Home / VIDЕOLAR / “XALQINGIZNING YUKSAK ILM-MAʼRIFATI BIZNI QUVONTIRADI”

“XALQINGIZNING YUKSAK ILM-MAʼRIFATI BIZNI QUVONTIRADI”

Tengku MAIDA – MARA Texnologiya universiteti (UiTM) Zamonaviy islom tadqiqotlari akademiyasi (ACIS) oʻqituvchisi (Malayziya):

Ilmiy-akademik faoliyat, tadqiqotlar va ijtimoiy loyihalar boʻyicha kamtarona tajribaga egaman. Ilmiy yoʻnalishim doirasiga islomshunoslik, ijtimoiy rivojlanish, islom tadbirkorligi va taʼlim sohalari kiradi. Jamiyatga manfaat keltiradigan, dalillarga asoslangan siyosatni qoʻllab-quvvatlaydigan va xalqaro tadqiqotlarga hissa qoʻshadigan manfaatli ilmiy izlanishlar olib borishga harakat qilaman.

Oʻzbekistonda mehmon boʻlib turganimdan juda baxtiyorman. Bu birinchi kelishimdir. Avval Toshkentda boʻldim, keyingi kuni esa Samarqandga keldim.

Oʻzbekistonda meni eng quvontirgan jihat – bu yerdagi musulmonlarning goʻzal chehrasi va yuksak ilm-maʼrifati boʻldi. Kelasi yili yana kelishni va Samarqanddagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bilan hamkorlik oʻrnatishni juda xohlayman.

Shuningdek, Markazingiz rahbarining fikrlari menda katta taassurot qoldirdi. Unda teran hikmat, ilm va yuksalish mujassam boʻldi. Ayniqsa, Oʻzbekistondagi musulmonlar va nomusulmonlar oʻrtasidagi diniy bagʻrikenglik muhiti toʻgʻrisida aytganlari meni juda qiziqtirdi. Guvohi boʻldimki, Oʻzbekiston aholisining aksariyati musulmonlardan iborat va ular islom qonun-qoidalarini teran anglab, unga amal qiladi. Bu mening Oʻzbekiston haqidagi eng eʼtiborli xulosalarimdan biridir.

Kelgusida Malayziyadagi universitetimdan hamkasb va doʻstlarimni bu yerga olib kelmoqchiman.

Eʼtiboringiz uchun rahmat.

Tas-ix:

Check Also

DINIY MUTAASSIBLIK

Tas-ix: