Home / MAQOLALAR / “AL-JOMEʼ AS-SAHIH” HADIS TÖPLAMINING ASL NUSXASI HAQIDA ULAMOLAR FIKRLARI

“AL-JOMEʼ AS-SAHIH” HADIS TÖPLAMINING ASL NUSXASI HAQIDA ULAMOLAR FIKRLARI

Kiriş. Movarounnahr diyoridan jahon sivilizatsiyasi va islom tamadduni rivojiga katta hissa qöşgan mufassir, muhaddis, mutakallim va faqih allomalar yetişib çiqqan. Manbalarda keltirilişiça, birgina hadis ilmi böyiça uç mingdan ziyod muhaddis yurtimizda faoliyat olib borgan. Islom olamida hadis ilmi ustozlari sanalgan Imom Buxoriy, Imom Dorimiy, Imom Termiziy, Abdulhamid Keşiy, Haysam Şoşiy va Muhammad ibn Hibbon kabi muhaddislarning buyuk xizmatlari tufayli bu ölka “Buyuk muhaddislar yurti” deb eʼtirof etilgan va ularning noyob asarlari keng örganilgan.

Bu zamindan yetişib çiqqan buyuk ulamolardan hadis ilmi sohasida eng maşhurlaridan biri, şubhasiz, Imom Buxoriydir. Alloma özining nodir zehni, ijtihodi, aql bovar qilmas xotirasi, noyob isteʼdodi bilan öz zamonasida ham, keyingi davrlarda ham katta hurmatga sazovor bölgan. Islom dunyosida muhaddislar sultoni deya şuhrat topgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi davrlar oşa öz qadru qiymatini yöqotmay, katta qiziqiş bilan mutolaa qilinib, tadqiq etib kelinmoqda.

Maʼlumki, Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahimahulloh (194-256/810-870) qirq yil mobaynida ilmiy safarda bölib, ijodiy faoliyati davomida yigirmadan ziyod asar yozgan. Uning ilmiy merosi hajmi, zamonasining ijtimoiy-maʼnaviy ilmlarini töla-tökis qamrab olgani bilan kişini hayratga soladi. Imom Buxoriyning juda yoş paytidayoq kitob yozişni boşlagani va ilmning bir neça yönalişlarida köplab kitob yozgani maʼlum.

“Al-Jomeʼ as-sahih” (“Işonçli töplam”) Imom Buxoriyning şoh asari  hisoblanib, u ön olti yil mobaynida yozilgan. Asarning qölyozma nusxalari bugungi kunda dunyoning maşhur kutubxonalarida saqlanmoqda. Qolaversa, bu töplamning asl nusxasi haqida baʼzi ulamo va tadqiqotçilar izlaniş olib borib, öz fikr-mulohazalarini bayon etgan. Bugungi kunda bu töplam özbekçaga tarjima qilingan.

“Al-Jomeʼ as-sahih” töplamining qölyozma nusxalari dunyoning köplab maşhur kutubxonalarida saqlanişidan ham asarning qiymati neçoğlik yuksak ekanini anglab oliş mumkin. Imom Buxoriyning bu asari Qurʼoni karimdan keyingi eng işonçli manba sanaladi. “Al-Jomeʼ as-sahih” töplami xorijlik olimlar tomonidan mukammal örganilgan va bu haqda kitob, risola va bahslar yozilgan. Asar yurtimizda ham örganilgan, ammo uni mukammal deb bölmaydi. Bu töplamni örganiş, tadqiq qiliş, u haqidagi qiziqarli maʼlumotlarni xalqimizga yetkaziş oldimizda turgan muhim vazifalardan biri sanaladi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. Manbalarda “Al-Jomeʼ as-sahih”ga oid maʼlumotlar turliça keltirilgan. Baʼzi manbalarda töplamning qölyozma nusxalari va dunyodagi maşhur kutubxonalarda saqlanişi bayon etilgan bölsa, boşqalarida şarh, hoşiya va tarjimalariga urğu berilgan. Hoji Xalifa (vaf. 1068/1657)ning “Kaşfuz zunnun” asarida “Al-Jomeʼ as-sahih” töplamiga bağişlab yozilgan şarhlar bayon etilgan. Şamsiddin Zahabiy (vaf. 748/1347) “Tarixul islom”da “Al-Jomeʼ as-sahih” asari Qurʼoni karimdan keyingi eng işonçli manba ekaniga eʼtibor qaratgan. Turkiyalik olim doktor Fuad Sezgin (1342-1439/1964-2018) “Tarixi turosil arabiy” (“Arabiy meroslar tarixi”) asarida “Al-Jomeʼ as-sahih”ga bağişlab yozilgan şarh, muxtasar hamda qölyozma nusxalari va ular saqlanayotgan kutubxonalar haqida maʼlumot bergan. Köplab ulamo va tadqiqotçilar bu töplamning asl nusxasi haqida izlaniş olib borib, öz fikr-mulohazalarini bayon etgan.

Tadqiqot metodologiyasi. Uşbu maqola umum qabul qilingan metodlar, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, xolislik tamoyillari asosida yoritilgan.

Tahlil va natijalar. Imom Buxoriy “Al-Jomeʼ as-sahih” töplamini yozib, uni hadis örganuvçi köplab şogirdlariga öqib va rivoyat qilib bergan. “Al-Jomeʼ as-sahih”ni Imom Buxoriyning özidan juda köp tolibi ilm eşitgan. Bu haqda Imom Buxoriyning eng maşhur şogirdlaridan biri Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriy (231-320/846-932): “Muhammad ibn Ismoil Buxoriyning “Sahihul Buxoriy” kitobini muallifning özidan men bilan birga töqson mingga yaqin kişi eşitgan. Bu kitobni Imom Buxoriyning özidan rivoyat qiladigan mendan boşqa biror kişi qolmadi”, deb aytadi [6:28]. Haqiqatan, “Al-Jomeʼ as-sahih” nusxalari orasida Imom Firabriy rivoyati juda maşhur bölib ketgan. Buning sababi uning uzoq umr körgani va kitobining nusxasi töliq bölganidir.

“Al-Jomeʼ as-sahih” kitobini eşitadigan tolibi ilmlarning baʼzilari eşitiş va oğzaki naql bilan kifoyalanib qolmasdi, balki ustozidan eşitgan hadislarni yozib borardi. Şu bois, ularning qölida Imom Buxoriy huzurida yodlagan oğzaki nusxalariga muvofiq keladigan “Al-Jomeʼ as-sahih”ning qölyozma nusxalari ham paydo bölardi. 

Ular Imom Buxoriydan eşitib yozib olgan narsalari bilan kifoyalanib qolmasdan, özlari yozib olgan nusxalarini öta diqqat bilan ustozining nusxasiga soliştirib körardi hamda uçragan xato va kamçiliklarni töğrilab olardi. Imom Buxoriyning qölidagi asl nusxaga muvofiq bölgan nusxalar tugaganidan keyin, özlarining nusxalariga tugagan vaqtini va ustozining nusxasi bilan soliştirilganini yozib qöyardi. Şu sababli, bizning qölimizda “Al-Jomeʼ as-sahih”ning asl nusxasiga muvofiq keladigan bir neçta nusxalar paydo bölgan. Bu esa Imom Buxoriyning hayotlik çoğidayoq röy bergan.

Imom Buxoriy şogirdlaridan bugungi kunimizgaça ismi va nusxalari maşhur bölganlari – Muhammad ibn Yusuf Firabriy, Ibrohim ibn Maʼqil Nasafiy, Hammod ibn Şokir Nasafiy, Abu Talha Mansur ibn Muhammad Pazdaviy va Abu Abdulloh Muhomiliydir.

