Home / MAQOLALAR / Oʻzbekiston xalqining 35 ta ANʼANAVIY QADRIYATI

Oʻzbekiston xalqining 35 ta ANʼANAVIY QADRIYATI

Bugun aziz Vatanimizning har bir farzandining yuragi hapqirib turibdi. Negaki, biz Ona-yurtimizning eng ulugʻ, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayramini, Oʻzbekiston Respublikasi istiqlolini qoʻlga kiritganining 35 yillik shodiyonalarini katta tantana qilayapmiz. 

Jannatmakon yurtimiz, muqaddas Vatanimiz, dono xalqimizning diniy qadriyatlari, milliy anʼanalari nihoyatda bisyor, beqiyos va betakror boʻlsa-da, qutlugʻ ayyom arafasida dorilomon kunlarga yetkazgani uchun yana va yana shukr qilish maqsadida bu yil Mustaqilligimizni 35 yilligini nishonlayotganimiz uchun faqat 35 tasinigina zikr qilmoqchimiz: 
1)       Oila muqaddasligi – jamiyatning mustahkam asosi.
2)       Ota-onaga hurmat – ota-onani eʼzozlash va ularning xizmatlarini qadrlash.
3)       Mehmondoʻstlik – mehmonni ochiq chehra va ochiq koʻngil bilan kutib olish.
4)       Mehnatsevarlik – halol mehnat va kasb-hunarni qadrlash.
5)       Kattalarga hurmat – oqsoqollar va nuroniylarni eʼzozlash.
6)       Tinchliksevarlik – tinch-totuv hayotga intilish.
7)       Anʼanalarni asrash – milliy urf-odat va udumlarni saqlash hamda davom ettirish.
8)       Maʼnaviyat – yuksak axloq va milliy-diniy qadriyatlarga hurmat.
9)       Poklik – uyda, kiyimda, tanada va koʻngilda ozodalikka rioya qilish.
10)      Dasturxon saxovati – mehmonni saxovat va mehr bilan kutib olish.
11)      Qoʻshnichilik qadriyatlari – mahallada ahillik va oʻzaro yordam.
12)      Yordamga tayyorlik – yaqinlar va muhtojlarga muruvvat koʻrsatish.
13)      Kamtarinlik – odobli va kamtarona hayot kechirish.
14)      Yosh avlodga gʻamxoʻrlik – farzandlar tarbiyasiga alohida eʼtibor berish.
15)      Ayollarga hurmat – ona, rafiqa, opa-singillarni qadrlash.
16)      Taʼlimga intilish – ilm olish va bilimni qadrlash.
17)      Or-nomus – halollik va vijdon bilan yashash.
18)      Marosimlarga rioya – milliy marosim va oilaviy udumlarni eʼzozlash.
19)      Soʻzga sodiqlik – vaʼdaga vafo qilish.
20)      Matonat va sabr – qiyinchiliklarga bardosh bilan yondashish.
21)      Hunarmandchilikni qadrlash – milliy hunar va ustachilik anʼanalarini asrash.
22)      Tabiatga mehr – yer, suv va atrof-muhitni avaylash.
23)      Bagʻrikenglik – turli millat, din va madaniyat vakillariga hurmat bilan munosabatda boʻlish.
24)      Odob-axloq – yuksak muomala madaniyatiga amal qilish.
25)      Milliy bayramlarni eʼzozlash – Navroʻz, hayitlar va Mustaqillik bayramini qadrlash.
26)      Adolat – halollik, tenglik va qonun ustuvorligini qadrlash.
27)      Oʻtganlarni ham qadrlash – bu dunyodan oʻtganlarni ehtirom va chiroyli amallar bilan eʼzozlash.
28)      Til va madaniyatni asrash – oʻzbek tili va milliy merosni eʼzozlash.
29)      Vatanparvarlik – Vatanni sevish va uning ravnaqiga hissa qoʻshish.
30)      Millatlararo totuvlik – turli millat va elat vakillari oʻrtasida ahillikni mustahkamlash.
31)      Jamoaviylik – hamjihatlik va oʻzaro hamkorlik.
32)      Minnatdorchilik – qilingan yaxshilikni qadrlash.
33)      Ustozga hurmat – ustozlarni eʼzozlash va ularning mehnatini qadrlash.
34)      Milliy kiyimlar – milliy madaniyat va odob timsoli sifatida qadrlash.
35)      Ajdodlarga hurmat – tarixiy meros va milliy ildizlarni eʼzozlash.
* SIZ yana qoʻshishingiz mumkin…
*** ENG muhimi: yoʻqotib qoʻyishdan oldin ularning QADRIGA yetish !!!
☼    Qurʼoni karim oyati karimalari;
☼    Janobi Paygʻambarimiz alayhissalomning muborak hadisi shariflari;
☼    dinimiz asoslari;
☼    shariatimiz ahkomlari;
☼    sharqona odoblarimiz;
☼    mazhabimiz meʼyorlari;
☼    jamiyatshunoslik aloqalari;
☼    odamgarchilik munosabatlari;
☼    insoniy tuygʻular;
☼    ruhshunoslik sir-asrorlari;
☼    yurtimiz urf-odatlari;
☼    oʻzbekchilik qoidalari;
☼    madaniyatimiz axloqlari;
☼    insoniy aql va axloqiy normalar;
☼    dono maqollarimiz;
☼    milliy anʼanalarimiz;
☼    diniy qadriyatlarimiz;
☼    xalqimiz ong-tafakkuri;
☼    millatimiz mentaliteti,
☼    anʼanaviy falsafasi;
☼    oʻzbek xalqining ilgʻor qadriyatlari;
☼    ulugʻlarimiz hikmatlari;
☼    dono xalqimiz dunyoqarashi;
☼    musulmonchiligimiz koʻrsatmalari
Asos va negizlarida
–     ulugʻ ajdodlarimizdan davom etib kelayotgan duru gavhar rivoyatlari va noyob hikmatlari,
–     buyuk ota-bobolarimizdan eshitib kelayotgan tillo bilan teng pand-nasihatlari va betakror hikoyalari,
–     mehribon ota-onalarimizdan oʻrganib kelayotgan gavhar oʻgitlari va mislsiz soʻzlari,
–     elimiz tanigan va xalqimiz tan olgan ustozlarimizdan taʼlim olib kelayotgan zar tushunchalari va bebaho ilmlari,
–     jannatmakon yurtimiz – muqaddas Vatanimiz taʼlim maskanlarida taralayotgan durdan aʼlo fanlar va beqiyos bilimlar,
–     zamonaviy olimlarning bilimlari, turli soha mutaxassislarining ajoyib kashfiyotlari,
–     bugungi kunda va doim kerak boʻladigan hayotiy masalalar, dolzarb mavzular, qiziqarli maʼlumotlar hamda xalqimiz orasida eʼtirof etilgan mezonlardan ulugʻ ustozlarimiz (ota-ona, ustoz, rahbar, oʻzidan yoshi katta, ulugʻ inson, tabarruk odamlar)ning keng, chuqur va unumli istifoda etib, bizlarga batafsil taqdim etayotgan dono xalqimizning anʼanaviy qadriyatlarini asrab avaylash – ham burchimiz, xam farzimiz, ham qarzimiz!

 Bu roʻyxatni yana koʻplab davom ettirish mumkin… Biroq fikrimizni muxtasar qilgan holda Allohdan Oʻzbekiston xalqining bunday fazilatlari yanada koʻpayishini, yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimizga sihat-salomatlik, oilalarimizga baxt-saodat soʻrab qolamiz. 

 Alloh taboraka va taolo har bir xonadonga sogʻlik-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik, ilohiy fayz-baraka, koʻpdan-koʻp yaxshiliklar ato etsin!

Iloho jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi uchun, muborak dinimiz kamoloti hamda masjidu-madrasalarimizni obodligi uchun muhtaram Yurtboshimizning dono rahbarliklari ostida, hukumatimiz tomonidan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz rahbarlari hamda shahar va tuman rahbarlarining boshchiliklaridagi mehnatkash xalqimiz olib borayotgan barcha xayrli, yaxshi, savobli ishlarda Alloh taolo Oʻzi madadkor boʻlsin! Turmushimiz obod, xirmonlarimiz moʻl, oilalarimiz mustahkam, bolalarimiz har tomonlama sogʻlom, maʼnaviyatimiz yuksak boʻlsin!

Mehribon Parvardigorimiz dono xalqimizni doimo turli xil oʻrinlarda har xil shakllarda qilayotgan yaxshi, xayrli, chiroyli, savobli ishlarini Oʻz dargohi ilohiysida qabul aylasin! Iloho xalqimizga tinchlik-xotirjamlik, sihat-salomatlik, oilalarimizga fayzu ilohiy, baxt-saodat, toʻkin-sochin dasturxonlar nasib qilsin! Mehribon Parvardigorimiz Oʻzi – eshitib turuvchi, koʻrib turuvchi va bilib turuvchi Zot! Hammalarimizning dillarimizdagi niyatlarimizni, qalbimizdagi orzularimizni va barcha hojatlarimizni oʻylaganimizdan ham afzali-ziyodasi bilan ravo qilsin!

Iloho dehqonchiliklarimizga va kasb-korlarimizga xayr-baraka berib, ishlarimizda koʻpdan-koʻp omadlar, muvaffaqiyatlar va behisob xursandchiliklar ato etib, ikki dunyoda ham azizu mukarram aylasin!

Ibrohimjon domla INOMOV,
Manba: muslim.uz

Check Also

IJTIMOIY HAYOTDA HALOLLIK VA ROSTGOʻYLIKNING AHAMIYATI

Halollik va rostgoʻylik insonning shaxsiy fazilatlari boʻlish bilan birga, oila mustahkamligi, jamiyat taraqqiyoti va ijtimoiy …