Home / XALQARO YANGILIKLAR / “Tasavvuf: oʻtmish, bugun va kelajak” turkumidagi xalqaro onlayn seminarlar davom etadi

“Tasavvuf: oʻtmish, bugun va kelajak” turkumidagi xalqaro onlayn seminarlar davom etadi

✅ Avval xabar berganimizdek, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi va Marmara universiteti (Turkiya) hamkorligida “Tasavvuf: oʻtmish, bugun va kelajak” mavzusi doirasida xalqaro onlayn ilmiy seminarlar turkumi yoʻlga qoʻyilgan.

Mazkur yirik ilmiy loyiha doirasida yurtimiz va xorijlik taniqli olimlar ishtirokida tasavvuf tarixi, uning bugungi kundagi ahamiyati va istiqbollarini chuqur oʻrganishga bagʻishlangan maʼruzalar taqdim etilishi rejalashtirilgan.

🗓 Seminarlar dasturi:

✅AVGUST
📝Mavzu: “Naqshbandiylik va hadis”
👤Maʼruzachi: Sayfiddin Sayfulloh – Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi.

✅OKTYABR
📝Mavzu: “Kubroviya shayxi Sayfiddin Boharziy va uning Buxorodagi faoliyati”
👤Maʼruzachi: Sulaymon Koʻkbulut – Dokuz Eylyul universityeti professori (Izmir, Turkiya).

✅DEKABR
📝Mavzu: “Xojagon-naqshbandiya taʼlimotida iqtisodiy oriyentatsiya asoslari”
👤Maʼruzachi: Komiljon Rahimov – Bahouddin Naqshband ilmiy-tadqiqot markazi bosh ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor.

⌨️ Maʼlumot uchun: Seminarlar onlayn formatda tashkil etiladi.
🤝Ishtirok etish mutlaqo ixtiyoriy.
📖Bu ilmiy muloqot tasavvuf tarixi, uning bugungi kundagi ahamiyati va istiqbollarini chuqur oʻrganishda muhim platforma boʻlib xizmat qiladi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

Arab olimning kitobi eʼtirof etildi

Iroqdagi “Azzaman” gazetasining shu yil 9-iyuldagi sonida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi boʻlim boshligʻi Shukrullo …