Home / HALOLLIK VA MA'RIFAT / HALOL KASB – YIGITLIKNING BEZAGI

HALOL KASB – YIGITLIKNING BEZAGI

Faqih Abu Lays Samarqandiy: “Har narsaning ziynati bor, yigitlikning bezagi kasbdir”, degan. Demak, inson farzandlarini kasb-hunar oʻrgatish bilan ziynatlaydi.

Inson yoshligidan ilm oʻrganmasa, kasb-hunar egallamasa, boqimandalikka oʻrganib qolishi, keyin tamagirlikka oʻtib, oxiri xorlikka uchrashi mumkin. Farzandlarning ilm olishi va kasb-hunar egallashi uchun hamma sharoitlarni qilib berish har bir ota-onaning, davlatning zimmasidagi muqaddas vazifadir.

Yoshlarga zamonaviy ilm va hunarlarni egallashni targʻib qilish eng muhim masalalardan sanaladi. Hazrati Ali roziyallohu anhu har bir davrda oʻziga xos ilmlarni oʻrganish zaruratiga ishora qilib: “Farzandlaringizga oʻz davri ilmlarini oʻrgating, chunki ular sizning davringizdan boshqa davrda dunyoga kelgan”, degan. Albatta, insonning solih va barkamol boʻlib voyaga yetishi, yoshligida olgan odob-axloqi va ilm-maʼrifatiga bogʻliq. Shu bilan elga taniladi, eʼtiborga tushadi, qadr topadi.

Dono xalqimizning “Hunar boʻlsa qoʻlingda, non topilar yoʻlingda“ degan naqli bor. Bunday maqollar yoshlarni kasb-hunarga chorlash uchun aytilgan. Chunki er kishi hunarsiz boʻlmaydi.

Abduvosi Shonazarov,
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi

Check Also

PAYGʻAMBARLAR HAM KASB-HUNAR BILAN SHUGʻULLANGAN

Halol kasb-hunar bobida paygʻambarlarning hayoti biz uchun eng goʻzal namunadir. Barcha paygʻambarlar oʻz rizqini halol …