Markazingizning qadrli tadqiqotchilaridan biri boʻlgan muhtaram olim Yoʻldoshxon Isayev ustozimizning vafoti haqidagi xabar bizni chuqur qaygʻuga soldi.
Yoʻldoshxon domla oʻzining yetuk akademik ilmi va tadqiqotchi sifatidagi salohiyati bilan bir qatorda, yuksak axloqi, ibratli fazilatlari va samimiyati bilan oʻzini tanigan har bir kishining qalbidan alohida oʻrin egallagan edi. Turkiya bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi ilmiy va madaniy aloqalarni mustahkamlashga doimo katta hissa qoʻshib kelgan ustozimiz sizlar bilan birgalikda tashkil qilingan “Buxoriyni qayta kashf qilish” (“Buhariʼyi Yeniden Düşünmek”) nomli Akademik hadis tadqiqotlari konferensiyalarining birinchisida faol ishtirok etgan, shuningdek, Uyushmamiz va Markazingiz hamkorligida amalga oshirilgan “Hadislar bilan yoʻgʻrilgan islom” asarini oʻzbek tiliga tarjima qilish loyihasi ijrosiga oʻz mehnati va boy tajribasi bilan nihoyatda muhim hissa qoʻshgan edi.
Birgalikda amalga oshirilgan ushbu samarali ilmiy hamkorlik va ezgu xotiraning yorqin bir yodgorligi oʻlaroq, Hadis tarixi uyushmasi sifatida kelgusida sizlar bilan hamkorlikda tashkil etadigan dasturimizdan yo birgalikda nashr etadigan asarlarimizdan birini Ustoz Yoʻldoshxon Isayevning aziz xotirasiga bagʻishlashdan sharaf va faxr tuyishimizni maʼlum qilmoqchimiz.
Marhumga Alloh taoloning rahmatini, oila aʼzolari va yaqinlariga, shuningdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining barcha xodimlariga, hamkasb doʻstlariga va butun islom ilm ahliga chuqur taʼziya izhor qilamiz va sabr tilaymiz.
Makoni jannat, maqomi oliy boʻlsin!
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




