Home / VIDЕOLAR / BU YERGA HAR BIR INSON ZIYORAT QILISHI ZARUR

BU YERGA HAR BIR INSON ZIYORAT QILISHI ZARUR

Qosim Xon – Niderlandiyalik talaba

Ismim Qosim Xon, Niderlandiyadanman.
Bolaligimdan Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahimahulloh haqida koʻp eshitganman. Oʻsha paytlari sevimli mashgʻulotlarimdan biri hadis toʻplash edi. Gazeta yo boshqa nashrlarda uchratganim har bir hadisni qirqib olib, alohida bir daftarga yopishtirardim.
Markazingiz menda juda katta taassurot qoldirdi. Imom Buxoriy rahimahulloh maqbarasini ziyorat qilish esa, beqiyos sharaf boʻldi.
Ayniqsa, bu yerda Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosiga oid tarix asrab-avaylab kelinayotgani, allomaning kitoblari va qoʻlyozmalari ehtiyotkorlik bilan saqlanayotgani meni juda taʼsirlantirdi.
Menimcha, bu har bir inson albatta ziyorat qilishi lozim boʻlgan maskanlardan biridir.

Tas-ix:

Check Also

OʻZBEKISTON BILAN MALAYZIYA OʻRTASIDAGI ILMIY HAMKORLIK YANADA MUSTAHKAMLANADI

Muhammad Ashraf – Malayziya Milliy universiteti (UKM) magistranti Islom sivilizatsiyasi instituti ilmiy assistenti Mening ismim …