Home / VIDЕOLAR / “Markazda «Sahihul Buxoriy» asaridagi boblar tasnifini teran oʻrganmoqchiman”

“Markazda «Sahihul Buxoriy» asaridagi boblar tasnifini teran oʻrganmoqchiman”

Dr. Muhammad Uzair ibn IZHAM – Imom Buxoriy xalqaro stipendiyasi sovrindori, Malayziya Islom taraqqiyoti departamenti (JAKIM)ning islom masalalari boʻyicha ilmiy xodimi:

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi koʻmagi bilan Oʻzbekistonga kelib, allomaning “Al-Jomiʼ as-sahih” asarini “Fiqh tarojim al-abvob” (fundamental asarlarni boblarga ajratish metodologiyasini oʻrganuvchi fan – hadis ilmi va islom huquqshunosligida juda yuksak qadrlanadigan chuqur ilmiy yondashuvga asoslanadi) nuqtayi nazaridan tadqiq etish boʻyicha izlanishlar olib bormoqdaman.

Yurtingizga kelganim hamono oʻzbek xalqining islomda Qurʼoni karimdan keyingi eng ishonchli manba sanalgan kitob muallifiga nisbatan cheksiz hurmat-ehtiromga guvoh boʻldim. Alloma maqbarasining shundoq yonginasida joylashgan Markaz bunday ilmiy izlanishlar uchun eng mukammal maskandir.

Yaratilgan qulay sharoit, taqdim etilayotgan imkoniyatlar uchun Markaz va JAKIM rahbariyatiga minnatdorlik bildiraman.

Ikki oylik amaliyotni muvaffaqiyatli yakunlash uchun barchangizdan duo soʻrab qolaman.

Tas-ix:

Check Also

“Diniy-ma’rifiy islohotlar — yoshlar tafakkuri va milliy o‘zlikni anglash omili”

Tas-ix: