijtimoiy va iqtisodiy ahvoli yomonlaşişi.
25)  Farzandlarning taʼlim olişi, tarbiyasi va kelajak rejalariga salbiy taʼsir körsatilişi.
26)  Jabrlanuvçi va uning oila aʼzolariga bevosita moddiy zarar yetkazilişi.
27)  Haydovçi va jabrlanuvçilarning oila aʼzolari örtasida jiddiy kelişmovçiliklar, turli muammolar va har xil nizolar kelib çiqişi.
 
  1. MODDIY VA MOLIYAVIY OQIBATLAR
28)  Avtomobil transport vositalarining şikastlanişi.
29)  Transport vositalarining butunlay yaroqsiz holga kelişi.
30)  Avtomobilning bozor qiymati pasayişi.
31)  Avtomobildan foydalaniş imkoniyatining vaqtinça yoki doimiy yöqolişi.
32)  Moddiy zararlarning yuzaga kelişi.
33)  Moliyaviy yöqotişlarning paydo bölişi.
34)  Tibbiy yordam, davolaniş va reabilitatsiya xarajatlarining ortişi.
35)  Avtomobilni taʼmirlaş, tiklaş yoki yangisiga almaştiriş xarajatlarining paydo bölişi.
36)  Dori-darmon va parvariş xarajatlarining ortişi.
37)  Sud jarayonlari, advokat va yuridik xizmatlar bilan boğliq qöşimça xarajatlar paydo bölişi.
38)  Maʼnaviy zararni qoplaş bilan boğliq moliyaviy majburiyatlar yuzaga kelişi.
39)  Avtomobil krediti, lizingi yoki boşqa moliyaviy majburiyatlarni bajarişda qiyinçilik va turli muammolar paydo bölişi.
40)  Suğurta tölovlari va zararni qoplaş bilan boğliq muammolar kelib çiqişi.
41)  Avtoavariya natijasida jabrlanuvçilarga yetkazilgan moddiy zararni qoplaş majburiyati yuzaga kelişi.
42)  Avtomobildan foydalaniş imkoniyati yöqolişi natijasida qöşimça transport xarajatlari paydo bölişi.
43)  Közda tutilmagan qöşimça xarajatlar va moliyaviy majburiyatlarning yuzaga kelişi.
 
  1. RUHIY-PSIXOLOGIK OQIBATLAR
44)  Jabrlanuvçilar va ularning oila aʼzolariga katta şikast va jiddiy ruhiy-psixologik zarar yetkazilişi.
45)  Ruhiy tuşkunlik, qörquv, stress va doimiy xavotir holatlarining paydo bölişi.
46)  Haydovçida avtomobil boşqarişga nisbatan qörquv va işonçsizlik paydo bölişi.
47)  Yöl-transport hodisasi bilan boğliq ruhiy jarohatlarning uzoq vaqt saqlanib qolişi.
48)  Insonning öz kuçiga, imkoniyatlariga va kelajagiga bölgan işonçi pasayişi.
49)  Haydovçi va jabrlanuvçilar örtasida kelişmovçilik va nizolar kelib çiqişi.
50)  Haydovçi va jabrlanuvçilarning oila aʼzolari örtasida ham nizolar paydo bölişi.
51)  Haydovçi va jabrlanuvçilar örtasidagi nizolar natijasida uzoq muddatli ruhiy bosim va kelişmovçiliklar paydo bölişi.
 
  1. HUQUQIY VA JAVOBGARLIK BILAN BOĞLIQ OQIBATLAR
52)  Haydovçi va boşqa iştirokçilar örtasida huquqiy nizolar kelib çiqişi.
53)  Aybdor şaxslarga nisbatan maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlik çoralarining qöllanilişi.
54)  Haydovçining jarima va boşqa moliyaviy sanksiyalarga duç kelişi.
55)  Haydovçining transport vositasini boşqariş huquqidan belgilangan tartibda mahrum qilinişi.
56)  Haydovçining jinoiy javobgarlikka tortilişi.
57)  Haydovçining ozodlikdan mahrum etilişi yoki boşqa jazo çoralariga duç kelişi.
58)  Zararni qoplaş va kompensatsiya tölaş majburiyatlari yuzaga kelişi.
59)  Uzoq davom etadigan sud jarayonlari va huquqiy nizolarning kelib çiqişi.
60)  Haydovçining şaxsiy va işçanlik obrösiga putur yetişi.
61)  Haydovçining sodir etilgan yöl-transport hodisasi natijasida yetkazilgan zararni qoplaş böyiça qonuniy majburiyatlari yuzaga kelişi.
 
  1. IŞ VA MEHNAT FAOLIYATIGA OID OQIBATLAR
62)  Haydovçi yoki jabrlanuvçining iş joyidan vaqtinça yoki doimiy ajralib qolişi.
63)  Doimiy daromad manbaidan ayriliş.
64)  Mehnat faoliyatini davom ettiriş imkoniyatining çeklanişi.
65)  Işlab çiqariş, xizmat körsatiş va tadbirkorlik faoliyatida uzilişlar yuzaga kelişi.
66)  Iş beruvçi, buyurtmaçi yoki hamkorlar oldidagi şartnomaviy majburiyatlarni bajariş imkoniyati çeklanişi.
67)  Tadbirkorlik faoliyati va biznesga moddiy zarar yetkazilişi.
68)  Kasbiy rejalar va kelajakdagi mehnat faoliyatining özgarib ketişi.
69)  Haydovçining iş joyi, lavozimi yoki kasbiy faoliyatini yöqotiş xavfi paydo bölişi.
 
  1. YÖL HARAKATI VA ATROF-MUHITGA OID OQIBATLAR
70)  Yöl-transport infratuzilmasiga zarar yetkazilişi.
71)  Yöl harakatida tirbandlik va harakatlanişda uzilişlar paydo bölişi.
72)  Boşqa yöl harakati iştirokçilarining hayoti va xavfsizligiga tahdid yuzaga kelişi.
73)  Yonğin çiqişi xavfi paydo bölişi.
74)  Yoqilği yoki boşqa xavfli moddalarning yonişi natijasida portlaş xavfi yuzaga kelişi.
75)  Atrof-muhitning ifloslanişi.
76)  Yoqilği, moy va boşqa kimyoviy moddalarning tuproq yoki suvga tarqalişi.
77)  Ekologik zarar yetkazilişi.
78)  Qutqaruv va maxsus xizmatlarni jalb qiliş zarurati paydo bölişi.
 
  1. JAMIYAT VA IJTIMOIY-IQTISODIY OQIBATLAR
79)  Oila va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy ahvoliga salbiy taʼsir körsatilişi.
80)  Davlat va jamiyat zimmasiga qöşimça tibbiy, ijtimoiy va iqtisodiy xarajatlar tuşişi.
81)  Tibbiyot muassasalari va tez tibbiy yordam xizmatlariga qöşimça yuklama tuşişi.
82)  Inson resurslari va mehnat salohiyatining yöqotilişi.
83)  Jamiyatda yöl harakati xavfsizligi bilan boğliq muammolarning ortişi.
84)  Bir neçta oila va insonlarning hayotiga salbiy taʼsir körsatilişi.
 
  1. KUTILMAGAN VA UZOQ MUDDATLI OQIBATLAR
85)  Insonning butun hayot tarzi, kelajak rejalari va ijtimoiy faoliyati özgarib ketişi.
86)  Haydovçi yoki jabrlanuvçining şaxsiy hayotida jiddiy özgarişlar yuzaga kelişi.
87)  Oila aʼzolarining kelajakdagi rejalari va maqsadlari barbod bölişi.
88)  Insonning jamiyatdagi mavqei va ijtimoiy faolligi özgarişi.
89)  Yöl-transport hodisasi oqibatlarining yillar davomida saqlanib qolişi.
90)  Birgina avtoavariya tufayli bir neçta inson va oilalarning hayot tarzi, kelajak rejalari va ijtimoiy faoliyati özgarib ketişi.
91)  Közda tutilmagan, oldindan hisob-kitob qilinmagan va xayolga ham kelmagan boşqa muammolar paydo bölişi.
  
AVTOAVARIYA OQIBATIDA INSONNING QAYTARIB BÖLMAYDIGAN YÖQOTIŞLARI:
 
  1. Avtoavariya natijasida inson nafaqat moddiy zarar köradi,
balki hayoti davomida qayta tiklab yoki
qaytarib olib bölmaydigan qadriyatlaridan ham ayrilişi mumkin.
 
  1.  HAYOT BILAN BOĞLIQ QAYTARIB BÖLMAYDIGAN YÖQOTIŞLAR
  2. Öz hayotidan ayriliş.
  3. Ota-onasidan ayriliş.
  4. Turmuş örtoğidan ayriliş.
  5. Farzandidan ayriliş.
  6. Aka-uka yoki opa-singillaridan ayriliş.
  7. Bobo va buvisidan ayriliş.
  8. Yaqin qarindoşlari va qadrdon insonlaridan ayriliş.
  9. Oilasining bir butunligini yöqotiş.
  10. Farzandlarining ota yoki ona mehridan mahrum bölişi.
 
  1.  SOĞLIQ BILAN BOĞLIQ QAYTARIB BÖLMAYDIGAN YÖQOTIŞLAR
  2. Soğliğini töliq yoki qisman yöqotiş.
  3. Qöl yoki oyoqlaridan ayriliş.
  4. Köriş qobiliyatini yöqotiş.
  5. Eşitiş qobiliyatini yöqotiş.
  6. Gapiriş qobiliyatini yöqotiş.
  7. Yuriş qobiliyatini yöqotiş.
  8. Mustaqil harakatlaniş qobiliyatini yöqotiş.
  9. Xotira va aqliy faoliyat bilan boğliq qobiliyatlarni yöqotiş.
  10. Mehnat qiliş va kasbiy faoliyat bilan şuğullaniş imkoniyatini yöqotiş.
  11. Mustaqil hayot keçiriş imkoniyatini yöqotiş.
  12. Ilgarigi jismoniy imkoniyatlari va hayot sifatiga qaytiş imkoniyatini yöqotiş.
 
III.  OILA VA ŞAXSIY HAYOT BILAN BOĞLIQ YÖQOTIŞLAR
  1. Farzandlarining voyaga yetişida iştirok etiş imkoniyatini yöqotiş.
  2. Farzandlarining töyi va baxtli kunlarini köriş imkoniyatidan mahrum böliş.
  3. Nabiralarini köriş va ularning kamol topişida iştirok etiş imkoniyatini yöqotiş.
  4. Oilasi bilan birga ötkazilişi mumkin bölgan baxtli kunlarni yöqotiş.
  5. Yaqin insonlari bilan birga yaşaş va birga vaqt ötkaziş imkoniyatini yöqotiş.
  6. Oilasiga ğamxörlik qiliş va ularni moddiy taʼminlaş imkoniyatini yöqotiş.
  7. Oilaviy xotiralar va birgalikdagi kelajak rejalarining amalga oşmay qolişi.
 
  1.  KELAJAK VA ORZU-MAQSADLAR BILAN BOĞLIQ YÖQOTIŞLAR
  2. Kelajakdagi orzu va maqsadlarini amalga oşiriş imkoniyatini yöqotiş.
  3. Tanlagan kasbi va sevimli işi bilan şuğullaniş imkoniyatini yöqotiş.
  4. Taʼlim oliş va öz ustida işlaş imkoniyatlarini yöqotiş.
  5. Tadbirkorlik va biznes rejalarini amalga oşiriş imkoniyatini yöqotiş.
  6. Uy-joyga ega böliş va oilaviy farovonlikka erişiş rejalarining barbod bölişi.
  7. Kelajakdagi muhim voqealar va hayotiy marosimlarda iştirok etiş imkoniyatini yöqotiş.
  8. Jamiyatda öz örnini topiş va şaxsiy salohiyatini namoyon etiş imkoniyatini yöqotiş.
 
  1.  VAQT VA HAYOT BILAN BOĞLIQ YÖQOTIŞLAR
  2. Hayotning qaytarib bölmaydigan yillarini yöqotiş.
  3. Davolaniş va reabilitatsiya jarayonlariga köp yillar sarflaş.
  4. Oila va yaqinlar bilan ötkazilişi mumkin bölgan qimmatli vaqtni yöqotiş.
  5. Hayotdagi muhim va unutilmas lahzalardan mahrum böliş.
  6. Ilgarigi hayot tarziga qaytiş imkoniyatini yöqotiş.
  
