Home / YANGILIKLAR / “Liviyada “Sahihul Buxoriy”ga ilmiy eʼtibor katta”

“Liviyada “Sahihul Buxoriy”ga ilmiy eʼtibor katta”

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA!

Abdulhamid Muhammad Said ELAZABIY – Liviyadagi Sifat va faoliyatni baholash boshqarmasi direktori:

Liviyada “Sahihul Buxoriy”ga ilmiy eʼtibor katta

Avvalo, doktor Firdavs Abdulxoliq hamda ICESCO rahbariyatiga, xususan, doktor Salim Malikka samimiy minnatdorlik bildiraman. Shuningdek, ushbu yurt va barcha musulmon mamlakatlariga tinchlik, omonlik, imon va baraka ato etishini soʻrab Alloh taologa duo qilaman.

Anjumanda “Liviyada “Sahihul Buxoriy” asariga eʼtibor koʻrinishlari: bibliografik-tarixiy tadqiqot” mavzusida maʼruza qildim.

“Sahihul Buxoriy” hadis ilmining eng buyuk va ishonchli manbalaridan biri ekani, asrlar davomida ulamolar va tadqiqotchilarning alohida eʼtiboriga sazovor boʻlib kelyapti. Bu asarning ilmiy va maʼnaviy ahamiyati bugungi kunda ham oʻz qiymatini saqlab qolmoqda, uni oʻrganish va tadqiq etishga ehtiyoj ortib bormoqda.

Bi jihatni alohida taʼkidladim: Ibn Xaldunning “Sahihul Buxoriy”ga xizmat qilish ummat zimmasidagi muhim masʼuliyat ekani haqidagi fikrlarini keltirdim. Ibn Hajar Asqaloniyning “Fathul Boriy” sharhi orqali bu vazifa yuksak darajada amalga oshirilganini bayon etdim.

“Sahihul Buxoriy”ni chuqur oʻrganish, ilmiy tadqiq qilish va uning buyuk merosini kelajak avlodlarga yetkazish yoʻlidagi saʼy-harakatlarni shunday asosda izchil davom ettiriltishi zarur.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi
Matbuot xizmati

Check Also

“Isnod tizimini ijtimoiy va tarixiy nuqtayi nazardan oʻrganish Imom Buxoriy uslubining ahamiyati katta”

SOʻZ – ANJUMAN ISHTIROKCHILARIGA! Snober AHMAD – Turkiyadagi “Istanbul 29 May” universiteti dotsenti: “Isnod tizimini …