Dr. Muhammad JOHARI – Malayziya Politexnika universitetining akademik va xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori
Rasuli akram merosiga bagʻishlab Imom Buxoriy majmuasida tashkil qilingan 10-xalqaro SWAN X konferensiyasida ishtirok etayotganimdan behad mamnunman. Bu yerda “Sahihayn” (ikki sahih kitob – Imom Buxoriy va Imom Muslimning “Sahih”lari) merosini asrab-avaylash, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini oʻrganish, kundalik hayotimizga singdirish va ilmiy tadqiqotlarni ummat manfaatiga imkon qadar koʻp xizmat qiladigan darajaga koʻtarish boʻyicha bildirilayotgan fikr-mulohazalar va taqdimotlar juda katta ahamiyatga ega.
Ushbu anjuman Malayziya, Indoneziya va boshqa davlatlarning yetakchi universitetlari olimlarini birlashtirgan keng qamrovli ilmiy maydon boʻlib xizmat qiladi.
Mazkur tadbirga taklif etilgan maʼruzachi sifatida qatnashish imkoniyatini yaratib bergan tashkilotchilarga samimiy minnatdorligimni bildiraman.
Tas-ix:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