«QOIDALAR DOIRASIDAN TAŞQARIDA:
HAYOTNI SAQLAŞNING QOIDALARI.
HAR BIRIMIZ BILIŞIMIZ ŞART BÖLGAN HAQIQATLAR»
 
ENG OĞIR HAQIQAT
➜  Pul bilan yöqotilgan avtomobilni sotib oliş mumkin, ammo inson hayotini qaytarib bölmaydi.
➜  Şikastlangan avtomobilni taʼmirlaş mumkin, ammo yöqotilgan soğliqni har doim ham tiklab bölmaydi.
➜  Moddiy zararni qoplaş mumkin, ammo vafot etgan yaqin insonning örnini heç narsa bilan töldirib bölmaydi.
➜  Yöqotilgan mol-mulkni qayta topiş mumkin, ammo ötgan umr va vaqtni qaytarib bölmaydi.
➜  Buzilgan rejalarni qayta tuziş mumkin, ammo amalga oşmay qolgan orzular va boy berilgan imkoniyatlarni töliq qaytariş mumkin emas.
 
 
YODDA TUTING!
➔  Avtoavariya bir lahzada insonning butun kelajagini özgartirib yuborişi mumkin!
➔  Rulga ötirganda faqat manzilga yetib borişni emas, balki öz hayotingizni, oilangizni va boşqa insonlarning hayotini asraşni ham öylang.
➔  Inson hayoti – bebaho. Uni xavf ostiga qöyişga arziydigan heç qanday şoşilinç iş yoki manzil yöq.
 
ENG MUHIM OGOHLANTIRIŞ!
⌫  Bir lahzalik eʼtiborsizlik yoki beparvolik – bir umrlik puşaymonlikka sabab bölişi mumkin!
⌫  Ruldagi har bir harakatingiz uçun nafaqat öz hayotingiz, balki boşqa insonlar hayoti va taqdiri ham masʼuliyatini his qiling.
⌫  Yöl harakati qoidalariga rioya qiling, tezlikni meʼyordan oşirmang, diqqatingizni yöldan çalğitmang.
⌫  Manzilga bir neça daqiqa keçroq yetib boriş – inson hayotini xavf ostiga qöyişdan 1000-marta afzal.
 
MUHIM XULOSA
✓  Avtoavariya – bu faqat avtomobilning şikastlanişi yoki uni taʼmirlaş xarajatlari emas.
✓  Avtoavariya inson hayoti, soğliği, oilasi, moddiy ahvoli, kelajagi va jamiyat xavfsizligiga jiddiy taʼsir körsatişi mumkin bölgan hodisadir.
✓  Avtoavariya natijasida nafaqat haydovçi va yölovçilar, balki ularning oila aʼzolari, qarindoşlari, yaqinlari va boşqa insonlar ham jabr körişi mumkin.
✓  Avtoavariyaning ayrim oqibatlarini moddiy mablağ bilan qoplaş mumkin, ammo inson hayotini qaytariş, yöqotilgan soğliqni töliq tiklaş yoki yaqin insonning örnini töldiriş mumkin emas.
✓  Avtoavariyaning oqibatlari bir neça daqiqa, bir neça kun, oy yoki yillar davomida emas, balki baʼzi hollarda insonning butun umri davomida sezilişi mumkin.
✓  Baʼzan bir neça soniyalik ehtiyotsizlik yoki eʼtiborsizlik inson va uning oilasi hayotini butunlay özgartirib yuborişi mumkin.
✓  Natijada közda tutilmagan, oldindan hisob-kitob qilinmagan va hatto xayolga ham kelmagan turli muammolar paydo bölişi mumkin.
 
Ibrohimjon domla Inomov
Manba:muslim.uz

Check Also

SAYYID ŞARIF JURJONIYNING “AT-TAʼRIFOT” ASARIDA QURʼON ILMLARIGA OID ISTILOHLARNING YORITILIŞI

Manbalarda Sayyid Şarif Jurjoniyning (740-816/1340-1416) kalom, tafsir, hadis, fiqh, mantiq, baloğat, sarf, nahv, meros, falsafa, …