Dr. Muhammad Favziy HAMID – Malayya universiteti Islom tadqiqotlari akademiyasi professori(Malayziya):
Akademiyamizning Qurʼon va hadis kafedrasida Imom Buxoriyning bebaho merosi tadqiqotlariga alohida eʼtibor qaratiladi. Buyuk alloma asarlari bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarida chuqur oʻrganiladi. Talabalarimizning arab va malay tillarida tayyorlagan dissertatsiyalari universitet elektron bazasiga joylashtirilib, keng jamoatchilikka yetkazilmoqda. Shuningdek, Imom Buxoriyga bagʻishlangan ilmiy maqolalarimiz Scopus va Web of Science bazasidagi jurnallarda muntazam nashr etib boriladi.
Oʻzbekistonga ikkinchi bor kelishim. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga esa ilk bor qadam qoʻymoqdaman. Bu yerda hadis ilmini rivojlantirish va ilmiy merosni tadqiq etish boʻyicha ulkan imkoniyatlar mavjudligiga guvoh boʻldim.
Fundamental va ochiq hamkorlik davrida yashayotganimizni inobatga olib, yaqin kelajakda Malayya universiteti bilan Markaz oʻrtasida Anglashuv memorandumi imzolash va birgalikda qoʻshma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqdamiz.
Koʻrsatilgan yuksak ehtirom va samimiy qabul uchun chuqur minnatdorlik bildiraman.
Tas-ix:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz




