Kiriş. Luğat tuzişdan maqsad, örganilayotgan til (maqsad til)dagi sözlar maʼnolarini ona tili yoki tarjima tilida imkon qadar aniq va tuşunarli ifodalaş va bu bilan til örganiş yoki şu tildagi matnlarni teran tuşunişga yordamlaşişdan iboratdir. Luğatning bu ğoyaga tölaqonli erişuvi uçun muayyan sözning maqsad tilda mavjudligi, işlatiliş örinlari, izohlanayotgan maʼnolarni bildirişini isbotlaş maqsadida daliliy misollar beriladi.
Ingliz luğatnavisligida ilk bor daliliy misollarni qöllagan kişi Semuel Jonson bölib, u özining 1755-yili tuzilgan luğatida bunday misollardan unumli foydalangan. Jeyms Sleydga köra, bu S.Jonsonning luğatnavislik sohasidagi yagona yangiligi edi [23:138]. Nima bölganda ham, daliliy misollar milodiy VIII asrdan boşlab, köplab (ikki yoki köp tilli) luğatlarda har xil ziçlik va mahorat bilan deyarli har bir boş söz izohida qöllanib kelgan. Yevropada lotin va yunon tillari luğatlarida esa daliliy misollarga XVI asrdan boşlab murojaat qilinganini köriş mumkin [23:138].
Tahlil va natijalar. Luğatnavis olimlar luğat tuzişda daliliy misollarning neçoğli ahamiyatli ekanini körsatib ötgan. Professor V.Dubiçinskiy luğatning mikrotuzilmasi tarkibiy qismlarini sanab ötadi va ularni quyidagiça tartiblaydi:
1) boş söz;
2) uning fonetik xususiyatlari;
3) uning grammatik xususiyatlari;
4) boş sözning semantizatsiyasi (tarjima, taʼrif, muqobil tarjima va boşqalar);
5) boş sözning moslik xususiyatlari;
6) boş sözning söz yasaliş imkoniyatlari;
7) etimologik maʼlumotlar;
8) daliliy misollar;
9) leksikografik yozuvlar;
10) havolalar, eslatmalar.
Körinib turganidek, daliliy misollar luğatning muhim tarkibiy qismlaridan biri etib belgilangan.
Niladri Sexar ham daliliy misollarni luğatning mikrotuzilmasi tarkibiy qismlari qatorida esga oladi. Uning fikriça, sözning muayyan kontekstda qanday işlatilişini körsatiş uçun daliliy misollar işlatiladi. Bu, ayniqsa, köp maʼnoli sözlarda nozik maʼno tuslarini aniqlaş va ajratişga yordam beradi [5:250].
L.Zgustaga köra, misollarning maqsadi boş sözning boşqa leksik birliklar bilan birgalikda qanday işlaşini körsatişdir [7:340]. Niladri Sexarga köra, daliliy misollar sözning qanday xususiyatli kontekstda işlatilişini körsatiş uçun foydalaniladi. Bu, ayniqsa, köp maʼnoli sözlar holatida, maʼnolarning nozik farqlarini aniqlaş va farqlaşga yordam beradi [5:250].
Köpçilik luğatşunoslar daliliy misollarni boş söz va uning taʼrifi, tarjima ekvivalentini tuşuntiruvçi yozuv deb qarasa, R.Barnxart daliliy misollarni luğat maqolasida markaziy örinni egallaydi, deb qaraydi. Unga köra, daliliy misollar luğat birligining tanlangan va tahrir qilingan kontekstlaridir. Anʼanaviy ravişda “taʼriflar” deb ataladigan yozuvlarga esa uşbu misollarni tuşuntiruvçi izohlar, ularni birlaştiruvçi umumiylik yoki farqlarni körsatuvçi sarlavhalar sifatida qaralişi mumkin [5:250].
Luğatlarning mutlaq köpçiligida misollar beriladi. Luğat qançalik katta bölsa, misollar şunça köp böladi. Faqat juda kiçik luğatlar misollar bermasligi mumkin. Lekin misollarning mutlaq bölmasligi odatda luğat saviyasining keskin pasayişiga olib keladi (agar uning maqsadi qatʼiy çeklangan bölmasa, masalan, texnik terminologiya luğati yoki sof orfografik yoki şunga öxşaş).
