Home / VIDЕOLAR / “MARKAZ IMKONIYATLARI BEQIYOS”

“MARKAZ IMKONIYATLARI BEQIYOS”

Lalu Muhammad Fazlurrahmon – Imom Buxoriy xalqaro stipendiya dasturi sovrindori, Indoneziyaning Lombok orolidagi Mataram Davlat islom universiteti doktori:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!
Mening ismim Lalu Muhammad Fazlurrahmon. Indoneziyaning Lombok orolidagi Mataram islom davlat universitetidanman.
Bu yerga ilmiy tadqiqot olib borish maqsadida keldim. Tadqiqotim Lombok yoki Indoneziya va Oʻzbekistondagi hayot davrlari bilan bogʻliq anʼanalar hamda “yashovchan hadis” tadqiqotlariga bagʻishlangan.
Mening fikrimcha, ushbu xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida izlanishlar olib borish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Jumladan, yuksak darajada taʼminlangan kutubxona, kitoblar, qoʻlyozma va toshbosma asarlar, mavjud qulay sharoit har qanday tadqiqotchi uchun barcha zarur imkoniyatlarni taqdim etadi.
Shu munosabat bilan Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga, ayniqsa, markaz rahbari professor, doktor Shovosil Ziyodovga oʻz minnatdorligimni bildiraman.
Katta rahmat!
Vassalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh!

Tas-ix:

Check Also

IMOM BUXORIY MARKAZI – Madaniyat va maʼrifat maskani

Madaniyat va maʼrifat markazi boʻlmish ushbu betakror maskanda boʻlish men uchun juda qadrli. Bu yerda …