Home / VIDЕOLAR / “Markazingiz ilmiy salohiyati universitetimiz maqsadlariga toʻliq hamohangdir”

“Markazingiz ilmiy salohiyati universitetimiz maqsadlariga toʻliq hamohangdir”

Professor Siti Sora binti HOJI AHMAD – Sulton Sharif Ali nomidagi Islom universiteti prorektori(Bruney):
Bugun biz uchun tarixiy kundir, chunki bu – mening va universitetimiz delegatsiyasining Oʻzbekistonga ilk tashrifi.

Safarimiz dasturida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini bejiz tanlamadik. Zotan, ushbu muassasa Imom Buxoriy rahimahulloh kabi dunyoga mashhur buyuk muhaddislarning tabarruk merosi oʻrganiladigan makondir.

Universitetimiz huzurida Islom qoʻlyozmalarini oʻrganish markazi faoliyat yuritadi. Muassasamizda islomiy fanlar, xususan, hadisshunoslik va manbashunoslik, jumladan, Imom Shofeiy kabi buyuk muhaddislarning qoʻlyozma merosini oʻrganishga alohida eʼtibor qaratiladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi faoliyatining ilmiy yoʻnalishi va qamrovi universitetimiz maqsadlari bilan toʻliq hamohangdir. Ishonchim komilki, ushbu tashrif qoʻlyozmalarni tadqiq etish va sohada tajriba almashish boʻyicha oʻzaro manfaatli hamkorlikning mustahkam poydevori boʻlib xizmat qiladi.

Tas-ix:

Check Also

Imom Buxoriy saboqlari: “SHUMLANISH XOTIRJAMLIKNI OʻGʻIRLAR”

Tas-ix: