Antonio Piterassi – Neapol Sharqshunoslik universiteti talabasi
Ismim – Antonio Piterassi. Italiyadan, aniqrogʻi, Sitsiliyaning Palermo shahridaman. Neapol Sharqshunoslik universitetida islomshunoslik va yahudiyshunoslik yoʻnalishlarida tahsil olaman.
Imom Buxoriy haqida avvaldan maʼlumotga ega edim. Islomni oʻrganish jarayonida u zotning hayoti va ilmiy faoliyatini chuqur tadqiq etdim. Imom Buxoriy xuddi Imom Muslim kabi buyuk muhaddislar qatorida hadis jamlash va toʻplam tuzishda beqiyos oʻrin tutgan allomalardan biri hisoblanadi.
Bilamanki, Imom Buxoriy asli Buxorodan boʻlib, hadis toʻplash maqsadida koʻplab mamlakatlarga safar qilgan. Shu bois bu yerga, alloma Vatani boʻlmish Oʻzbekistonga kelish men uchun juda muhim ahamiyatga ega.
Markaz ziyorati menda katta taassurot qoldirdi. Bu yerda Imom Buxoriyning ilmiy merosi bilan yaqindan tanishish, uning hayoti va faoliyatiga oid maʼlumotlarni oʻrganish juda qiziqarli kechar ekan.
Albatta, hammaga tavsiya qilaman. Ayniqsa, islomshunoslik yoki islom olami bilan qiziqadigan yoshlar va talabalar uchun bu maskan juda foydali. Bu maskan ziyorati ularning bilim va koʻnikmalarini yanada boyitishga xizmat qiladi.
Katta rahmat.
Tas-ix:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





