Home / VIDЕOLAR / “Markaz bilan professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻymoqchimiz”

“Markaz bilan professor-oʻqituvchilar va talabalar almashinuvini yoʻlga qoʻymoqchimiz”

Professor Muhammad Faxriddin ABDULMUQTIʼ – Sulton Sharif Ali nomidagi Islom universiteti Aqida markazi rahbari(Bruney):

Bruney va Malayziya delegatsiyalari tarkibida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga tashrif buyurganimizdan juda mamnunmiz.

Imom Buxoriy siyrati va ulamolik maqomi Malayya dunyosida, xususan, Bruneyda juda mashhur. Mamlakatimizda uning merosini oʻrganishga davlat va jamoatchilik darajasida alohida eʼtibor qaratiladi.
Buyuk muhaddis taʼlimoti va asarlari boshlangʻich va oʻrta maktablardan universitetlarning bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichlarigacha taʼlim dasturlarining asosiy qismi sifatida oʻqitiladi.

Imom Buxoriyning ilmiy merosi va qarashlari nafaqat hadisshunoslik, balki inson hayotining barcha jabhalariga tegishli masalalarda muhim manba va asos hisoblanadi.

Tashrifdan koʻzlagan asosiy maqsadimiz Bruneydagi universitetimiz bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi oʻrtasida ilmiy tadqiqotlar sohasida ikki tomonlama hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat.

Istiqbolda professor-oʻqituvchilar va talabalar almashuvini yoʻlga qoʻyish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish orqali aloqalarimizni mustahkamlamoqchimiz. Bu bilan Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadislarda ilgari surilgan sogʻlom eʼtiqod, bagʻrikenglik va vasatiylik (moʻʼtadillik) tamoyillarini jamiyatda yanada mustahkamlashga birgalikda hissa qoʻshamiz, inshoalloh.

Eʼtibor va samimiy mehmondoʻstlik uchun tashakkur aytaman.

Tas-ix:

Check Also

“Markazingiz ilmiy salohiyati universitetimiz maqsadlariga toʻliq hamohangdir”

Professor Siti Sora binti HOJI AHMAD – Sulton Sharif Ali nomidagi Islom universiteti prorektori(Bruney): Bugun …