Muhammad Ashraf – Malayziya Milliy universiteti (UKM) magistranti Islom sivilizatsiyasi instituti ilmiy assistenti
Mening ismim Muhammad Ashraf. Malayziya Milliy universiteti (UKM) magistranti hamda Islom sivilizatsiyasi instituti ilmiy assistentiman.
Oʻzbekistonga ilmiy rahbarim, shuningdek, UKM rektori va prorektori hamrohligida keldim.
Kecha UKM rahbariyati bilan birgalikda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari bilan uchrashuvlar oʻtkazdik. Malayziya bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Muzokaralar juda samimiy va ijobiy ruhda oʻtdi. Shu bois kelgusida ikki davlat oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik yanada kengayishiga ishonaman.
Oʻzbekistonda olgan taassurotlarim juda katta. Bu yurtning boy madaniyati, betakror meʼmoriy yodgorliklari va xalqingizning mehmondoʻstligi meni chuqur hayratga soldi.
Shuningdek, Oʻzbekistondagi ilmiy muassasalar va universitetlar bilan hamkorlik qilish biz uchun katta sharafdir.
Bugun “Islom tamadduni allomalari” xalqaro seminarida ham ishtirok etmoqdaman. «Insoniyat tarixi va kelajagidagi islom tamaddunining oʻrni» mavzuida maʼruza qilmoqchiman.
Mazkur anjumanda ilmiy rahbarim bilan birgalikda olib borayotgan halol va sunnat mahsulotlari boʻyicha grant loyihamiz natijalarini taqdim etaman. Oʻz ilmiy maqolamni taqdim etish imkoniyatidan juda mamnunman.
Soʻzim yakunida aytmoqchimanki, Malayziya bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi ilmiy hamkorlik kelgusida yanada mustahkamlanib, uning yangi qirralari ochilishiga ishonchim komil.
Tas-ix:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