Köpçilik luğatşunoslarga köra, ayrim texnik atamalardan taşqari, heç bir luğat birligini illyustrativ misollarsiz beriş kerak emas. Lekin texnik atamalar uçun ham, agar söz köp maʼnoli bölsa yoki aniq bir sohadagi işlatiliş doirasini körsatiş kerak bölsa, misollar juda foydali.
Daliliy misollar mustaqil va taşqi yordamsiz tuşuniladigan bölişi kerak. Ularning uzunligi luğat turiga boğliq. Qisqa luğatlarda qisqa yoki qisqartirilgan misollar keltirilib, luğat birligining işlatilişiga urğu beriladi. Katta luğatlarda esa töliq jumla şaklidagi misollar keltirilişi mumkin. Baʼzi hollarda hatto bir neça jumladan iborat iqtiboslar ham uçraşi mumkin.
Al-Qosimiyning fikriça, daliliy misol har qanday ibora, jumla yoki biror şeʼriy bayt yoxud maqoldan iborat bölib, undan luğatda izohlanayotgan yoki tarjima qilinayotgan sözning işlatilişini izohlaş, tuşuntiriş közlanadi. “Daliliy misol” atamasi tuşunçaning özini körsatiş uçun işlatiladigan atamalardan biri bölib, bu atamalar kontekstli misollar (contextual examples) va iqtiboslarni (quotations) öz içiga oladi. Garçi mualliflar bu ikki atamani bir maʼnoda işlatsa ham, “iqtiboslar” atamasi (biror asarda) bitilgan yoki haqiqatda ham aytilgan gaplardan olingan misollar bilan çeklanadi [ 21].
Köpgina ikki tilli luğatlarda daliliy misollardan keng foydalanib kelinadi. Masalan, S.F.Akobirov va boşqalar tomonidan tuzilgan Özbekça-rusça luğatda quyidagi misolni körişimiz mumkin: Avvalo – prejde vsego, pervom dolgom…; u avvalo xalq qöşiqlarini ijro etib yurdi, keyin özi töqigan qöşiqlarni kuylay boşladi [1:20].
Inglizça-rusça luğatda quyidagi misolni köramiz: adjust — … 3. Prisposoblyatsya, adaptirovatsya, privыkat; freşmen soon adjust to sçool life noviçki bыstro privыkayut k şkole [12:57].
Yuqoridagi har ikki misol luğat mualliflari tomonidan ijod qilingan va berilgan söz maʼnosini yanada ravşanroq tuşunişga yordam beruvçi jumlalardan iborat.
Bunday holatni biz “Al-Qomus” luğatida ham köp uçratişimiz mumkin. Masalan, اِسْتَأْثَرَ … özi yolğiz egalik qildi; özlaştirib oldi, öziga jalb qildi…; اِسْتَأْثَرَ الْمَوْضُوعُ بِاهْتِمَامٍ كَبِيرٍ Mavzu katta qiziqiş uyğotdi [9:26]. Yana bir namuna: تِرْبٌ köp. أَتْرَابٌ … 2. tengqur, tengdoş …; كَانَ يَخْتَلِفُ عَنْ أَتْرَابِهِ فِي الْجَامِعَةِ U özining universitetdagi tengqurlaridan ajralib turardi [2:26].
Tuzuvçilar tomonidan töqilgan misollar, isbot kuçi jihatidan garçi adabiy yoki ilmiy iqtibos darajasida bölmasada, berilgan sözning maʼnosini yanada aniqroq tuşuntiriş, işlatiliş holati, grammatik xususiyatlarini körsatib berişda foydalidir. T.N.Qori-Niyoziy va A.K.Borovkovlar tahriri ostida tuzilib naşr etilgan “Özbekça-rusça” luğatda quyidagi kabi misollar berilganini köramiz: “Körmoq 1) videt; 2. rassmatrivat; … bu masalani biz majlisda köramiz etot vopros mы rassmotrim na zasedanii” [16:237]; “Mubtalo … stradat (çem l.); u kişi sil kasaliga mubtalodir on stradayet çaxotkoy” [16:272]. Körilgan namunalarda keltirilgan misollar sözlarning maʼnosini aniqlaştiriş bilan bir qatorda ularning işlatiliş örni va uslubi haqida juda kerakli maʼlumot bermoqda.
Mahmud Koşğariy özining “Devonu luğotit turk” asarida juda köp örinlarda töqima jumlalarni daliliy misol sifatida keltiradi va feʼlan, söz maʼnosini teran tasavvur qiliş imkonini beradi. Masalan, “Sundi – sundi, berdi. Ul manga etmak sundi – u menga non berdi”[10].
Kezi kelganda şuni ham aytib ötiş örinliki, ayrim luğatlar, sözlari soni köp, katta luğat boyligini öz içiga olgan bölişiga qaramay, daliliy misollar berilmagani bois, közlangan darajada yutuqqa erişmasligi mumkin. Uluğbek Sulton tomonidan tuzilgan “As-Sulton” luğati özbek tilidagi 50 mingga yaqin sözni öz içiga oladi. Luğatda şakldoş (omonim va b.), bölgan boş sözning har bir mustaqil maʼnosi raqam bilan ajratib körsatilgan yoki köp maʼnoli boş sözning har bir maʼnosi ajratiş belgisi (drob) orqali berilgan. Biroq berilgan maʼnolarni bir biridan farqlaş uçun muhim bölgan kontekst va misollar yöqligi köp hollarda talaba va örganuvçilarga qiyinçilik tuğdiradi. Masalan, özbek tilidagi “ayirmoq” feʼlining “Özbek tilining izohli luğati”da 9 ta maʼnosi berilgan [17:53]. “As-Sulton” luğatida uşbu maʼnolarning arabça tarjimasi “ayirmoq فَرَقَ / فَرَّقَ / فَرَزَ / أَفْرَزَ / مَيَّزَ /قَسَّمَ // أَفْرَدَ / عَزَلَ / فَصَلَ / فَصَّلَ // طَرَحَ / شَقَّ / شَقَّقَ / فَلَقَ” körinişida berilgan [15:56] va mazkur maʼnolarning qaysi biri boş sözning özbek tilidagi maʼnolaridan qaysi birini anglatişi haqida maʼlumot berilmagan. Luğat özbek tilini örganayotgan arablarga qöl kelişi mumkin. Biroq özbek tilidan arab tiliga tarjima qiluvçi arab bölmagan foydalanuvçilar uçun noqulaylik tuğdiradi.
Daliliy misollar berilmagan luğatlar qatorida S.Rahmonqulov va A.Karam tomonidan tuzilib, 1920-yili Qozonda naşr etilgan “Rusça-tatarça mukammal luğat”[14]ning özbekçalaştirilgan körinişi bölgan “Rusça-özbekça mukammal luğat”[13], Villiam Tomas Vortabet qalamiga mansub “Arabça-inglizça luğat” [23] va boşqalarni tilga oliş mumkin. Mazkur luğatlarning har biri katta hajmli luğatlar bölsada, ularda luğatnavislikning muhim meʼyorlaridan sanalgan, berilayotgan maʼlumotni mustahkamlaş hamda yaxşiroq natijaga erişişning muhim omillaridan bölgan daliliy misollarga eʼtibor qaratilmagan.
L.Zgustaga köra, daliliy misollar zarur. “Yozuvga kiritilgan misollar luğatnavis tomonidan qöşimça material sifatida emas, balki yozuvning ajralmas qismi sifatida körib çiqilişi kerak. Misollar asosiy taʼrifning örnini bosmasligi kerak, balki uni tasvirlaşi va töldirişi kerak. Bundan tabiiy ravişda kelib çiqadiki, agar bitta yozuv içida köproq taʼriflar bölsa, yaʼni kiriş sözi köp maʼnoli bölsa, misollar maʼnoga köra birma-bir taqsimlanişi kerak” [7:340].
Daliliy misollardan bir tilli, ikki tilli va köp tilli luğatlarda birdek keng foydalaniladi. Arabçadan boşqa tillarga tarjima luğatlarning mutlaq köpçiligida bu meʼyorga amal qilingan. Buning bir neçta sabablari bor, albatta.
Birinçidan, arab tilining ilk yozma izohli luğatlari isteʼmolda bölgan arabça sözlarning imkon qadar katta miqdorini qamrab olişga harakat qilgan. Arab luğatnavisligining bir neça asrlik tajribasida har bir muallif oldingi luğatlarda mavjud sözlarning haqiqatan ham isteʼmolda bölib-bölmagani, bor bölsa, izohlangan maʼnoni anglatişi masalasiga aniqlik kiritgan hamda isteʼmolda bor bölib, oldingi luğatlarga kirmay qolgan sözlarni ham zikr etiş bilan til boyligining saqlanib qolişiga, şu bilan birga, arab luğatnavisligi rivojiga beqiyos hissa qöşgan.
Ikkinçidan, arab tilidagi sözlar juda ham köp maʼnoli. Buni biz “Al-Qomus” luğati orqali ham körişimiz mumkin. Unda ayrim sözlarning 70 dan ortiq maʼnosi berilgan [3:186-187]. 25-30 ta maʼnosi berilgan sözlar ham talaygina. Şu bois, sözning maʼnolarini bir-biridan aniqroq farqlaş uçun ham daliliy misollarga ehtiyoj tuğilgan.
Uçinçidan, daliliy misollar nafaqat sözning maʼnosini aniqlaşda, balki uning grammatik qöllanişi, son, kelişik, holat (aniqlik — noaniqlik) kategoriyalari haqida töliqroq tasavvur beriş uçun muhimdir.
Arabça bir tilli izohli luğatlarning deyarli barçasida daliliy misollarga juda katta ahamiyat qaratilgan. Ilk arabça yozma luğat sanalgan Xalil ibn Ahmadning “Al-Ayn” luğatida ham deyarli har bir söz yoki ibora yuzasidan daliliy misollar keltirilgan va bu bilan muallif daliliy misollar beriş anʼanasini ham boşlab bergan. Xalil ibn Ahmad şunday keltiradi:
عَدِيدَةٌ – وَهَذِهِ الدَّرَاهِمُ عَدِيدَةُ هَذِهِ Son, sanoq – “Bu dirhamlar mana buning soniçadir”.
Luğatlarda daliliy misolning iqtibos turi ham keng qöllaniladi. Iqtibos maqsad tilda yaratilgan biror asardan yoki oğzaki tilda biror şaxs tomonidan aytilgan maşhur sözdan olingan bölişi mumkin. Iqtiboslar bir tilli izohli luğatlarda köproq qöllanişiga qaramay, ikki tilli luğatlarda ham keng işlatiladi. “Devonu luğotit turk”da töqima jumlalar bilan bir qatorda daliliy misolning iqtibos turidan ham unumli foydalanilgan. Bu bilan sözning maʼnosini teran tuşuntirişga erişiş bilan bir qatorda mazkur sözning turkiy tilda mavjudligi hamda ayni kontekstda işlatilişi isbotlangan. Masalan, “Ar böri – sirtlon. (Şoir) dedi:
“Körub neçuk qoçmading,
Yamar suvin keçmading,
Tovaringni soçmading,
Yesun seni ar böri” [11].
Iqtiboslarda şeʼriy parçalar bilan bir qatorda maqollar ham köp qöllaniladi. Masalan, “Devonu luğotit turk”da köplab qimmatli maqollar keltirilgan. “Erik er – işçan, tirişqoq kişi. Maqolda bor: “Erik erni irini yoğliğ, ermaku erni boşi qonliğ”. Yaʼni, tirişqoq kişining labi yoğli, dangasa kişining boşi qonli.
“Al-Ayn” luğatidagi iqtibos turiga oid quyidagi misolni körib çiqaylik:
«إن العَيْنَ لا تَأْتَلِف مع الحاء في كلمة واحدة لقُرْب مَخْرَجَيْهما إلا أنّ يُشْتَقَّ فِعلٌ من جمعٍ بين كلمتين مثل حَيَّ على كقول الشاعر: ألا رُبّ طَيفٍ بَاتَ منك مُعانِقِي … إلى أن دَعَا داعي الفَلاحِ حَيْعَلا».
“Ayn” harfi maxraji yaqin bölgani uçun “ha (huttiy)” harfi bilan bir sözda kelmaydi. Biroq, “حَيَّ عَلَى” söziga öxşab ikki sözni birlaştirişdan paydo bölgan feʼl bundan mustasno. Şoirning quyidagi sözi kabi:
“Oh kim, tark etmadi xayoling neçalar meni,
To muazzin çorladi “hayya alal” faloh debon” [ 20].
Xalil ibn Ahmad özi tuzgan luğatda daliliy misol sifatida johiliyat davri va ilk Islom davri arab şoirlarining şeʼrlari, arab xalq maqollari, qadimgi voizlarning xutbalari va Qurʼoni karim hamda hadisi şariflardan foydalangan. Bu anʼana keyingi davrdagi barça luğatnavislar tomonidan davom ettirilgan.
Baʼzan sözning maʼnosi töqima misol orqali tuşuntirilgaç, yana iqtibos bilan ham dalillanib, uşbu sözning tilda mavjudligi, isteʼmolda borligi isbotlanadi. Bunday hol deyarli barça luğatlarda mavjud. Masalan, Ibn al-Manzur “Lisonul arab”da şunday keltiradi: والفَلْجُ الظَّفَرُ والفَوْزُ وقد فَلَجَ الرجلُ على خَصْمِه يَفْلُجُ فَلْجاً وفي المثل مَنْ يَأْتِ الحَكَمَ وَحْدَه يَفْلُجْ فَلَجَ – yutdi, ğolib böldi. Kişi raqibini yutdi. Maqolda borki: “Kim qoziga yolğiz kelsa, yutadi (Raqibining sözini eşitmagan qozi uning foydasiga hukm qiladi)” [18]. Körib turganimizdek, bu yerda ham töqima misol, ham maqoldan iborat iqtibos daliliy misol qilib berilmoqda.
Luğat tuzişda iqtibosning hajmi ham muhim. L.Zgusta fikriça, eng munosib iqtibos butun leksikografik kontekstni ifodalaganidir, yaʼni matndan olingan parçaning qisqartirilgan qismini keltirişdir. Yaʼni, iqtibos, undan közlangan maqsad – boş sözning yoki izohlanayotgan söz yoki birikmaning maʼnosi, işlatiliş örni va holatini tuşuntiriş uçun yetarli bölişi lozim. Parçaning yetarli qismidan ortiğini qisqartiriş mumkin [7:340].
Masalan, “Al-Qomus”dagi quyidagi iqtiboslarga eʼtibor bersak: أَجَلٌ köp. آجالٌ … 3. ajal, ölim vaqti, vafot; الأَجَلُ الْمَحْتُومُ muqarrar ölim; ▌الرِّزْقُ مَقْسُومٌ والْأَجَلُ مَحْتُومٌ Rizq taqsimlangan, ölim esa muqarrar [2:33]; Uşbu iqtibos maşhur tobein Hasan Basriy (vaf.728)ning katta hajmga ega sözidan olingan: (قال الحسن البصري: لا تجاهد في الطلب جهاد المغلب، ولا تتكل على القدر اتكال المستسلم، فإن ابتغاء الفضل من السنة، والإجمال في الطلب من العفة، وليست العفة بدافعة رزقاً، ولا الحرص بجالب فضلاً؛ الرزق مقسوم، والأجل محتوم، وفي الحرص اكتساب المآتم.) [19]. Parçadan olingan iqtibos izohlanayotgan söz maʼnosini oçib beriş uçun yetarli bölgani uçun, parçani töliğiça berişga zarurat bölmagan.
Luğatda daliliy misollarni tarjima qiliş masalasi ham diqqatga molik. Ularni asliyat matn va uning muayyan naşr etilgan tarjimasidan oliş kerakmi yoki luğat tuzuvçining özi mustaqil tarjima qilişi kerakmi? Bu masalada luğatşunoslarning öziga xos qaraşlari mavjud.
Al-Qosimiy, Zofgen va boşqalar fikriça, daliliy misollar albatta tarjima qilinişi kerak [8:2888-2903]. Biroq Jakobsen (Jacobsen) [6:2782-2789] kabi olimlar misollarni tarjima qilişga ehtiyoj yöq, deb hisoblaydi [4:493-501]. Daliliy misollar tarjima tiliga ögirilişi şart emas, degan olimlar fikriça, misollar manba tilda berilsa kifoya, uni öquvçiga ona tilida qanday ifodalaşni örgatiş zarurati yöq. Lekin tajriba şuni körsatadiki, luğat tuzuvçi oddiy foydalanuvçiga qaraganda manba tilini har tomonlama yaxşiroq biladi, binobarin, berilayotgan misollarni tarjima tilida ham teranroq, nazarda tutilgan maʼnoga mosroq tarjima qila oladi. Boz ustiga daliliy misollar doim ham maʼnosi barçaga birdek tuşunarli sodda yiğiq gaplardan taşkil topmaydi. Şu bois izohlanayotgan sözning yolğiz holda, luğat birligi sifatidagi maʼnosi hamda berilayotgan daliliy misol (töqima jumla yoki iqtibos) kontekstidagi maʼnosi örtasidagi uyğunlikni eʼtiborga olgan holda luğatnavislar tomonidan tarjima bilan taqdim etilişi maqsadga muvofiq. Masalan, “Al-Qomus”da quyidagi misolni körsak: “ضَرَّ … 1. ~هُ / ~ بِهِ k.gadir zarar yetkazdi, ziyon keltirdi; … لَا يَضُرُّ السَّحَابَ نُبَاحُ الْكِلَابِ It hurar, karvon ötar (mql. sözma-söz: Itlar hurişining bulutga zarari yöq)”. Uşbu daliliy misolda berilgan maqol tarjimasiz qoldirilsa, ehtimol foydalanuvçi uning sözma-söz maʼnosi bilan çeklanar-da, undan közlangan maqsadni anglamasligi va özbek tilidagi muqobilini topmasligi mumkin edi.
Misollar grammatik maqsadlarda ham qöllanadi. Lemmada kiriş söz haqida kerakli grammatik körsatkiçlar bölişi va şunga öxşaş körsatkiçlar ekvivalentlardan keyin kelişi kerak. Luğat öquvçiga uşbu sözma-söz aniqlovçi körsatkiçlardan taşqari, boş söz yoki ekvivalenti yoki ikkalasi haqida turli xil grammatik maʼlumotlarni taqdim etişi mumkin. Uşbu maʼlumot boş sözning (yoki ekvivalentining) jumladagi boşqa sözlar bilan birikişiga aloqador böladi. Morfologik jihatdan rivojlangan tillarda uşbu maʼlumot talab qilinadigan şakllar (masalan, “dativ” bilan) va grammatik omillar bilan birikmalar (zarur predloglar va boşqalar)ga aloqador böladi. Morfologiyasi rivojlanmagan tillarda biriktiriş imkoniyatlari diqqat markazida böladi [7:340]. Bunga misol tariqasida “Al-Qomus” luğatidagi quyidagi namunani körişimiz mumkin: “عَسَّ … 5. عَسَّ عَلَيَّ / عَنِّي خَيْرَهُ وَبِخَيْرِهِ عَسًّا (u) menga yaxşiligini keçiktirdi, paysalga soldi, kamaytirdi”. Bu yerda daliliy misol عَسَّ feʼlining ötimli bölib, tuşum – nasb kelişigidagi vositasiz töldiruvçi (خَيْرَهُ) bilan bir qatorda, predlog orqali qaratqiç – jarr kelişigidagi vositali töldiruvçi bilan (عَلَيَّ / عَنِّي) ham kelişi mumkinligini, şuningdek, عَسَّ feʼli vositasiz töldiruvçini بِـ predlogi bilan talab qilişi mumkinligi kabi maʼlumotlar taqdim etilgan.
Daliliy misollarni qanday manbalardan oliş kerak? Bu masala ham luğatning muvaffaqiyatli va öz maqsadlariga töliq erişişi uçun muhim. Luğatşunos olimlarning xulosalariga köra, misollar tilning (odatda yozma) matnlaridan olinişi mumkin yoki luğat tuzuvçi tomonidan maʼlumot beruvçi birikma yoki jumlalar şaklida tuzilişi mumkin. Yozma matnlardan olingan misolning katta afzalligi şundaki, u feʼlan daliliy xususiyatga ega: körib çiqilayotgan söz haqiqatan ham maʼlum bir parçada, maʼlum bir muallif tomonidan işlatilganligini isbotlaşi mumkin. Şu bois, bunday misollar “iqtibos” deb ataladi va har qanday filologik luğatda, eng avvalo, yirik iqtiboslar afzal köriladi. Umumiy tavsifiy luğatlarda, ayniqsa ölik tilda yoki tirik tilning eski bosqiçida keltirilgan misollarni keltiriş mumkin bölgan yagona misol deb aytsa böladi [7:265].
Xulosa qilib aytiş lozimki, luğat, bir tilli izohli luğat bölsa ham, ikki yoki köp tilli tarjima luğati bölsa ham, uning foydalilik nisbatini oşiriş uçun albatta daliliy misollarga örin beriş lozim. Daliliy misollar faqatgina luğat birligining maʼnosi yoki maʼnolarini oçib bermay, balki uning işlatiliş örinlari, grammatik xususiyatlari kabi muhim jihatlari böyiça ham muhim maʼlumotni öz içiga oladi. Daliliy misollar tuzuvçi tomonidan ijod qilingan birikma, jumla va b. bilan bir qatorda möʼtabar asarlardan olingan yoki tarixiy şaxslar sözlari va şu kabilardan olingan iqtibos körinişida bölişi mumkin.
- Akobirov S.F., Maʼrufov Z.M. va b. Özbekça-rusça luğat. – Moskva, 1959.
- Al-Qomus, I jild.
- Al-Qomus, III jild.
- Arleta Adamska-Salaciak. Proceedings of the 12th EURALEX International Congress // Translation of Dictionary Examples – Notoriously Unreliable? Torino, 2006.
- Dash, Niladri Sekhar. The Art of Lexicography. In, Vesna Muhvic-Dimanovski and Lelija Sočanac (Eds.) Encyclopedia of Life Support Systems. – Oxford,
- Jacobsen, J. Ģ., Manley, J., Pedersen, V. Ę. (1991), ‘Examples in the bilingual dictionaryʼ, in Ęausmann, F.-J., Ģeichmann, O., Wiegand, Ę. E., Zgusta, L. (eds.) Wörterbucher/Diclionaries/Dictionnaires (vol. 3). – Berlin and New York, Mouton de Gruyter.
- Zgusta L. Manual of lexicography. – Czechoslovak Academy of Sciences, 1971.
- Zöfgen E. Bilingual Learnerʼs Dictionaries. Hausmann, F.J. et al. (Eds.). 1989–1991: Worterbücher. Dictionaries. Dictionnaires: An International Encyclopedia of Lexicography. Vol. 3.
- Ibrohimov N., Aripov A., Ikromjonov I., Zayriyev A. Al-Qomus: arabça-özbekça qomusiy luğat (bundan keyin Al-Qomus). 4 jildli. I – Toşkent.
- Mahmud Koşğariy. Devonu luğoti-t-turk (Turkiy sözlar devoni). S.Muttalibov tarjimasi. Naşrga tayyorlovçi Sodiqov Q. –Toşkent, 2017. – Б. 217.; محمود بن الحسين الكاشغري. كتاب ديوان لغات الترك. إسطنبول، 1333/1915. المجلد الثاني، ص 24.
- Mahmud Koşğariy. Devonu luğoti-t-turk (Turkiy sözlar devoni). S.Muttalibov tarjimasi. Naşrga tayyorlovçi Q.Sodiqov. – Toşkent, 2017. – Б. 45.; محمود بن الحسين الكاشغري. كتاب ديوان لغات الترك. إسطنبول، 1333/1915. المجلد الأول، ص 75.
- Новый большой англо-русский словарь. В трёх томах. Около 250 000 слов. Под общим руководством Э.М.Медниковой и Ю.Д.Апресяна. Том I. – Москва, 1993.
- Rusça-özbekça mukammal luğat. Özbekçalaştiruvçi Aşurali Zohiriy. 2 jildda. – Samarqand – Toşkent, 1927.
- Raxmankulovʼ S., Karamʼ A. Rusça-tatarça mukammal luğat / Полный русско-татарский словарь. – Казанъ, 1920.
- Султон У. Ас-Султон: арабча-ўзбекча луғат. – Т., 2011.
- Узбекско-русский словарь. Под Редакцией Т.Н.Кари-Ниязова и А.К.Боровкова. – Т., 1941.
- Özbek tilining izohli luğati. A.Madvaliyev tahriri ostida. 5 jildda. I jild A-D. – T., 2006.
- ابن المنظور، أبو الفضل جمال الدين محمد بن مكرم الإفريقي المصري. لسان العرب. في 15 مجلدا. المجلد الثاني. بيروت: دار صادر، ص 347.
- أبو حيان التوحيدي. البصائر والذخائر. المجلد الخامس. بيروت، 1988. ص 227.
- خليل بن أحمد الفراهيدي. كتاب العين. تحقيق مهدي المخزومي وإبراهيم السامرائي. المجلد الأول. بيروت، 1988. ص 60.
- علي القاسمي. علم اللغة وصناعة المعاجم. الرياض، الطبعة الثانية، 1991. ص 147؛ Zgusta L., – S. 267.
- علي القاسمي. علم اللغة وصناعة المعجم. الرياض، 1991. ص 138.
- وليم طمسن ورتبات. قامرس عربي إنكليزي. بيروت، 1896.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




