KH. Ahmad Chalvoni Navoniy – “JATMAN” Oliy Rahbariyat Kengashi raisi(Indoneziya)
Bu yerda bizga diniy taʼlim maskanimizni yanada rivojlantirish uchun juda koʻp foydali takliflar bildirildi. Ayniqsa, Imom Buxoriy markazida olgan taassurotlarimiz biz uchun muhim boʻldi.
JATMAN – Indoneziyadagi soʻfiylik tariqatlarni birlashtiruvchi tashkilot. Uning tarkibida Naqshbandiya, Xolidiya, Qodiriya, Shattoriya va boshqa tariqatlar mavjud.
Bu yerga kelishimizning asosiy maqsadlaridan biri solih zotlar va valiylarning maqbaralarini ziyorat qilishdir. Shayx Abdulloh Ashʼaroniy aytganki: «Alloh taolo har bir valiyning maqbarasiga bir farishtani vakil qilib qoʻyadi». Biz ana shu joylarda duo qilganimizda, nidolarimizni farishtalar Arshi aʼloga yetkazadi. Shu sababli valiylar huzurida qilingan duolar joylardagiga nisbatan tezroq ijobat boʻladi, degan qarash mavjud.
Duolarimizga kelsak, ularda ilm choʻqqilarini zabt etish, bu yoʻlda hamkorlikni rivojlantirish, barchamizga tinchlik, omonlik va ravnaq soʻrash kabi tilaklar mujassamdir.
Tas-ix:
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bukhari.uz