Qolaversa, ulardan “Al-Jomeʼ as-sahih”ni eşitgan va taʼlim olgan, son-sanoqsiz tolibi ilmlar paydo böldi. Ular ham qölidagi nusxalarni oldingi talabalar nusxalariga soliştirib körardi. Hatto, nusxalar köpligi va rivoyatlarning aniq sanad bilan boğlangani uçun “Al-Jomeʼ as-sahih”ni Imom Buxoriyga nisbat beriş mutavotir darajasiga yetdi. 

“Al-Jomeʼ as-sahih”ning rivoyati va tadvini dastlab yozilgan kunidan boşlab bugungi kunimizgaça odamlar orasida mutavotir şakl bilan naql qilingan. Ulamolar va oddiy odamlar bu kitobni rivoyat qiliş, örganiş, taʼlim oliş va tuşunişga harakat qilgan. “Al-Jomeʼ as-sahih”ning asl nusxasidan köçirilgan nusxalarning köpligi ham buni isbotlaydi.

 “Al-Jomeʼ as-sahih”ning asl nusxasi Imom Buxoriy vafotidan keyin şogirdi Abu Abdulloh Firabriy qölida qolgan. “Al-Jomeʼ as-sahih”ning rivoyati Abu Abdulloh Firabriy orqali maşhur bölgan. Undan “Al-Jomeʼ as-sahih”ni juda köp sonli şogirdlari taʼlim olgan. Ulardan yetti yoki töqqiztasi maşhur bölgan. Firabriydan taʼlim olgan şogirdlari  “Al-Jomeʼ as-sahih” matnini ustozining qölidagi asl nusxadan köçirib olgan. Ular Abu Ishoq Mustamliy, Abu Muhammad Hammuvayh, Abu Haysam Kuşmihaniy, Abu Zayd Marvaziy va boşqalar [5:287]. Birorta tahqiqçi va ahli ilm ular yozgan nusxalarga şak-şubha qilmagan va eʼtiroz bildirmagan.

Har qanday aqlli odam bu ummat sanadi muallifiga boğlanmagan birorta kitobni qabul qilmasligini biladi. Ummat ijmosi kuçli şarʼiy dalillardan sanaladi.

Manbalarda bu asarning yozilişiga Imom Buxoriyning ustozi Ishoq ibn Rohavayhning sözlari sabab bölgan, deb körsatilgan. Xususan, Ibrohim ibn Maʼqil Nasafiy (vaf.854/1450)dan bunday rivoyat qilinadi: “Imom Buxoriy: “Ishoq ibn Rohavayh bir kuni: “Qaniydi sizlardan biringiz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislaridan sahihlarini töplab, bir asar taʼlif etsangiz”, dedi. Mana şu söz mening qalbimga qattiq örnaşib qoldi. Natijada “Al-Jomeʼ as-sahih”ni jamlaşga kirişdim”, deb aytadi” [4:7].

Turkiyalik olim doktor Fuad Sezgin baʼzi rivoyatlardan “Tarixi turosil arabiy” kitobida Imom Buxoriy rahimahulloh “Al-Jomeʼ as-sahih” asarini vafotidan 23 yil oldin yozib tugatganini aytadi. Imom Buxoriy “Al-Jomeʼ as-sahih” asarini 16 yil davomida yozganini zikr qilgan. Uni taxminan 217/832 yili boşlab, 233/848 yilda tugatgan [2:16-17].

Şamsiddin Zahabiy (vaf. 748/1347) “Tarixul islom” kitobida: “Imom Buxoriyning “Al-Jomeʼ as-sahih” asari Qurʼoni karimdan keyingi eng uluğ va afzal kitob bölib, hozirgi kunda odamlar uçun eng oliy sanaddir”, deb yozgan [8:274].

Ibn Ruşayd Sabtiy aytadi: “Bugun maşriq va mağribda “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobini eşitişda sanadi Imom Buxoriyga boğlangan yöl Abu Abdulloh Firabriy yölidir. Uning rivoyati komilligi, muallifga yaqinligi va roviylarining maşhurligi uçun insonlar unga suyanadi. Uning qölida “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobining asl nusxasi bölgan va undan Abu Abdulloh Firabriy şogirdlari köçirib olgan. Bu esa Abu Abdulloh Firabriyni qöllab-quvvatlaydigan hujjat va uning töğriligiga guvohdir. Söng “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobi Abu Abdulloh Firabriydan mutavotir yöl bilan naql qilingan. Musulmonlar buni mahkam uşlagan va unga ijmo boğlangan. Natijada hujjat aniq bölgan” [1:18-19].

Bu haqda Ibn Hajar Asqaloniy (vaf.852/1448): “Bu asrda va bundan oldingi asrlarda “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobini eşitişda sanadi boğlangan rivoyat Abu Abdulloh Muhammad ibn Yusuf Firabriyning rivoyatidir”, degan [7:491-492].

Imom Buxoriyning maşhur şogirdi Abu Abdulloh Firabriy nusxasining turli xil şaharlarda şogirdlari tomonidan köçirib yozilgan ön törtta nusxasi bor. Bu nusxalar ustozi Abu Abdulloh Firabriy nusxasiga muvofiq. Firabriy nusxasi esa ustozi Imom Buxoriy nusxasiga muvofiq. Abu Abdulloh Firabriy şogirdlarining har biridan juda köplab odam rivoyat qilgan. Şu darajada köpki, rivoyat qilişda ularning yolğonga töplanişi va kelişib olişi mumkin emas. Abu Abdulloh Firabriyning özida ham xuddi şunday holat. “Al-Jomeʼ as-sahih”ning Firabriydan boşqa roviylari haqida ham xuddi bölgan.

“Al-Jomeʼ as-sahih”ni Imom Firabriydan juda köplab siqa (işonçli) roviylar jamoasi rivoyat qilgan. Ularning eng maşhurlari quyidagilar: Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliy (vaf.376/986), Saraxsning xatibi Abdulloh ibn Ahmad Hammuvayh (vaf.381/991), Abu Haysam Muhammad ibn Makkiy Kuşmihaniy (vaf.389/999), Abu Ali Muhammad ibn Umar Şabbaviy, Ibn Sakan Said ibn Usmon Bazzoz (vaf.353/964), Abu Zayd Muhammad ibn Ahmad Marvaziy (301-371/913-981) va Abu Ahmad Muhammad ibn Muhammad Jurjoniy (vaf.373/983)dir.

Abu Valid Bojiy aytadi: Hofiz Abu Zar Abdurahmon ibn Ahmad Haraviy bizga Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliydan rivoyat qiladi. Abu Ishoq Mustamliy: “Men “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobini Muhammad ibn Yusuf Firabriyning oldidagi asl nusxadan köçirib oldim. Şunda uni hali töliq bölmaganini kördim. Kitobda köplab yozilmagan böş joylar bor edi. Orqasida biror narsa yozilmagan tarjimai hollar va tarjimai hollari yozilmagan hadislar bor edi. Şunda baʼzisini baʼzisiga qöşib qöydik”, degan [5:287].

Ibn Ruşayd ham özining “Ifodatun nosih fit-taʼrif bi-sanad al-Jomeʼ as-sahih” nomli kitobida: “Abu Ishoq özining kitobini “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobining asl nusxasidan naql qilgan”, deb aytadi [1: 25]. Abu Zar Haraviy “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobini Abu Ishoq Ibrohim ibn Ahmad Mustamliy, Abu Haysam Muhammad ibn Makkiy Kuşmihaniy va Saraxsning xatibi Abdulloh ibn Ahmad Hammuvayhdan rivoyat qilgan. Uning rivoyati rivoyatlar orasida eng kuçlisiga aylangan. Bunga Abu Zar Haraviy “Al-Jomeʼ as-sahih”ni rivoyat qilgan ustozlari orasida Abu Ishoq Mustamliyning borligi kifoya qiladi. Haqiqatda, Abu Ishoq Mustamliy “Al-Jomeʼ as-sahih”ni özi uçun “Al-Jomeʼ as-sahih”ning asl nusxasidan köçirib olgan.

“Al-Jomeʼ as-sahih”ning asl nusxasi oradagi muddat uzoq bölib ketgani uçun  bugungi kunimizgaça yetib kelmagan. Ulamolar taʼlim olgan baʼzi kitoblarning asl nusxasi bugungi kungaça yetib kelmagan. Bu esa heç narsani özgartirmaydi.

Qadimgi kitoblarning köpçiligida şunga öxşaş holat mavjud. Ibn Ishoq (vaf.151/768)ning “As-siyra an-Nabaviya” kitobi va Imom Sibavayh (vaf.180/796)ning “Nahv” kitobi bunga misol böla oladi. Köpçilik insonlar ulamolar qadimgi kitoblarni bugungi kungaça eşitiş va ijoza orqali rivoyat qilganini bilmaydi. Tolibi ilmlar bu kitoblarni muallifiga boğlangan sanadlar bilan rivoyat qilgan.

Şuningdek, oradagi muddat juda uzoq bölgani uçun “Al-Jomeʼ as-sahih”ning Imom Buxoriy öz qöli bilan yozgan asl nusxasining yöqligi heç narsani özgartirmaydi. Çunki u kişining şogirdlari öşa asl nusxadan köplab nusxalarni köçirib olgan. Söng ulardan keyingi şogirdlari ham asl nusxaga muvofiq bölgan köplab nusxalarni köçirib olgan. Şu sababli, “Al-Jomeʼ as-sahih” nusxalari Yer yuziga keng tarqalib ketgan. Çunki har bir asrda yaşagan roviylar “Al-Jomeʼ as-sahih”ni yozib olib, uni sahih nusxalari bilan soliştirib körardi. Söng ustozlaridan Imom Buxoriyning öziga boğlangan sanad bilan rivoyat qilardi.

Şuning uçun “Al-Jomeʼ as-sahih”ning Imom Buxoriy öz qöli bilan yozgan asl nusxasi yöqolib ketgan bölsa ham, “Al-Jomeʼ as-sahih”ning hozirgi nusxalari öz ahamiyatini yöqotmaydi. Çunki “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobi Imom Buxoriy şogirdlari orasida tarqalib ketgan va har birining sanadi Imom Buxoriyga boğlangan nusxalari köpayib ketgan. Unga bir neça şarhlar yozilgan. Allohning fazli va karami bilan barça nusxalari bir xil bölgan.

Bu şarhlardan va “Al-Jomeʼ as-sahih”ning eʼtibor qiliş lozim bölgan nusxalaridan biri Imom Xattobiy (319/931-388/998)ning “Aʼlomul hadis” deb nomlangan şarhidir. Bu kitob Imom Buxoriy zamoniga eng yaqin bölgan şarhdir. Imom Buxoriyning 256/870 yilda vafot etganini bilamiz. Demak, Imom Xattobiy “Al-Jomeʼ as-sahih”ni ustozlari orqali Imom Buxoriydan rivoyat qilgan roviylarni körgan.

Imom Buxoriyning maşhur şogirdi Firabriy nusxasi maşhur bölib, undan naql qiliş keng tarqalgan. Faqat şu nusxadan naql qiliş bilan çeklanib qolmagan. “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobi bundan boşqa yöldan ham naql qilingan. Bu Imom Xattobiy yölidir. U “Al-Jomeʼ as-sahih”ga yozilgan “Aʼlomul hadis” nomli şarhida: “Men kitobning köproq qismini Xalf ibn Muhammad Xiyomdan, u Imom Buxoriyning özidan “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobini eşitgan şogirdi Ibrohim ibn Maʼqil Nasafiy (vaf.295/907)dan, yaʼni Firabriy yölidan boşqa yöl bilan eşitdim”, degan.

“Al-Jomeʼ as-sahih”ning eng qadimgi qölyozmasi hijriy IV asrlarga borib taqaladi. Yaʼni Imom Buxoriy vafotidan bir neça ön yillar keyin. Bu Imom Abu Zayd Muhammad ibn Ahmad Marvaziy nusxasidir. U “Al-Jomeʼ as-sahih”ni 318/930 yilda ustozi Abu Abdulloh Firabriydan eşitgan. Abu Abdulloh Firabriy esa “Al-Jomeʼ as-sahih”ni 252/866 yilda Imom Buxoriyning özidan eşitgan.

Har bir avlod va har bir tabaqaning qölida “Al-Jomeʼ as-sahih”ni naql qilingan nusxalari bölgan. Roviylarning barçasi bu kitobni özidan oldingi ustozlaridan, ularning qölidagi nusxalarga muvofiq holda rivoyat qilgan. Imom Abu Zar Haraviy (vaf.434/1042) va Karima Marvaziya (vaf.463/1070)ning nusxasi sanadi Abu Abdulloh Firabriyga boğlangan maşhur rivoyatlardan hisoblanadi.

Doktor Fuad Sezgin “Tarixi turosil arabiy” asarining “Al-Jomeʼ as-sahih” asari qölyozma nusxalari bölimida quyidagilarni keltiradi: “Al-Jomeʼ as-sahih” asari qölyozma nusxalari arab olamidagi deyarli barça kutubxonalarda uçraydi. Nusxalar orasida biz bilgan eng qadimiy qölyozma – 370-390/980-999 yillarda Marvaziy rivoyatiga köra köçirilgan “Minjana” nusxasi ham bor. Mazkur nusxa 1936-yil Kembrij universitetiga olib ketilgan” [3:228].

“Al-Jomeʼ as-sahih” kitobi bizning zamonamizgaça sahih holda yetib kelganiga aqliy dalillardan biri, buzğunçi va yolğon ahllari “Al-Jomeʼ as-sahih”ga biror narsani ziyoda qilişdan noumid bölganidir. Agar “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobi özining muallifiga yolğondan nisbat berilganda, albatta, sahih bölmagan hadislarni unga kirgiziş mumkin bölardi. Bunday holat aslo uçramagan. Bu esa “Al-Jomeʼ as-sahih”ni Imom Buxoriyga nisbat beriş töğriligini isbotlaydi. 

Imom Buxoriy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan hadis rivoyat qilişda özidan boşqa hadis imomlaridan yolğizlanib qolmagan. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar önlab Sunan, Möʼjam, Musnad kitoblarida va hadis juzlarida mavjud. “Al-Jomeʼ as-sahih”dagi har bir hadisning turli hadis kitoblarida önlab rivoyatlari bor. Bu esa “Al-Jomeʼ as-sahih”dagi hadislar haqida şak-şubha qiluvçi kişining şak-şubhasini ketkazadi.

Muhammad Fuad Abdulboqi “Al-luʼluʼ val-marjon fiy-ma ittafaqo alayhi aş-Şayxon” kitobida bunday degan: “Imom Muslim “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobida rivoyat qilingan 1906 ta hadisda Imom Buxoriy bilan ittifoq bölgan”. Har bir odam Musnad, Jomeʼ, Sunan va boşqa hadis kitoblarini közdan keçiradigan bölsa, u yerda “Al-Jomeʼ as-sahih”da kelgan köplab hadislarni köradi. “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobidagi hadislar bulardan boşqa hadis kitoblarida ham uçraydi. 

“Al-Jomeʼ as-sahih”dagi hadislarni “Mustaxraj” nomli boşqa hadis kitoblarida ham topamiz. Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar “Mustaxraj” nomli kitoblarda Imom Buxoriyning nomi zikr qilinmagan sanadlar bilan keltirilgan. Bu hadislar Imom Buxoriyning ustozlaridan yoki ustozlarining ustozlaridan rivoyat qilingan. Bu esa Imom Buxoriyning “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobidagi hadislarni quvvatlaydi. Çunki bu hadislar Imom Buxoriyning yölidan boşqa yöldagi turli sanadlar bilan ham rivoyat qilingan.

Xulosa va takliflar. Yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan quyidagiça xulosa qiliş mumkin:

  • Imom Buxoriy hadis ilmida möminlar amiri bölişi bilan birga, boşqa ilmlarni ham mukammal egallagan. U islom ilmlarining deyarli har bir sohasiga oid kitob yozgan. Afsuski, ayrim asarlari bizgaça yetib kelmagan. Hozirgi kunga qadar yetib kelgan asarlarining qölyozma nusxalari jahonning köplab kutubxonalarida saqlanmoqda;
  • “Al-Jomeʼ as-sahih”ning asl nusxasi oradagi muddat uzoq bölib ketgani uçun bugungi kunimizgaça yetib kelmagan. Ulamolar taʼlim olgan baʼzi kitoblarning asl nusxasi bugungi kungaça yetib kelmagan. Bu esa heç narsani özgartirmaydi;
  • “Al-Jomeʼ as-sahih” kitobi bizning zamonamizgaça sahih holda yetib kelganiga aqliy dalillardan biri, buzğunçi va yolğon ahllari bu töplamga biror narsani ziyoda qilişdan noumid bölganidir;
  • Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislar önlab Sunan, Möʼjam, Musnad kitoblari va hadis töplamlarida mavjud. “Al-Jomeʼ as-sahih”dagi har bir hadisning turli xil hadis kitoblarida önlab rivoyatlari bor. Bu esa “Al-Jomeʼ as-sahih”dagi hadislar haqida şak-şubha qiluvçining şak-şubhasini ketkazadi. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
  • Abu Abdulloh Muhammad ibn Umar ibn Muhammad ibn Ruşayd Sabtiy Fihriy Andalusiy. Ifodatun nosih fit-taʼrif bi-sanad al-Jomeʼ as-sahih. – Tunis: Ad-dor at-Tunisiya.
  • Abu Jaʼfar Varroq Buxoriy. Şamoili Buxoriy. Abu Muoviya Bayrutiy tahqiqi. Abduvosi Şonazarov tarjimasi. – Samarqand: “Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi” naşriyoti, 2023.
  • Doktor Fuad Sezgin. Tarixi turosil arabiy. – Saudiya Arabistoni: Imom Muhammad ibn Saud universiteti. 1. 1411/1991.
  • Ibn Hajar Asqaloniy. Fathul boriy. – Bayrut. Dorul maʼrifa, 1959.
  • Imom Abu Valid Sulaymon ibn Xalaf ibn Saʼd ibn Ayyub Bojiy. At-taʼdil vat-tajriyh: 3 jildli. – Mağrib: Vizoratul avqof vaş şuʼunil islomiya, 2010.
  • Ismoil ibn Umar ibn Kasir. Ustozlar jamoasining tahqiqi. Al-bidoya van nihoya: 15 jildli. J.11. – Bayrut: Dorul kutubul ilmiya, 1407/1986.
  • Hofiz Ahmad ibn Ali ibn Hajar Asqaloniy. Hadyus soriy muqaddimatu Fathil boriy: 2 jildli. J.1 – Ar-Riyod: Doru Toyba, 1426/2005.
  • Şamsiddin Muhammad ibn Ahmad Zahabiy. Tarixul islom va vafoyotil maşayir val aʼlom. J.2. – Bayrut: Dorul kitobil arabiy, 1990.
Abduvosi ŞONAZAROV,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi
“Imom Buxoriy saboqlari” jurnali 2025-yil 3-sonidan olindi.

Check Also

SOMONIYLAR VA QORAXONIYLAR DAVRIDA MAHALLIY IJTIMOIY ŞARTNOMALAR, MUSULMON HUQUQINING MINTAQAVIYLAŞUVI VA SINKRETLAŞUV JARAYONLARI (X–XII ASRLAR)

Kiriş. IX–XII asrlar davomidagi Somoniylar va Qoraxoniylar hukmronligi Markaziy Osiyo jamiyatining ijtimoiy-huquqiy tizimida muhim özgarişlar …