Dr. Hoja Sri Rahayu binti HODIY DOLLAH – Sulton Sharif Ali nomidagi Islom universiteti Oliy tadqiqotlar markazi rahbari(Bruney):
Samarqand nomini va Movarounnahr zaminidan yetishib chiqqan Imom Buxoriyning dovrugʻini doim eshitib kelganmiz. Bugun bu tabarruk makonga qadam ranjida qilish biz uchun xuddi ushalgan orzu boʻldi.
Bruneyda islomiy fanlarni oʻrganishda Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislarga asosiy manba sifatida suyanamiz. Samarqanddagi konferensiyada ishtirok etish va bunday muhtasham, goʻzal maʼrifat maskanini ziyorat qilish bizga cheksiz mamnuniyat bagʻishladi. Ushbu tashrif orqali Imom Buxoriy merosining buyukligini va bu tuproqqa boʻlgan ehtiromni bevosita his etdik.
Anjuman yakunlari boʻyicha Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlikni izchil davom ettirishdan manfaatdormiz. Kelgusida birgalikda ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ikki tomonlama talabalar va tadqiqotchilar almashuvini yoʻlga qoʻyishni maqsad qilganmiz.
Tas-ix:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




