UYALI TELEFON: QULAYLIK BILAN BIRGA KELADIGAN XAVFLAR.
KOʻRINMAS ZARARLARI.
HAYOTIMIZDAN NIMALARNI TORTIB OLMOQDA?
Xorijiy ommaviy axborot vositalari tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, zamonaviy olimlar hamda turli soha mutaxassislari “UYALI TELEFONNING INSON HAYOTI VA SOGʻLIGʻIGA SALBIY TAʼSIRLARI” mavzusida qator mamlakatlarda olib borilgan ilmiy tadqiqotlar, koʻp yillik kuzatuvlar va amaliy tajribalar asosida MUHIM ILMIY XULOSALARga keldilar:
Texnologiya – yaxshi xizmatkor, ammo yomon xoʻjayin. Agar biz uni boshqarmasak, vaqt oʻtib u bizni boshqara boshlaydi.
Uyali telefon kelajak avlodni yoʻq qilish bosqichida turibti. Agar oʻzimizni nazorat qilmasak, u bizning ruhiyatimizga ham raxna soladi.
U inson hayotidagi oʻnlab vositalarning oʻrnini bosdi, baʼzilarini esa deyarli unuttirdi.
Uning oʻzi emas, balki undan meʼyorsiz va ongsiz foydalanish sogʻligimizga, tafakkurimizga va munosabatlarimizga zarar yetkazishi mumkin.
Eng katta xavf shundaki, agar undan meʼyorsiz foydalansa, u asta-sekin insonni aqlini oʻldiradi.
(I) UYALI TELEFON KOʻP HOLLARDA OʻRNINI QISMAN BOSGAN YOKI ULARGA BOʻLGAN EHTIYOJNI KAMAYTIRGAN AYRIM NARSALAR:
1) Soat.
2) Budilnik.
3) Radio.
4) Statsionar telefon.
5) Kalkulyator.
6) Televizor.
7) Fonar.
8) Oyna.
9) Gazeta.
10) Jurnal.
11) Kitob.
12) Kompas.
13) Xaritalar.
14) Choʻntak hamyoni.
15) Stol taqvimi.
16) Kundalik.
17) Diktofon.
18) Fotoapparat.
19) Videokamera.
20) Musiqa pleerlari.
21) Video oʻyin qurilmalari.
22) Kompyuter.
23) Plastik kartalar.
(II) UYALI TELEFONDAN MEʼYORSIZ FOYDALANISH OQIBATIDA ZARAR KOʻRAYOTGAN QADRIYATLAR:
1) Koʻplab nikohlarni oʻldirdi.
2) Koʻplab oilalarni oʻldirdi.
3) Yoshlarimizning tarbiyasini oʻldirdi.
4) Asta-sekin koʻzlarimiz nurini ham oʻldirmoqda.
5) Jonli suhbat madaniyatini oʻldirmoqda.
6) Qoʻni-qoʻshnichilik va mehmonga borish odatini oʻldirmoqda.
7) Sabr-toqatni oʻldirmoqda.
8) Kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqishni oʻldirmoqda.
9) Bolalarning koʻchada oʻynashi va jismoniy faolligini oʻldirmoqda.
10) Ota-ona bilan farzand oʻrtasidagi samimiy muloqotni oʻldirmoqda.
11) Diqqatni jamlash qobiliyatini oʻldirmoqda.
12) Vaqtning barakasini oʻldirmoqda.
13) Xotirani mashq qilish ehtiyojini oʻldirmoqda.
14) Mustaqil fikrlashga ajratiladigan vaqtni oʻldirmoqda.
15) Tinchlik va sukunatdan zavqlanishni oʻldirmoqda.
16) Tabiat bilan yaqinlikni oʻldirmoqda.
17) Insonlarning bir-biriga yuzma-yuz mehr va eʼtibor koʻrsatish odatini oʻldirmoqda.
(III) UYALI TELEFON SABAB YOʻQOTILAYOTGAN ENG MUHIM NEʼMATLAR:
1) Oilaviy mehr va iliq munosabatlar.
2) Ayrim oilalarning mustahkamligi.
3) Farzand tarbiyasiga yetarlicha eʼtibor.
4) Kitob mutolaasiga boʻlgan qiziqish.
5) Diqqatni bir nuqtaga jamlash qobiliyati.
6) Xotirani mashq qilish odati.
7) Sabr-toqat.
8) Vaqtning barakasi.
9) Koʻz nuri, boʻyin va umurtqa salomatligi.
10) Toʻgʻri qaddi-qomat va sogʻlom umurtqa.
11) Umurtqa pogʻonasi va boʻyin umurtqa.
12) Aqliy faollik.
13) Ruhiy xotirjamlik va ichki sokinlik.
14) Aqlni ishlatish odati.
15) Mustaqil fikrlash qobiliyati.
16) Chuqur mushohada qilish koʻnikmasi.
17) Uzoq vaqt davomida diqqat-eʼtiborni jamlash qobiliyati.
18) Vaqtni qadrlash tuygʻusi.
19) Sabr bilan izlanish odati.
20) Yangi bilimni mustaqil izlab topish koʻnikmasi.
21) Xotirani mashq qilish ehtiyoji.
22) Jonli suhbat va samimiy muloqot.
23) Tinglash madaniyati.
24) Kitob oʻqishga boʻlgan mehr.
25) Tafakkur chuqurligi.
26) Ijodkorlik.
27) Xayol surish va orzu qilish uchun vaqt.
28) Tabiatdan zavqlanish hissi.
29) Sukunatdan bahra olish odati.
30) Insonlar oʻrtasidagi mehr-oqibat.
31) Oila davrasidagi suhbatlar.
32) Farzand tarbiyasiga ajratiladigan kerakli eʼtibor.
33) Farzandlar bilan birga oʻtkaziladigan sifatli vaqt imkoniyati.
34) Vijdon bilan oʻz-oʻzini tahlil qilish odati.
35) Jonli muloqot madaniyati.
36) Pochta orqali xat yozish odati.
37) Va eng achinarlisi – insonning oʻz-oʻzi bilan yolgʻiz qolib, fikr yuritish qobiliyati.
(IV) UYALI TELEFONNING INSON SALOMATLIGIGA AYRIM ZARARLARI:
1) Koʻzning toliqishi va koʻrish qobiliyatining pasayishi.
2) Quruq koʻz sindromini keltirib chiqarishi.
3) Boʻyin va yelka mushaklarida ogʻriqlarni keltirib chiqarishi.
4) Umurtqa pogʻonasiga ortiqcha bosim tushirishi.
5) Bilak va barmoq boʻgʻimlarida ogʻriq paydo qilishi.
6) Bosh ogʻrigʻi va koʻz charchogʻini kuchaytirishi.
7) Uyqu sifati va biologik ritmning buzilishi.
8) Melatonin gormoni ishlab chiqarilishining kamayishi.
9) Asabiylik va jizzakilikni oshirishi.
10) Xavotir hissini kuchaytirishi.
11) Diqqatni jamlash qobiliyatini susaytirishi.
12) Koʻrish qobiliyati, boʻyin va umurtqa salomatligiga jiddiy xavf tugʻdirishi.
13) Qaddi-qomatning buzilishi va umurtqa salomatligining yomonlashishi.
14) Umurtqa pogʻonasi va boʻyin umurtqalarida oʻzgarishlar yuzaga kelishi.
15) Aqliy faoliyatning kamayishi.
16) Fikrlash faolligining pasayishi.
17) Ruhiy xotirjamlik va ichki sokinlikning kamayishi.
18) Xotira faoliyatiga salbiy taʼsir koʻrsatishi.
19) Telefonga qaramlik (addiksiya)ni shakllantirishi.
20) Jismoniy harakatning kamayishiga sabab boʻlishi.
21) Ortiqcha vazn va semirish xavfini oshirishi.
22) Kamharakatlik tufayli yurak-qon tomir kasalliklari uchun xavf omillarini kuchaytirishi.
23) Ruhiy charchoq va stressni kuchaytirishi.
24) Mustaqil fikrlash qobiliyati kamayishi.
25) Ijtimoiy yakkalanishga olib kelishi.
26) Bolalar va oʻsmirlarda diqqatni jamlash va oʻqish samaradorligini pasaytirishi.
27) Avtomobil haydash yoki yoʻldan oʻtish paytida foydalanilsa, baxtsiz hodisalar xavfini bir necha barobar oshirishi.
XULOSA:
Telefon – aybdor emas.
U insoniyatning eng buyuk ixtirolaridan biri.
Ammo uning quliga emas, egasiga aylanish kerak.
Ilmiy nuqtayi nazardan, zararlarning koʻpi telefonning oʻzi emas, balki undan uzoq vaqt va notoʻgʻri foydalanish bilan bogʻliq.
Telefonni maqsadli, meʼyorli, ongli ravishda va aql bilan ishlatgan inson undan foyda koʻradi.
Meʼyorsiz foydalangan inson esa vaqti, sogʻligi, oilasi va xotirjamligidan ayrilishi mumkin.
Ibrohimjon domla Inomov
Manba: muslim.uz
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




