Home / VIDЕOLAR / “«AL-AZHAR ULAMOLARI VA MOVAROUNNAHR» LOYIHASI ILMIY-MADANIY ALOQALAR UCHUN MUHIM KOʻPRIKDIR”

“«AL-AZHAR ULAMOLARI VA MOVAROUNNAHR» LOYIHASI ILMIY-MADANIY ALOQALAR UCHUN MUHIM KOʻPRIKDIR”

Saloh Ahmad Iso JIBOLIY – Al-Azhar universiteti professori, Samarqanddagi Hadis ilmi maktabi oʻqituvchisi

Bu xayrli loyihada ishtirok etayotganimdan behad mamnunman. Qurʼoni karim va Paygʻambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga asoslangan ushbu muborak tashabbus islom ilm-fani va sivilizatsiyasini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida Imom Abu Muhammad Dorimiy Samarqandiyning «Sunan» asariga bagʻishlangan tadqiqotimni taqdim etdim. Bu asar sunnatga oid muhim va ishonchli manbalardan boʻlib, Azhari sharifda, Oʻzbekiston va boshqa musulmon mamlakatlaridagi ilmiy taʼlim muassasalarida oʻrganiladi.
Ajdodlarimiz qoldirgan bunday ilmiy merosni tadqiq etish va avlodlarga yetkazish nihoyatda muhim vazifadir.
Alloh taolodan barchamizga Qurʼon va Sunnatga qaytish, ilm yoʻlida ixlos va tavfiq nasib etishini soʻrayman. Imom Dorimiy, Imom Buxoriy va barcha musulmon ulamolarini magʻfirat qilib, biz, avlodlar ularning ilmlaridan bahramand boʻlishimizni nasib etsin.

Tas-ix:

Check Also

AGAR…

Tas-ix: