Home / VIDЕOLAR / “BUXORIY, TERMIZIY VA BERUNIYDEK DAHOLARNI YETKAZIB BERGAN OʻZBEKISTON ZAMINIDA TURGANIMDAN MAMNUNMAN”

“BUXORIY, TERMIZIY VA BERUNIYDEK DAHOLARNI YETKAZIB BERGAN OʻZBEKISTON ZAMINIDA TURGANIMDAN MAMNUNMAN”

Dr. Shamsiddin ORIF – Dorussalom Kontur universiteti professori (Malayziya):Bu – mening Oʻzbekistonga ilk safarim.

Bu yerdagi insonlarning samimiyati, boy madaniyati, betakror va mazali taomlari va, albatta, boy tarixi menda juda chuqur taassurot qoldirdi.

Bizga maʼlumki, Imom Buxoriy, Imom Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Imom Termiziy kabi bebaho meros qoldirgan ulugʻ allomalar aynan shu zaminda – bugungi Oʻzbekiston hududida tavallud topgan va kamolga yetgan.
Shu sababli biz bu yerda ekanimizdan juda mamnunmiz va taklif uchun minnatdorlik bildiramiz.

Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlari – Malayziya, Indoneziya, Singapur bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi madaniy-ilmiy aloqalar yanada rivojlanishi va porloq kelajak sari bardavom faol boʻlishiga umid qilaman.

Tas-ix:

Check Also

“SAMARQAND BIZ UCHUN IKKINCHI UYGA AYLANDI” Malayziyalik olim Oʻzbekiston haqidagi xotira kitobini qanday yozgani haqida

Dr. Shukron ibn ABDURAHMON – Malayziya xalqaro islom universiteti professori: Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi …